Telegram Web Link
TTA Urganch filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mardon Ollaberganovning maqolalari Pokistonning bir qator nufuzli nashrlarida chop etildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mardon Ollaberganovning “The Medical Field's Service to Humanity: A Comprehensive Overview” (Tibbiyot sohasi – insoniyatga xizmat yo‘lida: keng qamrovli tahlil) mavzusidagi ilmiy maqolasi Pokiston Islom Respublikasining bir qator mashhur bosma va elektron nashrlarida chop etildi.

Xususan, ushbu maqola Business Time va News Lark kabi bosma gazetalar bilan birga, Newsman, Pakistan Chronicle, South Asian Chronicle, Pakistan Publications kabi mashhur elektron gazetalar hamda rasmiy yangilik saytlarida e’lon qilindi.

Maqolada tibbiyot sohasi orqali insoniyat farovonligiga xizmat qilishning zamonaviy yondashuvlari, global salomatlik tizimidagi dolzarb masalalar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada tibbiy xizmatlarning ijtimoiy ahamiyati va tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati ilmiy asosda yoritilgan.

Mazkur xalqaro e’tirof Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik doiralari kengayib borayotganidan dalolat beradi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
👍31
News Lark 03-06-2025.pdf
10.2 MB
🔖Business Time va News Lark bosma gazetalarida chop etilgan maqola bilan quyidagi PDF fayl orqali batafsil tanishishingiz mumkin

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 28-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida navbatdagi 11-sonli Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

📌 BATAFSIL

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabalari uchun mutaxassislik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Attestatsiya jarayonida Buxoro davlat tibbiyot instituti professori, tibbiyot fanlari doktori S.Sh.Olimov Yakuniy Davlat Attestatsiyasi komissiyasi raisi sifatida ishtirok etdi.

Mazkur jarayon talabalar bilimini xolis va adolatli baholash, ularning professional tayyorgarlik darajasini aniqlash, hamda mustaqil amaliy faoliyatga tayyorligini tekshirish maqsadida tashkil etildi.

Yakuniy attestatsiyada Stomatologiya fakulteti dekani D.F.Qurbanov, kafedra mudirlari, tajribali professor-o‘qituvchilar hamda klinik bazalar rahbarlari ham ishtirok etdilar. Ular talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis va adolatli baholashda faol ishtirok etdilar.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube


“JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI” — YANGI ILMIY NASHR

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tomonidan 2025-yildan boshlab yangi ilmiy jurnal — “Janubiy Orol bo‘yi tibbiyot jurnali” chop etilishi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu nashr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2025-yil 23-iyun kuni №846392-sonli guvohnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

“Janubiy Orol bo‘yi tibbiyot jurnali” — bu ochiq ilmiy nashr bo‘lib, Janubiy Orol mintaqasida uchraydigan noyob tibbiy muammolar, sohadagi ilg‘or yutuqlar va amaliy tajribalarni yoritishga bag‘ishlangan. Jurnal sahifalarida yuqori sifatli original ilmiy tadqiqotlar, sharh maqolalar, klinik holatlar bo‘yicha hisobotlar hamda jamoat salomatligi, epidemiologiya, atrof-muhit salomatligi va sog‘liqni saqlash siyosati bo‘yicha tahliliy ishlar chop etiladi.

Nashr fanlararo ilmiy platforma bo‘lib, nafaqat mintaqaviy, balki global ilmiy auditoriya ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. Biz klinik amaliyot va tibbiyot sohasi bilan bog‘liq har qanday dolzarb mavzularni yorituvchi maqolalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
#diqqat_tanlov

Davlat maqsadli dasturi tanlovida ishtirok eting!

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar
davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 1-avgustiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Hurmatli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Yoshlar har qanday jamiyatning kuch-g‘ayrati, yaratuvchanligi va ertangi kuniga ishonchidir. Bugungi kunda mamlakatimizda siz, aziz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim, fan, tibbiyot va innovatsion sohalarda berilayotgan yuksak e’tibor — bu davlatimizning sizlarga bo‘lgan ishonchi va umididir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoasi siz, bilimli va fidoyi talabalarga tayanch bo‘lib, sizlarning har tomonlama yetuk, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingiz yo‘lida doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Aziz yoshlar! Sizlarga mustahkam sog‘lik, o‘qish va ishlaringizda yuksak zafarlar, orzu-intilishlaringiz yo‘lida bardavom muvaffaqiyatlar tilayman! Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz salomatligi yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz doimo barakali bo‘lsin!

Yoshlar kuni barchaga qutlug‘ bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Rashid Ruzibayev

📱 Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Dear Youth,

I wholeheartedly congratulate you on the occasion of June 30 — Youth Day!

Young people are the driving force, creativity, and hope for the future of any society. Today, the great attention being given to education, science, medicine, and innovation in our country — and the wide range of opportunities being created for you, dear youth — reflect our state’s deep trust and confidence in you.

The team at Urgench branch of Tashkent Medical Academy stands firmly behind you — our knowledgeable and dedicated students — and is always ready to support your development into well-rounded, highly qualified specialists.

Dear youth! I wish you strong health, great success in your studies and work, and continuous achievements in the pursuit of your dreams and aspirations. May your efforts for the progress of our nation and the health of our people always be fruitful!

Wishing everyone a blessed Youth Day!

Sincerely,
Rashid Ruzibaev

📱 Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🎉1
#talabalarimiz_yutuqlaridan

2025-yilgi Xorazm viloyati hokimining stipendiyasi sovrindorlari e’lon qilindi!

🔰 Ma’lumki, Xorazm viloyatida 2024-yildan boshlab o‘rta ta’lim maktablari, professional hamda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli va ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimining stipendiyasi ta’sis etilgan edi.

2025-yilda ushbu nufuzli stipendiya sovrindorlari orasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Davolash fakulteti 204-B guruh talabasi Rustamov Ma’ruf ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!

👏 G‘olibimizni chin yurakdan tabriklab, ilm yo‘lida bardavom zafarlar, ijodiy yutuqlar va yorqin kelajak tilaymiz!

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
👏20👍5🎉4👌21🤩1
2025/07/14 18:30:00
Back to Top
HTML Embed Code: