🔹 E’LON
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish, shuningdek, hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida har yakshanba kuni Toshkent viloyati IIBB rahbariyati tomonidan shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur qabullarda ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar, shuningdek xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlariga doir murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, general-mayor Tohir Aripovning navbatdagi shaxsiy qabuli 2025-yil 29-iyun, yakshanba kuni soat 10:00da Toshkent viloyati IIBB binosida (Nurafshon shahri, Yangiobod ko‘chasi) bo‘lib o‘tadi.
| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |

#E’tirof
Bir guruh jurnalist va blogerlar taqdirlandi
Viloyatda 27 - iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha faxriylari, ommaviy axborot vositalari, matbuot kotiblari, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, xalqimizga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari uchun sohaning bir guruh fidoyilari viloyat hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, jurnalist, blogerlar korxona hamda tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilgani uchun ham munosib rag‘batlantirildi.
Bayram oldidan ijodkorlar Parkent tumanida bo‘lib, yangi ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy infratuzilma loyihalarini, turizm obyektlari va intensiv bog‘dorchilik faoliyati bilan tanishdilar.