Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi megaloyiha - Toshkent viloyatidagi yangi xalqaro aeroport qurilishini boshlab berdi

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👏4
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

🔹ariza vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

🔹hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan yoki belgilangan tartibda taqdim etilmagan bo‘lsa;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa;

🔹noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa (bundan texnik xatolar mustasno);

🔹vositachilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq bo‘lmasa;

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni bir-biriga zid bo‘lsa;

🔹arizada ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun bilan taqiqlangan bo‘lsa.

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
2
Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko‘ra hududlar uch toifaga bo‘linadi

Prezident qaroriga ko‘ra, yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko‘ra hududlarni quyidagicha toifalarga bo‘lish belgilandi:

🔴“qizil” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;

🟡“sariq” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli o‘rta hududlar;

🟢“yashil” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.

⚠️Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

📩 Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

📑 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

🔑 Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

💰To‘lov miqdori - 618 000 so‘m (BHMning 1,5 baravari)

❗️Xizmat uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍1
⚡️Yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishga haqli

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.

Asos: Yer kodeksi 17-modda
#huquq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Ko‘chmas mulkni bo‘lish mulkdor arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi

🤝Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

✍️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.

📗Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

🏢Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

📄Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Каналга уланиш: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔹Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔹Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
▪️ yer uchastkasi ko‘rsatiladi
▪️ chegaralar belgilanadi
▪️ amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
2
Kadastr xizmatlarida korrupsiyaga YO‘Q!

#korrupsiyaga_qarshi #infografika
Kanalga ulanish:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👏1
Xatlovni tezlashtirish o‘z qo‘limizda!

- Xatlov nega sekin ketmoqda?
- Xatlov jadvalidagi uzilishlarga nima sabab?


So‘nggi kunlarda aholi tomonidan xatlovning rejadan ortda qolayotgani, belgilangan muddatlarda mutaxassislarning xonadonga kelmayotgani yuzasidan murojaatlar ortmoqda.

Mazkur xatlov ishlarida belgilangan rejaga nisbatan biroz ortda qolishiga kadastr xodimlari xatlovga borganda xonadon egalarining uyda bo‘lmasligi, ayrim holatlarda esa xatlov ishlarini bajarish uchun kadastr xodimlarini uyga kiritmasligi va shu kabi holatlar sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida kadastr xodimlari bir uyga bir necha marotaba takror borishiga, ko‘p vaqt yo‘qotishiga va oqibatda esa reja-jadvalda kechikishlarni yuzaga keltirmoqda.

Talabga ko‘ra, bir mahallada xatlov ishlarini to‘liq yakunlamasdan boshqa mahallada xatlov ishlarini boshlash mumkin emas!

Shu munosabat bilan aholidan xatlov ishlarida faollik ko‘rsatishlarini, kadastr xodimlari bilan hamkorlik qilishlarini va xatlov ishlarini tez, sifatli va samarali tashkil etishda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolamiz.

Havotirga o‘rin yo‘q ! Hech bir mahalla va hech bir xonadon xatlovdan chetda qolib ketmaydi.

Xatlov reja-jadvali bilan kadastr.uz, uning natijalari bilan esa etirof.kadastr.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.

❗️Mazkur jarayonlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi bevosita sizga ham bog‘liqligini unutmang !

✈️Xabarni xatlovni kutayotgan tanishlaringizga yuborib qo‘ying, ko‘ngillari xotirjam bo‘lsin !

#OʼRQ_937 #xatlov #murojaat
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi boshlanadi. Davlatimiz rahbari tadbirda nutq so‘zlab, soha vakillari bilan muloqot qiladi.

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Xatlovlan o‘tkazilgan obyektlar soni 85 mingdan ortdi

Bugungi kun holatiga Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan jami 84 152 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi, shundan 31 165 tasi “Eʼtirof” tizimiga kiritildi.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍3
Sug‘orilmaydigan yerlarda xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar qurish mumkin

Qonunchilikka asosan, yer ijarachilari (fermer va dehqon xo‘jaligi, agroklaster va h.) o‘z yer uchastkalarining sug‘orilmaydigan toifasiga kiritilgan qismida yengil konstruksiyali qo‘shimcha obyektlarni joylashtirishi yoki qurishi mumkin.

📌 Bunda, yengil konstruksiyali qo‘shimcha obyektlar egallaydigan maydon 20 sotixdan (chorvachilik yo‘nalishida 1 gektardan), biroq ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmasligi kerak.

💻Yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni joylashtirish yoki qurish uchun ijarachi davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish zarur.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📢Muhim chaqiriq

Uy-joyi yoki yer uchastkasiga nisbatan egalik huquqi eʼtirof etilgan fuqarolarga

✔️Qonun bilan belgilangan bir oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni kechiktirmaslik;
✔️ Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali hujjatlarni rasmiylashtirish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatda mingdan ortiq fuqaroning uy-joyiga nasbatan egalik huquqi etirof etilgan

Bugungi kun holatiga, yakka tartibdagi uy-joylariga nisbatan egalik huquqi etirof etilganlar 1 024 tani tashkil etmoqda. Shundan 43 ta obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan qayerga murojaat etish lozim ?
Anonymous Quiz
4%
Arxitektura va qurilish bo‘limlariga
32%
Kadastr idoralariga
64%
Davlat xizmatlari markaziga
👍3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Kadastr raqami qanday maʼnoni anglatadi?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda,

🔹 АА - viloyat raqami;
🔹 ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
🔹 СС - kadastr zonasi raqami;
🔹 DD - kadastr massivi raqami;
🔹 ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
🔹 FFFF - yer uchastkasi raqami;
🔹 GGGG - bino, inshoot raqami;
🔹 ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.


‼️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#bilasizmi
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/21 14:28:54
Back to Top
HTML Embed Code: