Telegram Web Link
Qashqadaryoda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi imkoniyatlar – e’tiborda!

🏦 “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Qashqadaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari hamda Markaziy bank Qashqadaryo viloyati Bosh Boshqarmasi boshlig‘i bilan birgalikda hududlarda bank tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘rganish, bank bilan yanada samarali hamkorlik yo‘llarini muhokama qilish maqsadida qator tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

“Alp Texno Servis” XK – mintaqada zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxona bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinib kelgusi rejalar xususida fikr almashildi

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan “Javohir Medical Sentr” XK faoliyati bilan ham tanishildi. Muhokamalar davomida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha rejalar batafsil ko‘rib chiqildi.

“Ekspress Temir Beton Servis” MChJ infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda muhim bo‘lgan temir-beton buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonada esa yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish borasida suhbatlar o‘tkazildi.

Plastik trubalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan “Qarshi Truba Plast” MChJda yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va mahsulot assortimentini yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga Turonbank Boshqaruvi Raisi Qamashi tumanida bank tomonidan qurilayotgan Maydanak turistik zonasida ham bo'lib, qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama etildi.


Uchrashuvlar davomida korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha muloqotlar olib borildi. Shuningdek, tadbirkorlarning ehtiyoj va takliflari tinglanib, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

🏦 “Turonbank” ATB mijozlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirib, ularning biznesini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishda ishonchli hamkor bo‘lib qoladi.

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏1🤩1
👍5
Valyutalar kursida o'zgarish
6👏4👍1
O‘zbekiston mahsulotlari "Riga Food 2025" ko'rgazmasida namoyish etilmoqda!

🌍 Yevropaning eng yirik oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi "Riga Food 2025" 4–6 sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 32 ta davlatdan 400 dan ortiq kompaniya ishtirok etayotgan ushbu nufuzli maydon nafaqat yangi mahsulotlarni namoyish qilish, balki sohaning eng so‘nggi tendensiya va innovatsiyalarini o‘rganish imkonini ham bermoqda. O‘zbekiston ham mazkur ko'rgazmada milliy mahsulotlari bilan qatnashib, oziq-ovqat sanoatidagi yutuqlari va xalqaro bozordagi tobora mustahkamlanib borayotgan o‘rnini yaqqol namoyon qilmoqda.

🏦 Xususan “Turonbank” ATB vakillari “O‘zbek limoni” brendi bilan qatnashib, mamlakatimizda limonchilik sohasida erishilgan yutuqlarimizni xorijiy mehmonlarga taqdim etmoqda. Bu nafaqat bir mahsulot, balki yurtimizning agrar sohada qo‘yayotgan katta qadamlarining ifodasidir.

🍋 Limonlarimizning yorqin rangi, chiroyli shakli, tetiklantiruvchi ifori va betakror ta’mi chet ellik mehmonlarni hayratda qoldirmoqda. Har bir dona meva o‘zida yurtimizning serquyosh tabiati, iliq iqlimi va mehnatkash dehqonlarimizning mehrini mujassam etib, O‘zbekiston nomini munosib ravishda dunyoga tanitmoqda.


🫥 Ko‘rgazma doirasida xorijiy investorlar hamda soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, yangi eksport yo‘nalishlari va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Bu esa kelgusida nafaqat limonchilik, balki boshqa mahsulotlarimiz uchun ham xalqaro maydonda keng imkoniyatlar ochib beradi.

Turonbank — tashabbuskor mijozlarning global bozorlarga yo‘lini ochishda doimiy tarzda hamkorlikni davom ettiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏3
2025/10/20 07:33:07
Back to Top
HTML Embed Code: