Telegram Web Link
⚡️TATU Qarshi filiali talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qaroriga asosan, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘z innovatsion loyihalarini taqdimot qilgan 80 nafar ishtirokchilardan 20 nafari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi deb topildi va respublika tanlovida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ahamiyatlisi, g‘oliblar orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi Asrbek Suvonov ham bor.

Talabamizga tanlovning respublika bosqichida ham omad tilaymiz!

👉
@TUITKF_UZ
⚡️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda

Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi navbatdagi ijodiy uchrashuv Ichki ishlar vazirligi huzuridagi akademik litseyda o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tomonidan tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar O‘roz Haydar, Azizbek Norov ishtirok etishdi.

Ta’kidlash lozim, o‘tkazilgan ijodiy kechalar yoshlarga o‘zgacha ruh, kayfiyat, ilhom bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

👉
@TUITKF_UZ
Forwarded from Alisher Sadullaev
"Qo‘rqma" – Mutolaa'dan premyera

Ilmni yoyish uchun jadidlardan qanday namuna olsak bo‘ladi? Shu haqda ko‘p o‘yladik, izlandik. 1908-yilda Behbudiy Samarqandda mutolaaxona tashkil qilganiga e'tibor berdik.

Keyin shu yo‘lda bir zamonaviy yoshlarga mos loyihani ishga tushirdik. Uni yuritish uchun xuddi jadidlar kabi xorijda o‘qib, Vatanga hissa qo‘shishchun qaytgan, nufuzli Edinburg universiteti magistri Sirojiddin Olimovni taklif qildik.

Kecha, 27-aprel kuni, ushbu loyiha – audio, video, sun'iy idrok texnologiyalari orqali kitoblar o‘qishni, yangi bilim va g‘oyalarga ega bo‘lishni ommalashtirishni niyat qilgan Mutolaa taqdim etildi.

Mutolaa'ga, xususan, shu debyutning ilhom manbasi Javlon Jovliyev, bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronov, rejissor va aktyor Erkin Bozorov kabilarni jalb qilganimiz loyiha uchun katta yutuq. Bizga yana yosh rejissor va aktyorlar, dyublaj ustalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham bergani uchun kitoblar asosida filmlar yaratishga qaror qildik.

Mana, shu turkumdan birinchi film:
https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

Katta salohiyatga ega jamoa shunday ijodiy namunalarni yaratishda davom etadi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida IT sohasida yoshlarni ish bilan ta’minlash, xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish hamda “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash vazifalari belgilangan.

Joriy yilning 29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish va ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini hamda ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartiblari to‘g‘risida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.

Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

👉
@TUITKF_UZ
2024/06/17 03:31:59
Back to Top
HTML Embed Code: