Telegram Web Link
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “TATU kuchma kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

👉
@TUITKF_UZ
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆FUTZAL bo‘yicha viloyat II liga musobaqalarida TATU Qarshi filiali jamoasi g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda

Avval xabar berilganidek, sportning futzal turi bo‘yicha viloyat II liga musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi jamoasi bilan maydonga tushgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi 3-6 hisobida g'alaba qozondi.

Keyingi o‘yinlarda ham jamoamizdan g‘alabalar kutib qolamiz.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
⚡️ “Dinshunoslik” fanidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining Kompyuter injiniring fakultetida “Axborot ta’lim texnologiyalari va gumanitar fanlar” kaferasi o‘qituvchisi Feruza Temirova tomonidan “Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizm xavfsizlikka tahdid” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq dars qiziqarli tarzda olib borilib, dars jarayonida talabalarga diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, dars davomida talaba-yoshlar o‘rtasida viktorinalar tashkil etilib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Milliy qadriyat, urf-odat va an’analar – millat ko‘zgusi

Yoshlarda milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat, Vatanga sadoqat kabi olijanob tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida, Qarshi shahridagi Sohil sayilgohida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tomonidan “Milliy qadriyatlar festivali” tashkil etildi.

Festivalda milliy an’analar, qadriyat va urf-odatlar va milliy liboslar ko‘rgazmasi, o‘lan va laparlar, etnosport musobaqalari tosh ko‘tarish, arqon tortish, qarabtep o‘yini (lanka), milliy kurash hamda maqom ansambli, orkestr jamoalari chiqishlari namoyish etildi.

Mazkur tadbirda xorijlik mehmonlar ham ishtirok etib, o‘zbek xalqining milliy urf-odat va an’analari namoyishlari mehmonlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Mazkur festival yoshlarda milliy tariximiz ko‘zgusi bo‘lgan qadriyat va ana’nalarga hurmat ruhini uyg‘otishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
2024/05/18 01:31:11
Back to Top
HTML Embed Code: