Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿

Mustaqillik – davlatimiz qudrati va xalqimiz erkinligining timsoli. Bugun biz buyuk tariximizni davom ettirib, yangi yutuqlar sari dadil odimlamoqdamiz.

🏦 Turonbank jamoasi barchangizga tinchlik, farovonlik, sog‘liq-salomatlik va ertangi kunga ishonch tilaydi!

2-sentabrdan boshlab ofislarimizda kutib qolamiz. 💙

~~~

Поздравляем с Днём независимости! 🇺🇿

Независимость – символ свободы и могущества нашего государства. Сегодня мы уверенно продолжаем великую историю Узбекистана и движемся к новым свершениям.

🏦 Коллектив Туронбанка желает всем мира, благополучия, здоровья и уверенности в завтрашнем дне!

С 2 сентября ждём вас в наших офисах. 💙

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦 Turonbankda Mustaqillik bayrami munosabati bilan esda qolarli tadbirlar o‘tkazildi!

🇺🇿Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida Turonbankda Vatanimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va sadoqatni ifodalovchi turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

📍Ushbu tadbirlar xodimlar qalbida mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, kelajakka daxldorlik tuyg‘usini singdirishga xizmat qiladi.

🫥 Xodimlarimiz uchun o‘tkazilgan mazkur “Ma’naviyat va milliy qadriyatlar” tadbirida milliyligimiz, tarixiy qadriyatlarimiz hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik haqida so‘z yuritildi. Tadbirda mehmon sifatida O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etdi va o‘z ma’ruzalarida milliy g‘urur, vatanparvarlik va mustaqillikning bebaho qadri haqida fikr bildirdi.

🏦 Shu o’rinda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi Chori Mirzayev Vatan tuyg‘usi bilan yashash, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona yurtini sevish va ardoqlash eng oliy tuyg‘u hisoblanishini ta’kidladi.

⚡️Shuningdek, tadbirda yillar davomida bankimiz ravnaqi yo’lida xalqimizga o’zlarining beminnat xizmatlarini ko’rsatib kelayotgan xodimlarimizga tashakkurnoma va pul mukofotlari ham topshirildi.

Bundan tashqari, ajdodlarimizning mardlik yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlarini yodga olish, yoshlarda Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘ularini ulashish maqsadida Turonbank jamoasi uchun Toshkent shahridagi Gʻalaba bogʻiga ekskursiya uyushtirildi. U yerda xodimlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ezgu g‘oya va tashabbusi asosida barpo etilgan Millat fidoyilari xiyobonini ko'zdan kechirib, Mustaqillik yillari yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lgan o‘g‘lonlarimizni yod etib, ularning ulkan jasorati va qahramonligini haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Shu bilan birga xodimlar "Shon sharaf" davlat muzeyida ham bo'lib tarix bilan yaqindan tanishdilar.


🫥Albatta bu kabi tadbirlar xodimlarda yurtga sadoqat, tarixga hurmat va eng asosiysi, tinchlik hamda barqarorlikning qadriga yetish kabi yuksak insoniy fazilatlarni kuchaytiradi.

🏦 Turonbank jamoasi O’zbekiston taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan mehnat qilishda davom etadi.

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏3🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 “MG Avto” Avtokrediti – endi siz orzu qilgan avtomobilga ega bo‘lish yanada oson!

Kredit shartlari:
🔹 Kredit miqdori – BHMning 800 barobarigacha
🔹 Kredit muddati – 60 oygacha
🔹 Boshlang‘ich to‘lov – 25% dan boshlab

📊 Foiz stavkalari (shartnomaga qarab):
25% boshlang‘ich to‘lov bilan – 20% gacha
30% boshlang‘ich to‘lov bilan – 19% gacha
50% boshlang‘ich to‘lov bilan – 17% gacha
250 mln so‘mdan yuqori shartnoma bo‘lsa – 22.5% gacha

💡 Boshlang‘ich badal:
👉 Rasmiy oylik daromadga ega bo‘lganlar uchun – 25%
👉 Rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmaganlar uchun – 30-50%

📝 Kredit olish jarayoni juda oddiy:
•Bank ofisiga kelib hujjatlarni taqdim eting
•Kredit tayyor – pullar shartnoma asosida o‘tkazib beriladi

🔥 Endi siz ham o‘zingizning yangi MG Avtoingizni kredit asosida xarid qilishingiz mumkin!

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦 “Mustaqillikka uy” — Orzuyingizdagi uyga egalik qilish vaqti keldi! 🌟

🏠 Yangi uy — yangi hayot! Turonbank siz uchun “Mustaqillikka uy” ipoteka kreditini taqdim etadi. Endi orzular yanada yaqin!

🏠 Nimalar taklif etamiz?
✔️ Rasmiy daromad manbaiga ega fuqarolar uchun uy-joy xaridi:
▪️ Birlamchi va ikkilamchi bozordan qulay shartlarda!
✔️ Kredit summasi:
▪️ Toshkent shahri – 800 mln so‘mgacha
▪️ Qoraqalpog‘iston va viloyatlar – 500 mln so‘mgacha
✔️ Muddat: 10 yilgacha
✔️ Boshlang‘ich badal: 26 % dan
✔️ Foiz stavkasi: yillik 22%

Batafsil ma'lumot www.turonbank.uz saytida

Savollaringiz bo'lsa bizga qo'ng'iroq qiling: 1220

💡 Turonbank bilan uy sotib olish yanada oson va ishonchli.

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
1
Valyutalar kursida o'zgarish
1
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mening_mahallam

🌿 Mahallamizda o‘zgarishlar bor!

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani – Maktabod MFYda hayotga tatbiq etilgan yangi loyiha!

Bu tashabbusda Mahalla bankiri Fayziyev Sardor va Mahalla yordamchi agenti Tursunov Muhammad faol ishtirok etishdi.

📌 Sizda ham biznes uchun g‘oyalar bormi?
TuronBank sizning orzularingizni loyihaga aylantirishda ishonchli hamkoringiz bo‘lishga tayyor!

G‘oyangizni biz bilan birga ro‘yobga chiqaring!

📍Qashqadaryo viloyati

💬 Siz ham fikringizni yozib qoldiring:
Mahallangizda qanday o‘zgarishlar bo‘lyapti?

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥2🤩1
7
Valyutalar kursida o'zgarish
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦Turonbank” ATB korporativ mijozlari bosh hisobchilari uchun seminar-trening
o’tkazilmoqda

💼 TuronBank korporativ mijozlarining bosh hisobchilari uchun maxsus trening o‘tkazilmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi – bank va uning ishonchli hamkorlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berish hamda jamoaviy muloqotni mustahkamlashdir.

Mazkur tadbir Bank va korporativ mijozlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash, yangi aloqalar yaratish hamda moliyaviy savodxonlikni oshirib TuronBankning yangi mahsulotlari va xizmatlari bilan yaqindan tanishish va albatta korporativ mijozlar uchun qulay yechimlarni topish imkoniyatini yaratadi.

Interfaol mashg‘ulotlar orqali buhgalterlar tizimli fikrlash, risklarni baholash, jamoada ishlash va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini oshirishdi.


TuronBank nafaqat sifatli bank xizmatlarini taqdim etadi, balki mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, ularning biznesini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. 💙

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1🤩1
Qashqadaryoda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi imkoniyatlar – e’tiborda!

🏦 “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Qashqadaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari hamda Markaziy bank Qashqadaryo viloyati Bosh Boshqarmasi boshlig‘i bilan birgalikda hududlarda bank tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘rganish, bank bilan yanada samarali hamkorlik yo‘llarini muhokama qilish maqsadida qator tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

“Alp Texno Servis” XK – mintaqada zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxona bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinib kelgusi rejalar xususida fikr almashildi

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan “Javohir Medical Sentr” XK faoliyati bilan ham tanishildi. Muhokamalar davomida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha rejalar batafsil ko‘rib chiqildi.

“Ekspress Temir Beton Servis” MChJ infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda muhim bo‘lgan temir-beton buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonada esa yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish borasida suhbatlar o‘tkazildi.

Plastik trubalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan “Qarshi Truba Plast” MChJda yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va mahsulot assortimentini yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga Turonbank Boshqaruvi Raisi Qamashi tumanida bank tomonidan qurilayotgan Maydanak turistik zonasida ham bo'lib, qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama etildi.


Uchrashuvlar davomida korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha muloqotlar olib borildi. Shuningdek, tadbirkorlarning ehtiyoj va takliflari tinglanib, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

🏦 “Turonbank” ATB mijozlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirib, ularning biznesini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishda ishonchli hamkor bo‘lib qoladi.

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏1🤩1
2025/10/26 08:30:47
Back to Top
HTML Embed Code: