Telegram Web Link
«ШЕЪРИМНИЯМ БЕРАЙМИ, ЎҚИЙСИЗ…»

Панжакентнинг Навобод қишлоғи мактабидаги учрашув давом этарди. Абдували Бекмуҳаммадга навбат текканда, у Жамшидга юзланди:
– Кўзойнагингизни бериб туринг!
– Шеъримниям берайми… ўқийсиз, – деди аста у. Пиқиллаб кулган овозлар эшитилди.
Fусор мактабида аҳвол такрорланди. Абдували Бекмуҳаммад кўзойнак сўраганда Жамшид секингина деди:
– Ҳаётга менинг кўзим билан қарашни ўрганаяпсиз-а?

Раҳим БЕРДИ,
Тожикистон. Хўжанд вилояти.


Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.

https://www.tg-me.com/Turonadiblari
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
МАСЛАҲАТИМ

Худойимга солиб кетавер,
Манзилингга тезроқ етасан.
Кўрмаганга олиб кетавер,
Кўрмагандай бўлиб кетасан.

✍️ Иқбол МИРЗО

Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.

https://www.tg-me.com/Turonadiblari
👍5
#Yosh_ijodkor
#Maqola

📢 "BAXSHIYONA OHANGLAR" - XUSH OHANGLAR

“Yozganlarim – topganlarimdir. Ijod – ko‘nglimning mulki. Ijodkor bo‘lib tanilish peshonaga yozilgan bo‘lsa, bu mening omadim”, – deydi Sirdaryo go‘shasining yana bir omadli ijodkorlaridan bo‘lgan Alisher Nur (Nurboyev). Kitobxonlar ko‘nglidan o‘ziga xos ijodi bilan o‘rin olish baxtiga muyassar bo‘lgan  iste’dodli shoirimiz, xalq baxshisi Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining evarasidir.
Ajdodlariga munosib avlod  bo‘lib qalam tebratib kelayotgan shoir va jurnalist bugungi kunda “So‘z sehri”, “Ishq sahrosi”, “Sog‘inch tilsimi”, “Sardoba sadosi”, “Baxshiyona ohanglar” to‘plamlarining muallifi hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni “Baxshiyona ohanglar” she’riy to‘plamida muqaddima sifatida  keltirilishi taniqli adibning qay darajada kamtar ekanligidan dalolat. Mazkur to‘plamga baxshiyona ohanglar davomchisi bo‘lmish Alisher Nurning umuminsoniy tuyg‘ular, xalqona ruhda bitilgan ko‘ngil bitiklari jamlangan. She’rlaridagi  salmoqdorlik va mehrigiyodek o‘ziga tortuvchi samimiyat har bir o‘qirmanni e’tibor markazidan chetda qolmasligini aniq.
Keyingi vaqtlarda viloyatimizda adabiyot ixlosmandlarining safi tobora kengayib borishi va yozuvchi, shoirlar ijodida yuksalayotganligini ko‘rsatmoqda. Shu ma’noda shoir Alisher Nurning dastlabki to‘plami “So‘z sehri”ning asosi an’anaviy va xalqona ruhdagi ijod namunalaridan iborat bo‘lsa, keyingi nashr etilgan kitoblaridagi mavzularning rang-barang ko‘lami adabiyotga oshno qalbning qalami charxlanib borayotganligini namayon qiladi. “Ishq sahrosi”da zamonaviy ifodalarning qo‘llanilishi ham shular jumladandir. Darhaqiqat, shoirning oxirgi yillarda o‘z muhiblariga taqdim qilgan  “Baxshiyona ohanglar” – xalqona xush ohanglardan iborat ekanligiga guvoh bo‘lamiz:
Baxshi bobom – Jumanbulbul ovozini,
Oy, yulduzning yog‘du nomli sarbozini,
She’r qushining ko‘kni quchgan parvozini
Kuyga solib, qo‘shiq qilgan do‘mbiram.
Bu satrlarda shoir tomirida baxshilar qoni oqayotganini, ilhom do‘mbirasi muallifni doimiy ijodga chorlab turishi haqidagi kechinmalari ifodalanganligini ko‘rish  mumkin. Do‘mbira obrazi orqali o‘z ijodining yuksak marralarni zabt etishga  muvaffaq bo‘layotganini tasvirlagan. Ko‘kni quchishga shaylanayotgan she’r qushi o‘xshatishi orqali esa o‘z maqsadini sodda va ravon uslubda o‘quvchiga yetkazib bera olgan. Shuningdek, milliy cholg‘u asbobi do‘mbiraga mehri boshqacha ekanligi, qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini aks ettirgan.
Yoki falsafiy mazmunda bitilgan “Suratga boqaman” she’riga nazar soladigan bo‘lsak:
Suratga boqaman – suratim tirik,
Uchqur qadamlarim dovon oshmoqda.
Tomirdagi qonim suvdek yugurik,
Qaynoq yuragimda to‘lib toshmoqda.
Parcha orqali lirik qahramon yuragidagi olov, shijoat so‘nmaganligini ifoda etadi. Tomir, qon, yurak so‘zlari bilan tanosub san’ati vositasida ruhiy holatini aks ettirgan ushbu she’rning har bir misrasi o‘zining “men”ini tasvirlashi bilan yanada ahamiyatli va e’tiborga molik. She’rdagi “Suratga boqaman – suratim tirik” misrasining shoirning alletiratsiyani qo‘llashga oid mahoratini yanada yaqqol namoyon qilgan.
Ushbu to‘plamni mutolaa qilish jarayonida shoirning she’rlaridan ufurib turgan xalq og‘zaki ijodiga xos ruhiyat kitobxonni shu dunyoga yetaklab kira oladi. Bu yo‘nalish bilan cheklanmagan ijodkor vatanni madh etuvchi va ishq mavzusidagi bitiklarida sodda va xalqchil o‘xshatishlardan ham unumli foydalanadi.  Shoirning mazkur to‘plamidagi jamlangan she’rlar ana shunday badiiyat unsurlari poydevori ustiga qurilgan. Yurtdoshlarining quvonch-u dardini, muhabbatini tarannum aylashdan tolmaydigan ijodkorning she’rlarini mutolaa qilish, ma’naviy oziqlanish nafaqat estatik zavq beradi, balki ma’rifat olamiga ham yetaklashi shubhasizdir. 

©Gulzoda UMMATOVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

@Turonadiblari 👈kanalimiz.
@Turon_adiblari 👈guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
👍6😍32🔥21❤‍🔥1🥰1👏1💋1
#Yosh_ijodkor
#Maqola

📢 MEHRLI BO'LAYLIK...

Umr qisqa. Vaqt g‘animat, hayot esa juda go‘zal, mo‘jizalarga boy. O‘tkir Hoshimovning “Oq marmar, qora marmar” hikoyasida ta’kidlanganidek,  insonlarni vafot etgandan so‘ng qabriga borib, afsuslanib, nola qilgandan ko‘ra tirikligida qadrlamoq – mehr ko‘rsatmoq zarur.
Darhaqiqat, mehr nima o‘zi?
Mehr bu tengsiz xazina, uni pulga sotib olib bo‘lmaydi, mehr bu jon qilish, insonning  o‘zini unutib boshqa inson uchun yashashi, onalarning jon holatda farzand dunyoga keltirishi, ularni oq sut berib kechalarni bedor o‘tkazib voyaga yetkazishi, mehr bu dadajoningning sen istaganing bois seni qimmat restoranga olib  kirib ovqatlantirishi, biroq o‘ziga hech narsa olmasligi, olsada, senga berishi, mehr bu buvijoningning o‘zi odmi kiyinsada, nevarasiga nafaqasidan eng qimmat “Butik” dan kiyimlar xarid qilib berishi, mehr bu bobojoningning o‘zi avtobusda yursa-da, senga taksiga pul berishi.
Mehr bu har qanday holatda senga ishonadigan dardlaringni aytsang, ko‘zyoshlaringni artib, barcha muammolaringga chora topadigan, biroq o‘z dardini yashirib, siqiladigan, xilvatda yig‘laydigan buving, onang. Atrofimizni mehr va mehribonlar qurshab olgan, lekin biz shunga yarasha javob qaytara olayapmizmi? Bu savolga hamma har xil javob beradi, ammo unutmasligimiz kerakki, dunyoni go‘zallik va mehr qutqarib qoladi. Nega inson qo‘rs, qattiqqo‘l odamga emas, mehribon, muloyim insonga talpinadi, boisi odamzot mehrga muhtoj, shirinso‘z ozig‘i. Mehribon, bag‘rikeng insonlarning do‘stlari ko‘p bo‘ladi va ular odamlarni o‘zlariga jalb qiladi.
Hozir hamma o‘z ishi bilan mashg‘ul, soat charxpalagi aylanaveradi, aylanaveradi. Ko‘pchilik faqatgina oilasiga e’tiborli va mehribon, ayrim kishilar hatto o‘z oila a’zolariga ham yomon munosabatda bo‘lmoqda. Bu qaytar dunyo, bari vaqt o‘zlariga qaytadi. Ammo biz atrofimizdagi hech bir insonni e’tiborsiz qoldirmasligimiz, xoh do‘stimiz bo‘lsin, xoh qo‘shnimiz, yoki biror tanishimiz, hatto ko‘chadagi yupun kiyingan insonlar, internet orqali xabar topayotganimiz xasta bolalar – bariga e’tiborli bo‘lishimiz, moddiy va ma’naviy tomondan ko‘maklashishimiz zarur. Axir mehr ko‘p-ku, hammaga yetadi-ku, mehribon insonlarni Allohim ham sevar va ajrini berar, ikki dunyoda aziz qiladi-ku! Aslida bu juda oson, muammolaridan yoxud darslaridan charchab tushkun kayfiyatga tushgan sinfdoshingizning yoniga borib “Senga nima bo‘ldi?” yoki “Hammasi yaxshi bo‘ladi, sen uddalaysan, men senga ishonaman” deyishingizning o‘zigina uning ko‘nglini tog‘dek ko‘tarishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
  Umuman olganda, hozir sodir bo‘layotgan aksariyat xunuk ishlar mehrsizlik sababidan yuz beryapti. Ochiqrog‘i, oilasida mehr-e’tibor ko‘rmagan inson qahri qattiq, alamzada bo‘lib voyaga yetib, qabih ishlarga qo‘l urmoqda. Demak, mehrsizlik – kasallik. Agar davolanmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mehr ko‘rmagan inson ko‘chadan mehr izlaydi yoki butun dunyoga nafrat ko‘zi bilan boqadi., yomon ish qilsa alamidan chiqadi. Bunday odamlar bu dunyoga, insoniyatga go‘yoki dushman o‘laroq qaraydi, bunday o‘lka rivojlanmaydi, insonlari baxtli bo‘la olmaydi. Shunday ekan, biz mehribon bo‘lib, faqat qarshimizdagi insonni emas, o‘zimizni, balki butun jamiyatni qorong‘ilikdan asrab qolgan bo‘lamiz. Biz bilan yuzlashgan, suhbatlashgan har bir inson biz haqimizda yaxshi tasavvurga ega bo‘lib, xush kayfiyat bilan ketsin. Atrofga qahr emas, mehr ulashaylik. Bizdan avlodlarimizga mehr atalmish yuksak tuyg‘u bir ma’naviy meros o‘laroq qolsin. Bejiz mehr-u muhabbat ijodkorlar uchun alohida mavzu emas. Bejiz quyidagi satrlar bitilmagan:
O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar ko‘zyoshi samoni,
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachig‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha,
Dunyoni tor aylagan o‘sha.
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Zero, hassos shoir Muhammad Yusuf misralarida tarannum etilgan mehr hayot mazmunini aks ettirishini unutmaylik. Shunday ekan, azizlar, mehrli bo‘laylik…

©Matluba SHAKAROVA


@Turonadiblari 👈kanalimiz.
@Turon_adiblari 👈guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
5🔥2🥰1
#Yosh_ijodkor
#Maqola

📢 QODIRIY ASARLARIDA MILLIYLIK IFODASI

Vatan – bashariyatning yuragi bo‘lgan tushuncha. Millat muhabbati insonning eng qudratli kuchlaridan biridir. U har qanday insoniy aqidalarni mag‘lub eta oladi. Abdulla Qodiriy ham tomirida ana shunday qudrat oquvchi o‘tkir qalam sohiblaridan biridir. Uning nafaqat ijodi, balki ijtimoiy-siyosiy hayotga aloqador umri va faoliyati yosh avlodni xuddi shunday jasorat ruhi bilan tarbiya qiladi. Millatni mustahkam rishtalar bilan butun tutmoqqa undaydi.
U XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asarlarida o‘zbekona ruh, sharqona tarbiya, ota-bobolarimizdan meros urf-odatlar va an’analar, aynan xalq tushunchasining qadr-qimmati turli voqealar va obrazlar zamirida ifodalangan. Qodiriy o‘z o‘qiguvchilarga qoldirgan bu meroslarida milliy muhabbat, tarixiy madaniyat va hurriyat g‘oyalarini aks ettirib, soda xalqni uyg‘otmoq uchun hur fikr bilan bong uradi. Shu bilan birgalikda qahramonlar hayoti bilan turmushning past-u balandliklari,turfa ko‘rinishlari bilan kitobxonni yanada yaqindan tanishtiradi. Elning kechagi kuni, ko‘rgan-kechirganlari borasida o‘yga toldiradi.
Barchamizga tanish “Obid ketmon” romanida ham yuqorida sanab o‘tilgan sharqona o‘ziga xosliklarga urg‘u berib o‘tiladi. Bu asar vaqt o‘zgarishlari va ijtimoiy-kechmishlarga qaramay, milliy qadriyatlarni saqlab qolish zarurligini ochib beradi. Qodiriy o‘z xalqining boyligi va o‘ziga xos xususiyatlarini kuchaytiradi, bu esa o‘quvchilarni o‘z yurtiga bo‘lgan sevgi va faxrni his qilishga undaydi.
Har bir davrning durdonasi bo‘lgan “O‘tkan kunlar” asari aynan davr tanlamaslik xususiyati bilan ham ahamiyatga molik. Unda Otabek va Kumush o‘rtasidagi dostonlardagidek go‘zal ishq va oila munosabatlari bilan tanishamiz. Ammo unda faqat oilalarning emas, butun millatning hayoti ifoda etiladi. Adib Otabekni ham, Kumushni ham yolg‘iz farzand ekanligini yozar ekan, ularning hayoti bilan bog‘liq ota-onalarining orzu-havaslariga ham alohida urg‘u berib o‘tadi. Sababi insonning barcha niyatlari, e’tibori va harakatlari o‘zining jigargo‘shasiga qaratilgan bo‘ladi. Faqat va faqat farzandining kamolini ko‘rish ilinjida yashaydi. Asarning asl mohiyati, O‘zbekoyim va Yusufbek Hoji orzulari zamiriga joylangan narsa millatning kamolidir. Butun millatning umidi, niyati xalq erk qanotlarini qayta yozmog‘i, qaqshagan bo‘stonlarga ko‘klamning yana qaytmog‘i va yurtda milliylik nafasi kuchliroq ufirmog‘i edi. Shu bilan birga turkiy oilalarning o‘zaro muruvvatli rishtalari, sharq ayollarining o‘ziga xos latofati, o‘zbek to‘y-marosimlari-yu, anjuman va davlat ishlari – barchasi yaqin o‘tmish tomonidan bizga yuborilgan maktub singari. Unda Vatanning chekkan azoblari, oddiy xalqning sodda va samimiy turmushi, insonlar tabiatidagi go‘zalliklar, eng asosiysi, yozuvchining mana shu xalqqa bo‘lgan buyuk muhabbati so‘zlaydi. Bu so‘z nafaqat o‘tgan asr vakillarini, balki yangi avlodni ham bu muhabbatni tuymoqqa da’vat etadi. Aynan shunday baland tuyg‘ular uning shaxsiyatini, adabiy xazinasining hisoblab bo‘lmas qiymatini va millatni qutqaruvchi mehr va milliy ruhni bizning tomir-tomirimizga jo aylaydi.

©Dilnoza JABBOROVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi

@Turonadiblari 👈kanalimiz.
@Turon_adiblari 👈guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
❤‍🔥31👍2354🔥4👏3🥰2😍2
«Хўжанд ҳангомалари»дан

КАЛИТ СИЗНИКИ, МАШИНА...

Бу йилги Қурбон ҳайити намози жума кунга тўғри келди. Айтадиларки, ҳайит жума кунга тўғри келган йилда ҳаж маросимида бўлганларнинг бахти кулиб, улар «… ҳожи» номини олишаркан. Қишлоғимиз масжиди жомеъсида шу кунги жума намозини ўқидик ва ғойибдан бўлса ҳам «…ҳожи»ларни муборакбод этдик.
Шу куни кўплаб хонадонларда қурбонлик учун қуйлар сўйилган, кимдир сўйилган қўйлар гўштидан аталганини одамларга тарқатган, кимдир шўрва солиб, меҳмон чақирган эди.
Дўстим Абдуҳамид ҳожи шу маънода мени ҳам пешин намозидан кейин қўшни қишлоқдаги янги уйига таклиф этганди. Намоздан кейин масжид дарвозасида дўстимнинг ўғли Жумабой кутиб турарди.
– Ҳожи бобо, мана машинамнинг калити. Ҳов ана, йўлнинг ўнг томонида турибди. Кириб ўтира туринг, мен ҳозир дадамни эргаштириб бораман, тағин адашиб юрмасинлар…
Мен Жумабойнинг машинасини танимасам-да, рақамининг
бошланиши 75 эканини билардим. 75 рақами Жумабойнинг туғилган йилини билдиради. Хўп, дея унинг қўлидаги калитини олдим. Йўл бўйида машиналар қатор-қатор турибди. Ниҳоят, 75 рақами билан бошланувчи машина ёнига келиб, калитни суқдим. Ажабо, калит ўзига аталган тешикка сиғмас эди. Шу пайт икки собиқ шогирдларим келиб қолишди. Уларга
ҳазиллашдим:
– Янги машина олувдим, лекин калити жойига тушмаяпти.
Шогирдларим ҳам уннаб кўришди, фойдасиз. Шу пайт машина орқасида бизни кузатиб турган йигит – дўстим Ҳомид полвоннинг ўғли Муҳаммаджон кулиб-кулиб қўлидаги калитни узатди. – Ҳожи бобо, мана бу калит билан очилиши аниқ. Ахир менинг машинам сизнинг бегона калит билан очилмайди-да!
Асл воқеани англаб кулиб юбордик. Негаки, сал нарида яна
рақами 75 билан бошланувчи енгил машина олдида Жумабой ва отаси Абдуҳамид ҳожи кулгидан қотганча қараб туришарди.

Ҳаким ЗОКИР,
Хўжанд шаҳри.


Турон адибларига қўшилинг👇
@Turonadiblari 👈 каналимиз,
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз.
https://www.tg-me.com/turonadiblari



“Xo‘jand hangomalari”dan

KALIT SIZNIKI, MASHINA...

Bu yilgi Qurbon hayiti namozi juma kunga toʻgʻri keldi. Aytadilarki, hayit juma kunga toʻgʻri kelgan yilda haj marosimida boʻlganlarning baxti kulib, ular “… hoji” nomini olisharkan. Qishlogʻimiz masjidi jomeʼsida shu kungi juma namozini oʻqidik va gʻoyibdan boʻlsa ham “…hoji”larni muborakbod etdik.
Shu kuni koʻplab xonadonlarda qurbonlik uchun quylar soʻyilgan, kimdir soʻyilgan qoʻylar goʻshtidan atalganini odamlarga tarqatgan, kimdir shoʻrva solib, mehmon chaqirgan edi.
Doʻstim Abduhamid hoji shu maʼnoda meni ham peshin namozidan keyin qoʻshni qishloqdagi yangi uyiga taklif etgandi. Namozdan keyin masjid darvozasida doʻstimning oʻgʻli Jumaboy kutib turardi.
– Hoji bobo, mana mashinamning kaliti. Hov ana, yoʻlning oʻng tomonida turibdi. Kirib oʻtira turing, men hozir dadamni ergashtirib boraman, tagʻin adashib yurmasinlar…
Men Jumaboyning mashinasini tanimasam-da, raqamining
boshlanishi 75 ekanini bilardim. 75 raqami Jumaboyning tugʻilgan yilini bildiradi. Xoʻp, deya uning qoʻlidagi kalitini oldim. Yoʻl boʻyida mashinalar qator-qator turibdi. Nihoyat, 75 raqami bilan boshlanuvchi mashina yoniga kelib, kalitni suqdim. Ajabo, kalit oʻziga atalgan teshikka sigʻmas edi. Shu payt ikki sobiq shogirdlarim kelib qolishdi. Ularga
hazillashdim:
– Yangi mashina oluvdim, lekin kaliti joyiga tushmayapti.
Shogirdlarim ham unnab koʻrishdi, foydasiz. Shu payt mashina orqasida bizni kuzatib turgan yigit – doʻstim Homid polvonning oʻgʻli Muhammadjon kulib-kulib qoʻlidagi kalitni uzatdi. – Hoji bobo, mana bu kalit bilan ochilishi aniq. Axir mening mashinam sizning begona kalit bilan ochilmaydi-da!
Asl voqeani anglab kulib yubordik. Negaki, sal narida yana
raqami 75 bilan boshlanuvchi yengil mashina oldida Jumaboy va otasi Abduhamid hoji kulgidan qotgancha qarab turishardi.

Hakim ZOKIR,
Xoʻjand shahri.


Turon adiblariga qoʻshiling👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Гўзал таъриф
Go‘zal taʼrif

Turon adiblariga qoʻshiling👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Özbəkistanda keçirilən “Səs” yarışmasında Azərbaycan musiqisi.. 🇺🇿🤝🇦🇿🤝🇹🇷🤝🇰🇬🤝🇰🇿🤝🇹🇲

Turan ədıblarına qoşulun:
@Turon_adiblari 👈 qrupumuz,
@Turonadiblari 👈 kanalımız.

Turan ədıbları kanalı
https://www.tg-me.com/Turonadiblari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TO‘RTLIK

🎤 Aliqul bobo,
Qashqadaryo viloyati.

Turon adiblariga qoʻshiling👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
👍5🔥1👏1👌1
Дўст билан обод уйинг, гар бўлса у вайрона ҳам,
Дўст қадам қўймас эса, вайронадир кошона ҳам.

Интизор ҳар уй диловар дилкушолар базмига,
Гар оёқ қўйса қабоҳат йиғлагай остона ҳам.

Яхши дўстлар даврасида очилурсан ҳар замон,
Кўркни шода ичра топгай марварид дурдона ҳам.

Сўрма мендан, ким дилоро, дўстми ё жонона деб,
Дўст менинг кўнглимдадир, жонимдадир жонона ҳам.

Қочма ростгўй дўстларнинг коҳишу озоридан,
Қадди рост шамнинг тилидан ўртанур парвона ҳам.

Дўст қидир, дўст топ жаҳонда, дўст юз минг бўлса оз,
Кўп эрур бисёр душман бўлса у бир дона ҳам.

Ким сенга ҳамроз эмасдир, боғараз деб ўйлама,
Гоҳи душманлик килурлар қўл сиқиб дўстона ҳам.

Дўсти содиқ йўқ экан деб ўртаниб куйма ва лек
Меҳр уйин кенг очсанг, Эркин, дўст бўлур бегона ҳам.

Эркин ВОҲИДОВ.

Турон адибларига қўшилинг:
@Turonadiblari👈 каналимиз,
@Turon_adiblari👈 гуруҳимиз.



Doʻst bilan obod uying, gar boʻlsa u vayrona ham,
Doʻst qadam qoʻymas esa, vayronadir koshona ham.

Intizor har uy dilovar dilkusholar bazmiga,
Gar oyoq qoʻysa qabohat yigʻlagay ostona ham.

Yaxshi doʻstlar davrasida ochilursan har zamon,
Koʻrkni shoda ichra topgay marvarid durdona ham.

Soʻrma mendan, kim diloro, doʻstmi yo jonona deb,
Doʻst mening koʻnglimdadir, jonimdadir jonona ham.

Qochma rostgoʻy doʻstlarning kohishu ozoridan,
Qaddi rost shamning tilidan oʻrtanur parvona ham.

Doʻst qidir, doʻst top jahonda, doʻst yuz ming boʻlsa oz,
Koʻp erur bisyor dushman boʻlsa u bir dona ham.

Kim senga hamroz emasdir, bogʻaraz deb oʻylama,
Gohi dushmanlik kilurlar qoʻl siqib doʻstona ham.

Doʻsti sodiq yoʻq ekan deb oʻrtanib kuyma va lek
Mehr uyin keng ochsang, Erkin, doʻst boʻlur begona ham.

Erkin VOHIDOV.

Turon adiblariga qo‘shiling:
@Turonadiblari👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari👈 guruhimiz.

https://www.tg-me.com/turonadiblari
🥰21
Қуриган дарахтнинг сўнги меваси,
Зулматга ем бўлган шамнинг шуъласи,
Ёридан айрилган ёр ашуласи
Мени ҳеч кулишга қўймаяпти-да. 

Оқсоқ чумолига ҳамдард бўлишим,
Битта буғдойимни тўртга бўлишим,
Ҳаққимни сўролмай ҳақсиз юришим
Ҳеч ўзимга яхши бўлмаяпти-да.

Онам сандиғини ҳидин соғиндим,
Сандиқдек эскирдим,  шундан оғриндим.
Келади уйимда дадамни кўргим,
Интизор кўзларим кўрмаяпти-да.

Сирқираб оғрийди юрагим шўрлик,
Тишланган олмадек бу дунё кемтик.
Сўзлар ёзгим келар тирик ва йирик,
Аммо кўнглим сўзга тўлмаяпти-да.

Мен тўртта тарафга чопар юбордим.
Чопарлар қўлида бир хат юбордим.
Дедим топинг менга бир бағри бутун
Аммо ҳамон жавоб келмаяпти-да


ДУО

Қумлар ютиб, қум туққан саҳро.
Сувлар ютиб, сув туққан дарё.
Қиёматни сир тутган дунё,
Ой бўлинган кунни бир кўрсат.

Кириб олай мен ҳам уриниб.
Салом берай титраб, суюниб.
Ансорларни тўплаган Ясриб
Туя чўккан уйни бир кўрсат.

Қайдан, унда бунча фаросат?
Қайдан, унда бунча жасорат?
Белбоғидан тиланай бир қат
Асмо деган гулни бир кўрсат.

Қонаб кетсин яланг оёғим.
Чанқаб, чарчаб қурисин ҳолим.
Қувлаб келсин, майли юз золим
Савр томон йўлни бир кўрсат.

Бири буюк, бири муқаддас.
Мендан бахтли бағридаги хас.
Тошларини бир силасам бас
Уҳуд билан Турни бир кўрсат.

Гуноҳимдан уялдим, ҳар кун.
Кўзёшимга беландим, ҳар кун.
Бир гадодек тиландим, ҳар кун
Ўлар чоғим Аднни кўрсат.

Арзимадим, бунга ҳеч қачон,
Лекин ростдан соғиндим ёмон.
Ўлмасимдан, менга Художон
Ўзинг суйган Нурни бир кўрсат.
 
Рислиғой ҲОТАМОВА
Наманган вилояти

Турон адибларига қўшилинг:
@Turonadiblari👈 каналимиз,
@Turon_adiblari👈 гуруҳимиз.



Qurigan daraxtning soʻngi mevasi,
Zulmatga yem boʻlgan shamning shuʼlasi,
Yoridan ayrilgan yor ashulasi
Meni hech kulishga qoʻymayapti-da. 

Oqsoq chumoliga hamdard boʻlishim,
Bitta bugʻdoyimni toʻrtga boʻlishim,
Haqqimni soʻrolmay haqsiz yurishim
Hech oʻzimga yaxshi boʻlmayapti-da.

Onam sandigʻini hidin sogʻindim,
Sandiqdek eskirdim,  shundan ogʻrindim.
Keladi uyimda dadamni koʻrgim,
Intizor koʻzlarim koʻrmayapti-da.

Sirqirab ogʻriydi yuragim shoʻrlik,
Tishlangan olmadek bu dunyo kemtik.
Soʻzlar yozgim kelar tirik va yirik,
Ammo koʻnglim soʻzga toʻlmayapti-da.

Men toʻrtta tarafga chopar yubordim.
Choparlar qoʻlida bir xat yubordim.
Dedim toping menga bir bagʻri butun
Ammo hamon javob kelmayapti-da


DUO

Qumlar yutib, qum tuqqan sahro.
Suvlar yutib, suv tuqqan daryo.
Qiyomatni sir tutgan dunyo,
Oy boʻlingan kunni bir koʻrsat.

Kirib olay men ham urinib.
Salom beray titrab, suyunib.
Ansorlarni toʻplagan Yasrib
Tuya choʻkkan uyni bir koʻrsat.

Qaydan, unda buncha farosat?
Qaydan, unda buncha jasorat?
Belbogʻidan tilanay bir qat
Asmo degan gulni bir koʻrsat.

Qonab ketsin yalang oyogʻim.
Chanqab, charchab qurisin holim.
Quvlab kelsin, mayli yuz zolim
Savr tomon yoʻlni bir koʻrsat.

Biri buyuk, biri muqaddas.
Mendan baxtli bagʻridagi xas.
Toshlarini bir silasam bas
Uhud bilan Turni bir koʻrsat.

Gunohimdan uyaldim, har kun.
Koʻzyoshimga belandim, har kun.
Bir gadodek tilandim, har kun
Oʻlar chogʻim Adnni koʻrsat.

Arzimadim, bunga hech qachon,
Lekin rostdan sogʻindim yomon.
Oʻlmasimdan, menga Xudojon
Oʻzing suygan Nurni bir koʻrsat.
 
Risligʻoy HOTAMOVA
Namangan viloyati

Turon adiblariga qo‘shiling:
@Turonadiblari👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari👈 guruhimiz.

https://www.tg-me.com/turonadiblari
3👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QANDAY O‘LDIRASAN TUYG‘UNI

🎤 Xolida ISMOIL,
Surxondaryo viloyati.

Turon adiblariga qo‘shiling:
@Turonadiblari👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari👈 guruhimiz.

https://www.tg-me.com/turonadiblari
2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MUHABBATNING ENG GO‘ZAL KO‘RINISHI.
AFSUSKI BANDA DOIM KECHIKADI...


Turon adiblariga qo‘shiling:
@Turonadiblari👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari👈 guruhimiz.

https://www.tg-me.com/turonadiblari
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QOVOQ VA KALLA

🎤 Tohir Malik

Turon adiblariga qo‘shiling:
@Turonadiblari👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari👈 guruhimiz.

https://www.tg-me.com/turonadiblari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
МУСОФИР ҚИЗЛАРНИ АСРА, ОЛЛОҲИМ

🎤 Рислиғой Ҳотамова


Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.

https://www.tg-me.com/Turonadiblari
👍2
* * * * * * * * *

Ўтди умрим қанчаси
            Дард аро, гирдоб аро
Қанчаси тун, қанчаси
            Дилрабо мохтоб аро.

Дардларим айтмай,
           Ғаму андухларимдин сўзламай,
Чўлпон демаким кўзларим
          Чақнаса беҳоб аро.

Излар эрсанг сен мени
            Изла ёр гулзоридин
Излама дардсиз кўнгилдек,
           Шойию кимхоб аро.

Дўст дедим ёлғиз Худони,
            Ўзгаларда йўқ вафо
Шу сабабдин излама
           Харгиз мени ахбоб аро.

Англамоқ мушкул туюлса
           Сенга дарду қисматим,
Саҳфасин очгил китобим 
           Кўр ани ҳар боб аро.

Қўй, мени у давраларга
          Чорлама, йўқ ҳеч хушим,
Қолғон умрим ўтса дейман
         Шеър аро, меҳроб аро.


* * * * * * *

Минг бир нафас, минг бир нигоҳ, кўз,
Дафтар узра сабзадай яшнар.
Юрагимда илдиз отган сўз-
Ғунчалари очила бошлар.
Шеър қалби ҳам сўздан бинодир
Шоир меъмор, бунёди ғазал.
Мангу сўзга нурли гувоҳдир
Ҳақ нафаси- оятлар азал.
Шоир сўзнинг қалбини тингла
Англа бу сас келмоқда қайдан?
Қара қандай нур таралмоқда,
Юрагинга санчилган ёйдан!
Балки ойдан у нур олгайдир,
Ифорларин жамбил, райҳондан.
Руҳ қушидан келган муждадир,
Яхши шеър ҳам билсанг иймондан!

Минҳожиддин МИРЗО

Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.

* * * * * * * *

Oʻtdi umrim qanchasi
            Dard aro, girdob aro
Qanchasi tun, qanchasi
            Dilrabo moxtob aro.

Dardlarim aytmay,
           Gʻamu anduxlarimdin soʻzlamay,
Choʻlpon demakim koʻzlarim
          Chaqnasa behob aro.

Izlar ersang sen meni
            Izla yor gulzoridin
Izlama dardsiz koʻngildek,
           Shoyiyu kimxob aro.

Doʻst dedim yolgʻiz Xudoni,
            Oʻzgalarda yoʻq vafo
Shu sababdin izlama
           Xargiz meni axbob aro.

Anglamoq mushkul tuyulsa
           Senga dardu qismatim,
Sahfasin ochgil kitobim 
           Koʻr ani har bob aro.

Qoʻy, meni u davralarga
          Chorlama, yoʻq hech xushim,
Qolgʻon umrim oʻtsa deyman
         Sheʼr aro, mehrob aro.


* * * * * *

Ming bir nafas, ming bir nigoh, koʻz,
Daftar uzra sabzaday yashnar.
Yuragimda ildiz otgan soʻz-
Gʻunchalari ochila boshlar.
Sheʼr qalbi ham soʻzdan binodir
Shoir meʼmor, bunyodi gʻazal.
Mangu soʻzga nurli guvohdir
Haq nafasi- oyatlar azal.
Shoir soʻzning qalbini tingla
Angla bu sas kelmoqda qaydan?
Qara qanday nur taralmoqda,
Yuraginga sanchilgan yoydan!
Balki oydan u nur olgaydir,
Iforlarin jambil, rayhondan.
Ruh qushidan kelgan mujdadir,
Yaxshi sheʼr ham bilsang iymondan!

Minhojiddin MIRZO

Turon adiblariga qoʻshiling:
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz,
@Turonadiblari 👈 kanalimiz.

https://www.tg-me.com/turonadiblari
ШЕЪРИМ

Қўйишга  бошими  Каъбам -- сўзим,  сен  давлатим,  шеърим,
Мани  ошуфта  илкимда,  баланд  тахт,  савлатим,  шеърим.

Келиб  дунёи  дунга  мен  рўҳафтода  бўлмадим  ҳаргиз,
Ки,  Ҳақ  ҳар  кимга  бермас  бахт,  мислсиз  сарватим,  шеърим.

Мудом  мағрур  ва  собирмен,  боқиб  ҳайронам  қолмишлар,
Ки,  ишқимдир  тамал  тоши,  жаҳоним,  рағбатим,  шеърим.

Туну  кун  саждагоҳим  сен,  дили  кўнгилни  дармони,
Ғуборсиз  тийнату  сурат,  мусаффо   хилқатим,  шеърим.

Умрни  ўтказиб  беном,  юрурлар  танни  деб  ноком,
Шукрким,  толеим  сийлаб,  қилибсан   шафқатим,  шеърим.

Бири  суйган,  бири  куйган -- одамман  дўсту  ағёрлиқ,
Хазинам,  дури  ғалтоним,  "гуноҳим",  ҳурматим,  шеърим.

Насибам,  нон-тузин  оқлаб  умрбод  хизматин  қилгум,
Қўли  кўксида  Жамшиднинг,  элимга  раҳматим,  шеърим!

Жамшид Примов,
Тожикистон, Хўжанд.


Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.


SHEʼRIM

Qoʻyishga  boshimi  Kaʼbam -- soʻzim,  sen  davlatim,  sheʼrim,
Mani  oshufta  ilkimda,  baland  taxt,  savlatim,  sheʼrim.

Kelib  dunyoi  dunga  men  roʻhaftoda  boʻlmadim  hargiz,
Ki,  Haq  har  kimga  bermas  baxt,  mislsiz  sarvatim,  sheʼrim.

Mudom  magʻrur  va  sobirmen,  boqib  hayronam  qolmishlar,
Ki,  ishqimdir  tamal  toshi,  jahonim,  ragʻbatim,  sheʼrim.

Tunu  kun  sajdagohim  sen,  dili  koʻngilni  darmoni,
Gʻuborsiz  tiynatu  surat,  musaffo   xilqatim,  sheʼrim.

Umrni  oʻtkazib  benom,  yururlar  tanni  deb  nokom,
Shukrkim,  toleim  siylab,  qilibsan   shafqatim,  sheʼrim.

Biri  suygan,  biri  kuygan -- odamman  doʻstu  agʻyorliq,
Xazinam,  duri  gʻaltonim,  “gunohim”,  hurmatim,  sheʼrim.

Nasibam,  non-tuzin  oqlab  umrbod  xizmatin  qilgum,
Qoʻli  koʻksida  Jamshidning,  elimga  rahmatim,  sheʼrim!

Jamshid Primov,
Tojikiston, Xoʻjand.


Turon adiblariga qoʻshiling:
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz,
@Turonadiblari 👈 kanalimiz.

https://www.tg-me.com/turonadiblari
👍3
Forwarded from Турон адиблари-Turon adiblari. (Муқимжон НУРБОЕВ Muqimjon NURBOYEV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ah Anam Sen yok
🎤 Abdurahim Hayit

https://m.facebook.com/groups/1122095791872892/permalink/1378470362902099/?mibextid=Nif5oz
Turon adiblari telegram kanali va guruhi 👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.
2025/10/28 05:08:44
Back to Top
HTML Embed Code: