Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qisqa satrlarda tarixga nazar solamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4
📚 Metroda kitobxonlar uchun “Turon kitob bekati” tashkil qilindi
Bugun, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Turonbank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Toshkent metropoliteni hamkorligida amalga oshirilayotgan “Turon kitob bekati” loyihasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
📍Tadbir Alisher Navoiy va Paxtakor metro bekatlarining o‘tish qismida o‘rnatilgan kitob javonlari yonida tashkil etildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov, “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev, Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni mas’ullari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, jurnalist Sherzodxon Qudratxo‘ja, shuningdek, shoirlar va faol kitobxonlar ishtirok etdilar.
📖 Loyiha aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. “Turon kitob bekati” javonlaridagi asarlar “Ishonch asosidagi kitob almashinuvi” tamoyiliga asoslanadi: yo‘lovchi kitobni olib, manziliga yetguncha o‘qiydi va uni boshqa bekatdagi javonga qaytaradi. Shu orqali metro yo‘lovchilari o‘rtasida o‘qish, fikrlash va bilim almashish madaniyati shakllanadi.
🎙 Tadbirda so‘z olgan “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev ushbu tashabbusning maqsadini quyidagicha izohladi:
“Bank faqat moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi muassasa emas, balki jamiyatda madaniy va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantiruvchi kuchli ijtimoiy platformadir. ‘Turon kitob bekati’ orqali biz har bir yo‘lovchini o‘qishga undaydigan, fikrlashga chorlaydigan, ma’naviy boylik ulashadigan muhit yaratmoqdamiz.”
📚 “Turon kitob bekati” loyihasi orqali Turonbank o‘zining ijtimoiy mas’uliyatli tashabbuslarini davom ettirib, madaniy-ma’naviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi bosqichni boshlab bermoqda.
📨 Telegram 👨 Facebook
🖼 Instagram 👍 YouTube

👍2❤1🔥1