O‘zbekiston mahsulotlari "Riga Food 2025" ko'rgazmasida namoyish etilmoqda!
🌍 Yevropaning eng yirik oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi "Riga Food 2025" 4–6 sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 32 ta davlatdan 400 dan ortiq kompaniya ishtirok etayotgan ushbu nufuzli maydon nafaqat yangi mahsulotlarni namoyish qilish, balki sohaning eng so‘nggi tendensiya va innovatsiyalarini o‘rganish imkonini ham bermoqda. O‘zbekiston ham mazkur ko'rgazmada milliy mahsulotlari bilan qatnashib, oziq-ovqat sanoatidagi yutuqlari va xalqaro bozordagi tobora mustahkamlanib borayotgan o‘rnini yaqqol namoyon qilmoqda.
🫥 Ko‘rgazma doirasida xorijiy investorlar hamda soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, yangi eksport yo‘nalishlari va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Bu esa kelgusida nafaqat limonchilik, balki boshqa mahsulotlarimiz uchun ham xalqaro maydonda keng imkoniyatlar ochib beradi.
Turonbank — tashabbuskor mijozlarning global bozorlarga yo‘lini ochishda doimiy tarzda hamkorlikni davom ettiradi.
🌍 Yevropaning eng yirik oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi "Riga Food 2025" 4–6 sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 32 ta davlatdan 400 dan ortiq kompaniya ishtirok etayotgan ushbu nufuzli maydon nafaqat yangi mahsulotlarni namoyish qilish, balki sohaning eng so‘nggi tendensiya va innovatsiyalarini o‘rganish imkonini ham bermoqda. O‘zbekiston ham mazkur ko'rgazmada milliy mahsulotlari bilan qatnashib, oziq-ovqat sanoatidagi yutuqlari va xalqaro bozordagi tobora mustahkamlanib borayotgan o‘rnini yaqqol namoyon qilmoqda.
🏦 Xususan “Turonbank” ATB vakillari “O‘zbek limoni” brendi bilan qatnashib, mamlakatimizda limonchilik sohasida erishilgan yutuqlarimizni xorijiy mehmonlarga taqdim etmoqda. Bu nafaqat bir mahsulot, balki yurtimizning agrar sohada qo‘yayotgan katta qadamlarining ifodasidir.
🍋 Limonlarimizning yorqin rangi, chiroyli shakli, tetiklantiruvchi ifori va betakror ta’mi chet ellik mehmonlarni hayratda qoldirmoqda. Har bir dona meva o‘zida yurtimizning serquyosh tabiati, iliq iqlimi va mehnatkash dehqonlarimizning mehrini mujassam etib, O‘zbekiston nomini munosib ravishda dunyoga tanitmoqda.
Turonbank — tashabbuskor mijozlarning global bozorlarga yo‘lini ochishda doimiy tarzda hamkorlikni davom ettiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👏3
Vazirlik va idoralar o’rtasida o’tkazilayotgan “Mustaqillik” kubogi xodimlar uchun bilim, tafakkur va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan ushbu nufuzli bellashuv bugungi kunda eng qiziqarli intellektual loyihalardan biri sanaladi.
550 nafardan ortiq bilimdonlar safida TuronBank yosh xodimlari ham o‘z intellektual salohiyatini namoyon etmoqda. Har bir savolga javob topish jarayonida ular nafaqat shaxsiy bilimini, balki jamoaviy hamjihatlikni ham sinovdan o‘tkazmoqda. Bu esa bank jamoasining nafaqat professional, balki intellektual jihatdan ham yetukligini ko‘rsatadi.
TuronBank xodimlariga bu kabi imkoniyatlar – bilimni yanada boyitish, strategik fikrlashni rivojlantirish va eng muhimi, mamlakatimiz yoshlari bilan tengma-teng intellektual maydonda bahs olib borish imkonini beradi.
Biz jamoamizdan faxrlanamiz va ularning yuksak natijalariga ishonamiz! 💙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Turonbank
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤12