Telegram Web Link
5👍1
Valyutalar kursida o'zgarish
👍83
3👍2
Valyutalar kursida o'zgarish
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏦 Tezkor Mikrokredit — Sizning biznesingizga tezkor yechim!

Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi yo‘nalish ochish yoki ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni rejalashtiryapsizmi?
Turonbank sizga milliy va xorijiy valyutadagi mikrokredit bilan yordam beradi! 💼

💰 Kredit miqdori: 300 000 000 so‘m ekvivalentigacha
📆 Muddati: 36 oygacha
💸 Foiz stavkasi:
milliy valyutada — 28%
xorijiy valyutada — 15%
🎁 Imtiyozli davr:
3 oygacha umumiy mijozlar uchun
6 oygacha ayol tadbirkorlar uchun*
(YaTT yoki korxona rahbari ayol bo‘lishi lozim)

📍 Kreditdan asosiy va ikkilamchi hisob raqamiga ega mijozlar foydalanishlari mumkin.

Biz bilan biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing — Turonbank bilan imkoniyatlar har doim yaqin!

📲 Batafsil: www.turonbank.uz

Savollaringiz bo’lsa bizga qo’ng’iroq qiling: 1220

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿 “O‘zbekiston mahsulotlari” – Singapur sahnasida 🇸🇬

🌍 Joriy yilning 17–18-oktabr kunlari Singapur shahrining markazida joylashgan “Marina Square” savdo majmuasida start olgan “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasida, milliy mahsulotlarimiz orasida eng katta e’tiborni tortayotgan — “O‘zbek limoni” xalqaro maydonda namoyish etilmoqda.

📍 Yarmarkani O‘zbekistonning Singapurdagi Elchisi Alisher Qayumov o‘z nutqi bilan ochib berdi. Mazkur loyiha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi eksport bozorlarini ochish va investitsion kelishuvlar uchun muhim muzokaralar maydoniga aylanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarini targ‘ib qilishga qaratilgan ana shunday yarmarkalar yaqinda boshqa davlatlarda ham muvaffaqiyatli tashkil etilgani e’tiborga molikdir.

🍋 Yarmarkaga kelgan mehmonlar O‘zbekistonning eng sifatli va tabiiy mahsulotlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Bu yerda tabiiy usulda quritilgan mevalar, zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlangan sublimatsiyalangan mahsulotlar, qayta ishlangan tabiiy ne’matlar — sharbatlar, murabbolar hamda konservalar taqdim etilmoqda.


🏦 Eng quvonarlisi, ushbu nufuzli yarmarkada “Turonbank” ATB vakillari ham bevosita ishtirok etib, “O‘zbek limoni” milliy brendini xalqaro maydonga taqdim etishmoqda. O‘zining yorqin rangi, sof tabiiy ta’mi va betakror hushbo‘y ifori bilan mazkur limonlar xorijiy mehmonlar va investorlar e’tiborini tortmoqda.

⚡️ Yarmarka Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Singapur Davlat Meva va Sabzavot Import hamda Eksport Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi boshchiligida tashkil etildi.

Turonbank — global maydonga yetaklovchi milliy brendlar bilan bir safda!

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🌿 Turonbank Boshqaruv Raisi Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

🏦 "Turonbank" ATB Boshqaruv Raisi Farg‘ona viloyatiga xizmat safari doirasida bank moliyaviy hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi, tadbirkorlar va mijozlar bilan uchrashib, ularning faoliyatida bank xizmatlarining o‘rni, imkoniyatlari hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

🌱 Safar davomida Boshqaruv Raisi Uchko‘prik tumanining Katta Qashqar MFYda 30 nafar yoshga ijaraga berilgan yer maydonlarida amalga oshirilayotgan issiqxona qurilish ishlari bilan tanishib issiqxonalarga limon ko‘chatlari ekish jarayonlarida ham ishtirok etdi. 🍋

📜 Yoshlar va issiqxona egalari bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–181-sonli farmoni mazmuni, ya’ni issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, soliq va kredit yukini kamaytirish hamda sohaga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.


🏭 Shuningdek, Qo‘qon EIZda joylashgan “Young Xin” MChJ korxonasida bo‘lib, kafel mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyiha bilan tanishildi.

🏗 Marg‘ilon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli uylar qurilishi jarayonlarida ishtirok etayotgan “Turonbank” mijozlari faoliyati ham o‘rganilib, bank tomonidan ularning loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

🍋 Bundan tashqari, Boshqaruv Raisi Farg‘ona tumani Novkent MFYda Turonbank Mahalla bankirlari va yordamchi agentlar ko'magi bilan limonchilik bilan shug‘ullanishni boshlagan xonadonlarda bo‘lib, limon yetishtirayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Mavjud muammolar, limonchilikni rivojlantirish istiqbollari hamda bank tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy ko‘mak mexanizmlari haqida fikr almashildi.


Turonbank rahbariyatining bu kabi xizmat safarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalla tizimini takomillashtirish, rahbarlarning xalq orasida bo‘lishi va joylardagi muammolarni bevosita o‘rganish haqidagi topshiriqlarini amalda bajarish, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini oshirish va agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan faoliyatining yaqqol ifodasidir. 🇺🇿

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122👏2🔥1
2025/10/19 21:55:00
Back to Top
HTML Embed Code: