Telegram Web Link
#Yaponiya
#Xalqaro_hamkorlik

🇯🇵 Friendship Association of Nagoya va TATU Nurafshon filiali o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

✉️ Joriy yilning 12-iyun kuni Nagoya shahrida bo'lib o'tgan tantanali marosimda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali direktori Nurbek Nasrullayev va Friendship Association of Nagoya rahbari Shamoto Yosuke janoblari o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki tashkilot o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish hamda madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida imzolandi.

TATU Nurafshon filiali va Nagoya o'rtasidagi anglashuv memorandumi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo'lib, bu hamkorlik nafaqat universitetlar o'rtasidagi, balki butun jamiyat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu memorandumning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan ikki mamlakat o'rtasida yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri - Xakimov Alisher Olimjonovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijara_pullari #xushxabar

Diqqat!


Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning iyun oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari talaba-kartalariga tushirib berildi.



Внимание!

Компенсационные выплаты за месяц июнь студентам, проживающим на правах аренды, переведены на их студенческие карты.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali
#ijara_pullari #xushxabar Diqqat! Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning iyun oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari talaba-kartalariga tushirib berildi. Внимание! Компенсационные выплаты за месяц июнь студентам, проживающим на правах аренды…
🗒Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bob, 8-bandiga asosan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish, o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi. TATUda 2023/2024-o‘quv yili 2023-yil 1-sentyabrdan 2024-yil 15-iyunga qadar etib belgilanganligi sababli iyun oyi uchun talabalar ijara to‘lovlari 50% miqdorda moliyalashtirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_sammit #THE

Joriy yilning 10-13 kunlari Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”) bo’lib o’tdi.
Mazkur sammit doirasida
universitetimiz xalqaro yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlar bilan qator kelishuvlarga erishildi.

🗒 Jumladan, Ozarbayjonning Boku muhandislik universiteti, Saudiya Arabistonining Shahzoda Sattam bin Abdulaziz universiteti, Madina Islom universiteti, Birlashgan Arab Amirliklarining Birlashgan Arab Amirliklari universiteti, Germaniyaning Dresden texnika universiteti, Pokistoning Pokiston Milliy universiteti, Tailandning Milliy rivojlanish instituti (National Institute of Development Administration (NIDA)), Fillipinning Sharqiy Filippin universiteti, Hindistonning Assam Downtown universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, almashinuv dasturlarini tashkil etish, ilmiy yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Universitetni xalqaro assotsatsiyalarga a’zolik bo‘yicha AUAP tashkiloti diektori - Anoop Swarup bilan joriy yilda universitetni tashkilotga a’zoligi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi va kelishuvlarga erishildi.

💬 Bundan tashqari, CSA tashkilotining Osiyo mintaqasi bo'yicha vakili Dinesh Gajendran bilan uchrashuv tashkil qilinib, joriy o‘quv yilida TATUda xalqaro talabalarni jalb etgan holda workshop va xalqaro konferensiya tashkil etish, shuningdek, talabalar uchun amaliyot tashkil etish kabi dasturlarni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum #ODOO #UIC

🤝 TATU, Odoo va UIC Group kompaniyalari o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Odoo Ta'lim guruhi rahbari  Kevin Daniel va UIC Group bosh direktori Muratov Murodkhuja TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi. Hamkorlik doirasida TATU talabalari uchun "UIC Group" kompaniyasiga amaliyotga borish imkoniyati yaratiladi.

Odoo - CRM, elektron tijorat, buxgalteriya hisobi, inventarizatsiya, savdo nuqtasi, loyihalarni boshqarish kabi ochiq manbali biznes ilovalari to'plami hisoblanadi. Odoo universitetga "Odoo kursi"dan foydalanish imkoniyatini beradi. Kurs talabalarga ERP funksiyalarini tushunish uchun bilim berishga qaratilgan.

Ma'lumot uchun: Odoo millionlab kompaniyalarga o'z bizneslarini boshqarish va kengaytirish uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotdan oson foydalanish imkoniyatini beradi. Butun dunyo bo'ylab 4,5 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan qo'llaniladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/15 06:20:53
Back to Top
HTML Embed Code: