Telegram Web Link
Davlat reyestridagi yozuv qanday bekor qilinadi?

Javob:

Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

✍️Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

📄Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

#savol_javob
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hujjatsiz uy-joy va yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqining eʼtirof etilish jarayoni bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi

✈️Mazkur videoni mahallasida xatlov bo‘lgan va natijalarini kutayotgan tanishlaringizga yuborib qo‘ying.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

Javob: YO‘Q
Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydonida turar-joy yoki boshqa kapital imoratlar qurishga ruxsat berilmaydi.

Bu yerlar faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan boshqacha maqsadda foydalanish qonun bilan taqiqlanadi.

📑Qurilish uchun tegishli hujjatlar asosida vaqtinchalik xo‘jalik binolari, issiqxona, sug‘orish va chorvachilikka oid inshootlar qurish bundan mustasno.

#savol_javob
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr xizmatlari jarayonida Sizdan qonuniy to‘lovdan tashqari pul yoki boshqa turdagi manfaat talab qilindimi?
Anonymous Poll
22%
Ha
61%
Yo‘q
17%
Javob berishni istamayman
⚡️Bizning manzillar: Zangiota tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Qodirov Komil Qobilovich
Filial rahbari - Isroilov Shamsiddin Mirkamalovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93
#bizningmanzillar #Zangiotatumani
Kanalga ulanish:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
❗️ESLATMA !
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

- fuqarolarga BHMning 10 baravari,

- mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


🔖Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach, 1 oy muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIZDA BO‘SH ISH O‘RINLARI !

📣Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

Bo‘stonliq tumanida - kadastr muhandisi
Yangiyo‘l tumanida - kadastr muhandisi
Quyi Chirchiq tumanida - kadastr muhandisi
Toshkent tumanida - kadastr muhandisi
Zangiota tumanida - kadastr muhandisi


‼️Shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan!

❗️Tanlov yuzasidan eʼtirozlar boʻlgan taqdirda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining yagona aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 207 00 03

#vakansiya
Kanalga ulanish:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

❗️O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonunida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustastno!


#bilasizmi #yernazorati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#muhim
❗️Hurmatli fuqarolar va mulkdorlar !

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonun talablariga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:

🤔Tasdiqlangan reja-grafik asosida har bir mahallada kadastr organi tomonidan xatlov o‘tkazilib, o‘zboshimcha egallangan yer maydonlari “Eʼtirof” tizimiga kiritish amalga oshiriladi;

🤔O‘zboshimcha egallangan yer maydonidagi turar-joy va noturar joy obyektlar elektron xarita hamda maʼlumotlar 18 ta vakolatli organlar tomonidan muhokamadan o‘tkaziladi;

🤔Vakolatli organlar ijobiy xulosasidan o‘tgan obyektlar jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi;

🤔Jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan obyektlar Xalq deputatlari viloyat Kengashiga kiritiladi;

🤔Yer uchastkasi hamda unda qurilgan qurilmalar mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha qaror qabul qilinib, ko‘chmas mukka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha savol va takliflar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi:
+99871-502-02-07
Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi:
+99871-501-02-50

Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati


#murojaat #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz amaliy tashrif bilan Qatar Davlatiga tashrif buyurdi

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍2
Servitut qanday hollarda bekor qilinadi?

Javob:
🔹servitut ishtirokchilarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra;

🔹yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning asoslangan talabiga ko‘ra;

🔹servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;

🔹servitutning amal qilish muddati tugaganda;

🔹servitut belgilash uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa;

🔹qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.

❗️Servitutni bekor qilish to‘g‘risida servitut ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Asos: Yer kodeksi
#savol_javob
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🎤OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-son Qonuni kuchga kirganiga bir yil to'lishi munosabati bilan hamda qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida PRESS-TUR o’tkazilishi rejalashtirildi.

📍O'tkazilish kuni — 6-noyabr sanasi

Press-tur davomida mazkur qonunning amaliy ijrosi, jarayonlarning borishi, hududlardagi ishlar va innovatsion yondashuvlar, xatlov jarayonlarini joyiga chiqqan holda tanishish hamda hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

OAV vakillari va jurnalistlarni press-turga taklif etamiz.

Press turda ishtirok etadiganlar quyidagi raqam orqali bog'lanib ro'yxatdan o'tishlari mumkin:

☎️71-202-55-60 (ichki raqam-2) yoki 90-085-18-10

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
23 yillik muammo yechim topdi: kadastr hujjati topshirildi

Yigirma uch yilki, og‘ir hastalik ranjini chekib kelayotgan qibraylik Gulnora Aripova ikki hafta avval viloyat hokimining onlayn qabulida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam so‘ragan edi. Mas‘ullarga masalani o‘rganish topshirildi, jarayonga kirishildi, natija esa ijobiy!

Viloyati masʼullari nogironligi bo‘lgan ayol xonadoniga borib, uning yashash sharoitlari, sog‘lig‘i bilan qiziqishdi. Ayolga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat moddiy yordam ko‘rsatildi, dori-darmonlari uchun mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.

Asosiy masala — uyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning qonuniy yo‘li topildi. Uy-joyga egalik hujjatlari murojaatchiga topshirildi.

#murojaat #ijro
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍206🔥31🎉1
Toshkent viloyatida 91 505 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi

Bugungi kun holatiga Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan jami 91 505 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi, shundan 32 836 tasi “Eʼtirof” tizimiga kiritildi.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍1
Fuqarolar qanday ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin?

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1
Piskent tumanida xatlov ishlari

Ayni kunlarda tumanning quyidagi mahallalarida xatlov ishlari faol surʼatda davom etmoqda

🔹"Do‘stlik" MFY
🔹"G'ayrat" MFY
🔹"Fayzobod" MFY

❗️Xatlov sifati va samaradorligini oshirish maqsadida mazkur mahalla xonadon egalarini xatlov vaqtida uyda bo‘lib turishlarini so‘rab qolamiz!

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍42
2025/11/05 03:25:48
Back to Top
HTML Embed Code: