Bugun Turonbank Boshqaruv Raisi Samarqand viloyatida xizmat safarida bo‘lib, bank tomonidan moliyalashtirilayotgan yirik investitsion loyihalar jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda. Safar doirasida u tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi imkoniyatlar yaratish va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilmoqda.
Loyihalar bilan tanishish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, kelgusidagi istiqbollarga alohida e’tibor qaratildi.
Turonbank nafaqat yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda, balki iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, agrar sohani modernizatsiya qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda ham ishonchli hamkor sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
🇩🇪 Yangi ufqlar, yangi ishonchli hamkorlik!
📆 Joriy yilning 8-oktabr kuni “Turonbank” ATB vakillari Germaniyaning nufuzli moliyaviy instituti — ODDO BHF banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
🫥 Uchrashuvda “Turonbank“ ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Toxir Axmedov va ODDO BHF banki vakilasi Zuzana Franz — “Xalqaro bank xizmatlari savdosi“ bo‘limi rahbari ishtirok etdi. Muloqot davomida ikki bank o‘rtasidagi amaldagi hamkorlik natijalari muhokama qilinib, yangi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
✨ Uchrashuv iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Tomonlar o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab oldilar.
“Turonbank” xalqaro moliya maydonida — ishonchli hamkor!
📨 Telegram 👨 Facebook
🖼 Instagram 👍 YouTube
🏦 Bugungi kunga kelib, “Turonbank” ATB va ODDO BHF o‘rtasida korrespondentlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, yevro va AQSh dollari hisobvaraqlari ochilgan. 2024-yil iyun oyida esa tomonlar 25 million yevro miqdoridagi kredit shartnomasini imzolagan edi.⚡️ Yaqin istiqbolda MIGA (Multilateral Investment Guarantee Agency) kafolati ostida qo‘shimcha kredit liniyasini jalb qilish, unsecured loan mexanizmi orqali kredit imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, AQSh dollarida ochilgan vakillik hisob raqami orqali Nest Payment amaliyotini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
“Turonbank” xalqaro moliya maydonida — ishonchli hamkor!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4