Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Favvoralar kuni" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari o‘rtasida “Favvoralar kuni” munosabati bilan Qarshi shahridagi favvoralar atrofida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

👉
@TUITKF_UZ
#yosh_kitobxon_talabalar_ligasi

⚡️Talaba-yoshlar o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkazildi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda kompyuter injiniring fakulteti va telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlaridan iborat jamoalar ishtirok etishib, ularga adiblar hayoti va ijodidan savollar berildi.

Tanlovda g‘oliblar aniqlanib, ularga filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️FAOL VA ISTE’DODLI TALABA-YOSHLAR TAQDIRLANDI

🏛Joriy o‘quv yili davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari, “Ma’rifat maydoni”, “Yosh kitobxon talabalar ligasi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Hikmat Safarov so‘zga chiqib, ushbu talaba-yoshlarni muborakbod etdi va ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omad tiladi.

Shundan so‘ng, sport musobaqalari va tanlovlar g‘oliblari hamda faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Bugun, 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni

BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 dekabrdagi rezolyusiyasiga ko‘ra 1994 yildan boshlab har yili 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.

Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari va jurnalistlarni 3 may - Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan samimiy tabriklab, ijodiga baraka va rivoj tilaymiz.

Barchangizga sihat-salomatlik hamda xalqimizga xizmat qilishdek sharafli kasbni ado etishda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

👉
@TUITKF_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️3 may - Jahon matbuoti erkinligi kuni

«Ko‘pchilik menga ommaviy axborot vositalarini "yopishni" taklif qilmoqda, lekin men buni hech qachon qilmayman» - Prezident.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️ KASBLAR FESTIVALI

Mirishkor tumanida “Avvona” mahallasi hududidagi 20-sonli maktabda “Kasblar festivali” tadbiri o’tkazildi.

Mazkur tadbirga tumandagi barcha umumta’lim va kasb-hunar maktablaring 1,4 ming nafardan ortiq bitiruvchi yoshlari jalb etilib, kelgusida o’qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishlari uchun malakali mutaxassislarning hayoti va ijodi xususidagi ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tomonidan axborot texnologiyalari sohasiga tegishli ko‘rgazmalar namoyish etildi.

👉
@TUITKF_UZ
2024/05/03 15:23:19
Back to Top
HTML Embed Code: