Telegram Web Link
#antikorrupsiya

Agar siz bizning @yaxshiroq_chat guruhimizga 100 ta odam qo'shsangiz, albatta admin bo'lasiz. Bizda hammasi haqqoniy. Guruhda xolamning o'g'li, ammamning o'g'li, amakimning o'g'illari adminligi — tasodif.

@tuzukroq
#dialog

–Nima haqida o'ylayapsan?
–Cheksiz narsalar haqida.
–Haaaa. Ularni sotib olganingda rostan ham chek chiqmaydimi?
–....

@tuzukroq
#dialog

–Jahl qilyapdi.
–Kim?
–Ob-havo.

@tuzukroq
#dialog

–Nima uchun yomg'irdan oldin momoqaldiroq gumbirlaydi?
–Sen ham yig'lashingdan oldin rosa baqir-chaqir qilasanku.

@tuzukroq
#shunchaki

Dangasa bitiruvchi orzusi:

– 25-mayda ham shunaqa yomg'ir yog'berib tursa, hammasi yaxshi bo'pketadi.

#tushungan_tushundi

@tuzukroq
#dialog

–Sen rasmga oldingmi?
–Yo'q.
–Kim "spichka"sini yoqdi unda?
–Osmon.

@tuzukroq
#hozirgi

Ichi to'lib ketgan ekan shekilli.

Yomg'irmisan yomg'ir bo'lyapdi.

@tuzukroq
#hozirgi

Rosa ilhom keladigan havo bo'lyapdida. Tezroq derazani yopmasam hozir she'r yozib yuboraman.

@tuzukroq
#hayotiy

Bir kuchli kitobni o'qishni boshlab, ichiga kirib ketishni xohlaydi bu ko'ngil...

@tuzukroq
#hayotiy

So'ngi qo'ng'iroqda hamma narsa bo'ldi: musiqa, she'rlar, raqslar, tabriklar, o'yin kulgu... Faqatgina bir narsa yetmadi – ko'zyosh.

@tuzukroq
#hayotiy

Masjidda oyoq kiyimingni kiyib ketib qolishlarining bitta yaxshi tarafi bor: qolgan oyoq kiyim sening razmeringda bo'ladi.

@tuzukroq
#hayotiy

Bitiruvchilar ikki turga bo'linadi:

1: – Tez-tez ko'rishib turaylik, oqibatimiz yo'qolmasin. Men sizlarni yaxshi ko'raman do'stlarim.

2: –Qutulganimga shukr.

P/s: Siz qaysi turga mansubsiz?

@tuzukroq
#hayotiy

Ko'chada "Akfa"ni reklama qiladigan shovqin bo'lyapdi.

@tuzukroq
#hayotiy

Xabarlarda: "Bu yil eng issiq yoz bo'lishi kutilmoqda".

Bizning mahallamizda esa daraxtlarni kesib, "obodonlashtirish ishlari" olib borilmoqda...

@tuzukroq
#hayotiy

O'zim haqimda qisqa, qo'rqinchli ma'lumot:

Men Humans ishlataman...

P/s: Karochchi mani sabrimmi sinamoqchi bo'lib yurmela.

@tuzukroq
#hayrli

Yopishgan-yopishmagan joyda "Baribir osmonimiz musaffo" deb o'zicha sarkazm qilmoqchi bo'ladiganlardan boshqa hammaga hayrli 12.

@tuzukroq
#hozirgi

Ayni damda telefonim zaryadi 1% va chiroq o'chdi...

Bu postning ma'nosini so'rayot
#hayotiy

O'tgan asrda Britaniya mustamlakasi bo'lgan davlatlar aholisi hozir: "30 tadan ko'p respublika bir bo'lib "lyubboyini" buzardik. Gugurt 1 sent edi. Bitta oylik be'malol 1 oyga yetardi", deb qo'msasharmikin?

@tuzukroq
#hayotiy

Bizlar "o'yin" deb ataydigan futbolga futbolchilar har kuni ertalab: "Ishga ketyapman", deb ketishadi.

@tuzukroq
2025/07/06 05:46:15
Back to Top
HTML Embed Code: