Turonbank Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida mahallalarda «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek aholi bandligini ta’minlash, mikroloyihalarni yo‘lga qo‘yish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi. 🤝
📍 Xatirchi, Karmana, Navbahor, Qiziltepa tumanlari hamda Navoiy shahrida bank ishtirokida amalga oshirilayotgan bir qator mahalliy loyihalar bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi.
🌾 Xatirchi tumanining “Polvon ota”, “Saroy”, “Kattasoy”, “Angidon” va “Mustaqillik” mahallalarida aholining bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish va mikroloyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
💰 Turonbank tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar, maslahat yordami va amaliy ko‘mak tufayli ko‘plab fuqarolar o‘z hududida kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqda.
🌳 Boshqaruv Raisi Navoiy viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov bilan birgalikda Xatirchi tumanidagi turizm va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi mikroloyihalar, jumladan Sohil bo‘yida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishdi.
Mazkur tashabbuslar mahallalarda turizmni jonlantirish, oilaviy biznesni rivojlantirish hamda aholi daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 🌅
🚗 Xizmat safari Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida ham davom etdi.
🍀 Karmana tumani, “Bog‘ishamol” mahallasida tashkil etilgan “Agro baxt” issiqxonasi faoliyati o‘rganildi. Issiqxona aholiga doimiy bandlik va daromad manbai yaratishga xizmat qilmoqda. 🥒🌿
🐓 Navbahor tumanining “Chorvoqguzar” MFYda amalga oshirilgan parrandachilik, poliyetilen paket ishlab chiqarish hamda temir darvoza tayyorlash loyihalari ham ko‘zdan kechirildi. Bu loyihalar yangi ish o‘rinlari yaratish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🛠️
Qiziltepa tumanidagi “Bo‘lakrabot” MFYda joylashgan “Zarafshon Fayz Baraka” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik loyihasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Loyiha tuman iqtisodiyotining agrar yo‘nalishini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🌾
🏭 Navoiy shahridagi “Zarafshon Golden Group” MCHJ faoliyati ham o‘rganildi. Turonbank tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlov natijasida korxona o‘z ishlab chiqarish quvvatini kengaytirib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratmoqda. 💼
🎓 Shuningdek, xizmat safari davomida Navoiy davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, sun’iy intellekt sohasiga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur tashabbus yoshlarni raqamli moliya, IT va innovatsion texnologiyalar sohalariga yo‘naltirish hamda ta’lim va bank tizimi hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan. 💻
🌍 Turonbank rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xizmat safarlari davomida joylarda mikroloyihalar orqali iqtisodiy faollikni oshirish, aholining bandligini ta’minlash va moliyaviy xizmatlarni yanada yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍋 “O‘zbek limoni” — milliy limonchilik platformasi
📍 Turonbank tashabbusi va boshchiligida tashkil etilgan “O‘zbek limoni” Telegram guruhi hozirda 16 mingdan ziyod mutaxassislar, fermerlar, eksportchilar va yangi boshlayotgan tadbirkorlarni birlashtirgan yirik guruhga aylandi.
“O‘zbek limoni” — bu nafaqat guruhi, balki limonchilikda milliy brend yaratuvchi kuchli platformadir.
👉 @Uzbek_limoni
🔹 Ushbu guruhda siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
— Limon yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan texnologiyalar va maslahatlar
— Kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali tajribalar
— Mahsulotni realizatsiya va eksport qilish bo‘yicha bozor imkoniyatlari
— Soha yetakchilari va ekspertlar bilan jonli muloqot va tajriba almashish
“O‘zbek limoni” — bu nafaqat guruhi, balki limonchilikda milliy brend yaratuvchi kuchli platformadir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 METRODA TELEFONMI… YOKI KITOB?
🚇 Ko'pchiligimiz har kuni turli manzillarga metroda boramiz. O‘sha daqiqalarda faqat scroll qilish uchunmi yoki o‘qish uchun ham imkoniyat bormi?
Bu savolga javobni aynan sizdan olishni istaymiz.
📍 Hozirda metro bekatlariga kitob almashish javonlarini joylashtirish tashabbusi ilgari surilmoqda (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “TuronBank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni hamkorligida).
Albatta loyihaning muvaffaqiyati — yo‘lovchilarning real fikriga tayanadi.
📊 Shu bois siz uchun qisqa so‘rovnoma tayyorladik. Uni to‘ldirish uchun 2 daqiqa vaqt ketadi.
Natijasi esa kitobxonlar uchun yangi imkoniyat bo‘lishi mumkin.
👇 Endi navbat sizga:
https://forms.gle/z6DD1Upde1tDQfEQA
✅ To‘ldirib bo‘lgach, izohga “Tayyor” deb yozing — sizni qadrlaymiz!
📨 Telegram 👨 Facebook
🖼 Instagram 👍 YouTube
🚇 Ko'pchiligimiz har kuni turli manzillarga metroda boramiz. O‘sha daqiqalarda faqat scroll qilish uchunmi yoki o‘qish uchun ham imkoniyat bormi?
Bu savolga javobni aynan sizdan olishni istaymiz.
📍 Hozirda metro bekatlariga kitob almashish javonlarini joylashtirish tashabbusi ilgari surilmoqda (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “TuronBank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni hamkorligida).
Albatta loyihaning muvaffaqiyati — yo‘lovchilarning real fikriga tayanadi.
📊 Shu bois siz uchun qisqa so‘rovnoma tayyorladik. Uni to‘ldirish uchun 2 daqiqa vaqt ketadi.
Natijasi esa kitobxonlar uchun yangi imkoniyat bo‘lishi mumkin.
👇 Endi navbat sizga:
https://forms.gle/z6DD1Upde1tDQfEQA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Tohir Ahmedov Navoiy viloyatining Navbahor tumani, Sarbozor mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tadbirkorlar va mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🤝
Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, imtiyozli kredit dasturlari, mikroloyihalarni moliyalashtirish tartibi va raqamli bank xizmatlari bilan tanishtirildi.
💬 Uchrashuv davomida Boshqaruv Raisi o’rinbosari tadbirkorlarning taklif va muammolarini tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, mahalla aholisi va amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan tanishib, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv Navoiy viloyatida moliyaviy xizmatlarni yanada kengaytirish, mahalla darajasida iqtisodiy faollikni oshirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda. 🌱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
