Telegram Web Link
#Yoshlar_oyligi
#Dolzarb_90_kun

📌#Yarmarka | Karyera imkoniyatlari maydoni

🗓️Bugun, 9-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Karyera kuni” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

🎓Tadbirda TTA Urganch filialining bitiruvchi talabalari ham faol ishtirok etib, o‘ziga munosib ish o‘rinlarini topish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, TTA Urganch filialida 2024–2025 o‘quv yili bitiruvchilari soni – 444 nafar.
Shundan 416 nafari rasmiy bandlik bilan ta’minlandi.
🔄 Qolgan 28 nafar bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

🔵 Bunday yarmarkalar yosh kadrlarga ish topishda katta imkoniyatlar yaratmoqda!

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇬🇧Islom merosining bebaho xazinasi namunalari Oʻzbekistonga tarixiy qaytishi arafasida Londonda namoyish etildi

Londonda muhim madaniy voqea boʻlib oʻtdi: Buyuk Britaniyada ilk bor Oʻzbekiston tarixi bilan bogʻliq, Islom sivilizatsiyasining oltin davrlariga oid noyob Qurʼon qoʻlyozmalari va tarixiy artefaktlardan iborat kolleksiya namoyish etildi. Ushbu muqaddas yodgorliklar yillar davomida xususiy kolleksiyalar va muzeylarda saqlangan, endilikda ular oʻz diyori – Oʻzbekistonga qaytmoqda.

Ushbu koʻrgazmalar nafaqat muhim madaniy voqea, balki tarixiy adolatning tiklanishi ifodasi boʻldi. Namoyish etilgan eksponatlar Oʻzbekistonning islom olami intellektual markazi sifatidagi oʻrni va bugungi Yangi Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy merosni asrash, oʻrganish va targʻib qilish yoʻlidagi navbatdagi yutuqlarini amalda isbot etdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🔥1🏆1
Forwarded from Edu.uz
OTM axborot xizmatlari raqamli transformatsiya sari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarning ikkinchi chaqiruvi ham yakunlandi. Unda yurtimizdagi 30 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari matbuot kotiblari ishtirok etishdi.

Seminar davomida tinglovchilar axborot xizmatlari faoliyatini bugungi davr talablariga mos tarzda takomillashtirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish, PR strategiyalarni puxta shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlarda samarali kontent siyosatini yuritish borasida muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

7-9 iyul kunlari malakali mutaxassislar, soha ekspertlari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazilgan mazkur kurs yakunlari bo‘yicha barcha tinglovchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.

#Seminar_trening #Malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🤩32👍2
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordini o‘rnatamiz!

🛠 Biz robot yasash va o‘z nomini tarixga muhrlashga tayyor 2 000 nafar ixtirochini izlayapmiz!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

📣 Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!

Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan Siz uchun!

➡️Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha!

#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Yoshlar_oyligi
#Dolzarb_90_kun

TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori M.R. Atayev tomonidan Shovot tumani Idali Qal’a mahallasidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

🔹Tadbirning maqsadi: yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, zararli odatlardan chetlatish hamda foydali faoliyatga jalb etishdan iborat bo‘ldi.


📚 Tadbirning birinchi qismida o‘quvchilarga kitob o‘qishning inson tafakkuri, dunyoqarashi va axloqiy yetukligiga ijobiy ta’siri haqida tushunchalar berildi. Ular orasida mashhur yozuvchilarning asarlari haqida fikr almashildi, o‘quvchilarning sevimli kitoblari muhokama qilindi.

🏀Tadbirning ikkinchi qismida esa basketbol musobaqasi o‘tkazilib, yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Abituriyent2025

Hurmatli abituriyentlar!


Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qabul2025 #Abituriyent2025

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:

👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) ASLINI va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2025

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Ertaga, 12-iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

📌Quyidagi havola orqali Xorazm viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar bilan tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xorazm2025

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 00:42:59
Back to Top
HTML Embed Code: