Telegram Web Link
⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlar mavjudligi

🔹ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi

🔹hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi

🔹birlamchi kadastr yig‘majildi mavjud emasligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi

🔹yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi

🔹huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

❗️Yuqoridagilardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#kadastr_xizmati
Facebook Instagram Telegram
2
Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq necha ish kuni ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim ?
Anonymous Quiz
38%
1 ish kuni
8%
2 ish kuni
34%
3 ish kuni
20%
5 ish kuni
1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

Ona tilimiz — millatimizning g‘ururi, qalbimizning sadosi.
Til — xalqning ruhi, uning tarixi va madaniyatining asosi.

Keling, bugun ona tilimizni yanada ardoqlaylik, sofligini saqlaylik va kelajak avlodlarga faxr bilan yetkazaylik.

Ona tilim — iftixorim, g‘ururim va Vatanimning yuragi!

#OnaTilim
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1
⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💰Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.
#bilasizmi #subsidiya
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 19 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2 yarim ming gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida viloyati bo‘yicha jami 853 ta holatda 2 541 gektar yer maydoni maqsadsiz foydalanilayotgani aniqlandi.

Eng ko‘p holat quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Piskent tumanida - 461,7 gektar
Ohangaron tumanida - 428,8 gektar
Bo‘ka tumanida - 316,6 gektar

Boshqarma tomonidan barcha holatda hokimliklarga taqdimnomalar kiritilib, 2 505 gektar yer maydonining davlat zaxirasiga qaytarilishi taʼminlandi.

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Kadastr ishonch raqamlari

Kadastr agentligi - 1097
Toshkent viloyati boshqarmasi - (71) 5020207

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Viloyatda 86 854 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi

Bugungi kun holatiga Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan jami 86 854 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi, shundan 31 573 tasi “Eʼtirof” tizimiga kiritildi.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍1
Qishloq xo‘jaligida faqat ijara huquqi tan olinadi

Endilikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar faqat ijara huquqi asosida ajratiladi.

❗️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan barcha turdagi yerlarga nisbatan ijara huquqidan boshqa har qanday shakldagi huquq tan olinmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

📌Yer egalari va foydalanuvchilar 2027-yil 1-yanvargacha mavjud egalik qilish va foydalanish huquqlarini ijara huquqiga o‘tkazishlari mumkin.

Huquqiy asos: PF-172-son, 12.09.2025 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #PF172
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiq shahrida yer nazorati tadbirlari

Kadastr agentligi Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan shaharning “Adolat” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer egallash holatlari, noqonuniy tarzda qurilgan avtoturargohlar hamda ularga o‘xshash boshqa turdagi bir qator vaqtinchalik qurilmalar aniqlandi.

Shahar yo‘l chetlarini obodonlashtirish, piyodalar harakati xavfsizligini ta‘minlash va shahar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan amaliy ishlar doirasida shahar muttasaddi tashkilotlar hamkorligida mazkur noqonuniy holatlarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi fuqarolardan amaldagi yer qonunchiligiga rioya qilishni, noqonuniy qurilish va o‘zlashtirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslikni so‘raydi.

#yernazorati #Chirchiq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍1
Yangi aeroport hududi to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

Yangi aeroport uchun mo‘ljallangan hudud to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, turar va noturar joy binolari hamda qishloq xo‘jaligi ekinzorlari egalariga yetkaziladigan zararni qoplash uchun kompensatsiya miqdori aniqlanadi.

Bir necha kun avval Shavkat Mirziyoyev yangi aeroport poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, qurilish ishlarini rasman boshlab bergan edi.

Maʼlumot uchun, Yangi aeroport Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida 1 300 gektar maydonida qurilmoqda.

#aerport #ijro
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1👍1
Yer toifasini o‘zgartirish qanday holatlarda amalga oshiriladi?

Javob:
Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.

Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno.

Asos:
Yer kodeksi, 9-modda

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 412 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 4 738 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
2
Uyingizni kadastr hujjati yo‘qmi?

#OʼRQ_937 #xatlov #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parkent tumanida xatlov ishlari: mulkiy huquqlaringizni rasmiylashtiring!

Parkent tumanida “Eʼtirof” dasturi doirasida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan inshootlarni aniqlash bo‘yicha xatlov ishlari faol surʼatda davom etmoqda.

Ayni damda tumanning "Oydin", "Kungay" hamda “Bogʻbon” mahallalarida xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar! Sizning faol ishtirokingiz va mutaxassislar bilan hamkorligingiz yer va mulk huquqlaringizni qonuniy tartibda rasmiylashtirish, kelajakda huquqiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Jarayonda ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi.
Har bir fuqaroning huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.

#OʼRQ_937 #xatlov #Parkent
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Kadastr agentligida korrupsiyaga qarshi kurash choralari

Barcha sohalarda bo‘lgan kabi Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan ham hududda joriy yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan nazorat monitoring tadbirlari davomida bir qator salbiy holatlarga chek qo‘yilyapti.

🖥 Batafsil: UzA saytida

#OAV_biz_haqimizda #korrupsiyaga_qarshi #Uza
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯2
Xatlovlan o‘tkazilgan obyektlar soni 87 mingdan ortdi

Bugungi kun holatiga Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan jami 87 343 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi, shundan 31 682 tasi “Eʼtirof” tizimiga kiritildi.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍1
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun qaysi tashkilotga murojaat qilish kerak?

Javob:
- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yilning 8-noyabr sanasidan kuchga kirdi va joylarda xatlov ishlari boshlangan.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1
2025/10/24 10:05:35
Back to Top
HTML Embed Code: