Telegram Web Link
#memorandum #ODOO #UIC

🤝 TATU, Odoo va UIC Group kompaniyalari o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Odoo Ta'lim guruhi rahbari  Kevin Daniel va UIC Group bosh direktori Muratov Murodkhuja TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi. Hamkorlik doirasida TATU talabalari uchun "UIC Group" kompaniyasiga amaliyotga borish imkoniyati yaratiladi.

Odoo - CRM, elektron tijorat, buxgalteriya hisobi, inventarizatsiya, savdo nuqtasi, loyihalarni boshqarish kabi ochiq manbali biznes ilovalari to'plami hisoblanadi. Odoo universitetga "Odoo kursi"dan foydalanish imkoniyatini beradi. Kurs talabalarga ERP funksiyalarini tushunish uchun bilim berishga qaratilgan.

Ma'lumot uchun: Odoo millionlab kompaniyalarga o'z bizneslarini boshqarish va kengaytirish uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotdan oson foydalanish imkoniyatini beradi. Butun dunyo bo'ylab 4,5 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan qo'llaniladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #Odoo #UIC_Group

Odoo va UIC Group kompaniyalari universitet o‘qituvchilari va talabalariga amaliy mashg'ulotlar va seminar o'tkazdi.


Amaliy mashg'ulotlar va seminardan asosiy maqsad: TATU ta'lim jarayonalarida eng so'nggi dasturlar, mavjud innovatsion platformalar va dunyo standartlariga mos tizimlardan foydalanish hisoblanadi.

Seminar davomida Odoo ta'lim dasturi orqali ta'lim muassasalariga Odoo dasturiy ta'minotidan talabalarni haqiqiy biznes dunyosiga tayyorlashga yordam berish uchun darslarda ta'lim resursi sifatida qanday foydalanish imkoniyatlari haqida tushuntirildi.

Odoo universitet professor-o‘qituvchilari va talabalariga akademik qo‘llab-quvvatlash uchun har birining ishlash muddati 10 oy bo‘lgan cheksiz miqdordagi Odoo ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya
#xalqaro_hamkorlik

Xabaringiz bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Yaponiya davlatida boʻlib turibdi.

Navbatdagi tashrif Yaponiya ta'lim tizimida alohida mavqega ega GIFU KOSEN (National institute of technology) taʼlim muassasasiga amalga oshirildi.

Uchrashuv delegatsiyamizni iliq kutib olgan muassasa Prezidenti Itsuno Shinichiga filialimizning yangi kampusi va undagi jahon andozalari asosida talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirishdan boshlandi.

Itsuno Shinichi janoblari tashrifdan juda mamnunligini bildirdi. Oʻzbekiston taʼlim dargohlari bilan hamkorlik, ayniqsa axborot texnologiyalari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi boʻlgan TATUning filiallaridan biri boʻlgan Nurafshon filiali bilan hamkorlik ushbu sohada salmoqli natijalar berishini aytib oʻtdi. Uchrashuv davomidagi ikki tomonlama muzokaralardan soʻng Nurafshon filiali va GIFU Kosen oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishildi.

Ushbu hamkorlik orqali talabalarimiz va professor-oʻqituvchilarimizda Yaponiyadagi ushbu taʼlim muassasasida qisqa va uzoq muddatli bepul talabalar almashinuvi dasturlari va malaka oshirish kurslarida qatnashish imkoniyati yaratildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #поздравление

Assalomu alaykum Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari, aziz ustozlari va talabalari! TATU jamoasi barchangizni Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbdan tabriklaydi!

Qurbon hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!



Уважаемые преподаватели и студенты Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми! Команда ТУИТ сердечно поздравляет всех с праздником Курбан-байрам!

С праздником Курбан-байрам!
#dunyo_yangiliklari #qiziqarli

🤖 Orzular amalga oshmoqda, endi yo’qolgan narsalaringizni sun’iy intellekt (GPT-4o) uyingizning kamerasidan olingan tasvirlar orqali topib beradi.

🧦 Siz neyron tarmoqqa "paypog’im qayerda" savolini berganingizda, u bir necha soniya ichida xona kamerasidan olingan tasvirni tahlil qilib, paypog’ingiz qayerda ekanligini topib beradi.



🤖 GPT-4o теперь связывается с умным домом и помогает искать потерянные вещи.

🧦 Пишешь нейронке «где носки» и она через пару секунд дает ответ, проанализировав изображение с камеры комнаты.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/17 22:25:10
Back to Top
HTML Embed Code: