Telegram Web Link
❗️Yer olishning qonuniy yo‘lini tanlang!

Bugungi kunda yer olishning yagona rasmiy va qonuniy yo‘li — e-auksion.uz orqali!

Bu tizim qanday ishlaydi?
🔹e-auksion.uz saytida ro‘yxatdan o‘tasiz
🔹 Bo‘sh yer maydonini tanlaysiz
🔹 Auksionda qatnashasiz
🔹 G‘olib bo‘lsangiz — shartnoma tuziladi
🔹 Talablarga amal qilib, huquqingizni rasmiylashtirasiz

Kimlar yer olishi mumkin?
Har bir fuqarolik yoshiga yetgan shaxs
Tadbirkorlar

ENDI QILIB BO‘LMAYDIGAN HOLATLAR

🚫Hokimdan oddiy ariza bilan yer so‘rash
🚫Tanish-bilish orqali yer "olish"
🚫Yer egallab olib, keyin rasmiylashtirish

Bular endi qonunga zid va hech qanday huquq bermaydi.

🔖 Yodda tuting! Yer faqat ochiq, shaffof va qonuniy tartibda — elektron auksion orqali beriladi. Boshqa yo‘llar bekor qilingan!

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Bo‘sh yer uchastkalari 10 kunlik muddatlarda auksion savdolariga chiqariladi

Barcha turdagi bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘n kun muddatda davlat yer kadastrida bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinishi taʼminlanadi.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bekor qilingan har bir holatda ushbu yer o‘n kun muddatda bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinishi taʼminlanadi.

🖥Bo‘sh turgan yer uchastkalari hisobga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

Bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga, yer berish tartibini buzgan holda ajratilishiga, boshqa shaxslar tomonidan yerdan xo‘jasizlarcha foydalanilishiga yoki uning yaroqsiz holga tushirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bo‘sh turgan yer uchastkalarini hisobga olish to‘g‘risidagi hokim qarorlari rasmiy eʼlon qilinadi.

Huquqiy asos: PF-172-son, 12.09.2025 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #PF172
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurash – doimiy eʼtiborda

Bugun Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘lim va filiallar xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurash va soha faoliyatida shaffoflikni taʼminlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiya xavfini oldini olish choralari, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, davlat xizmatlarini to‘liq elektronlashtirish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda adolat va xolislik tamoyillariga qatʼiy rioya etish zarurligi taʼkidlandi.

❗️Shuningdek, barcha xodimlarga xizmat vazifasini bajarishda halollik, masʼuliyat va fuqarolar ishonchini oqlash borasida qator vazifalar yuklatildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍32
📢Muhim chaqiriq

Uy-joyi yoki yer uchastkasiga nisbatan egalik huquqi eʼtirof etilgan fuqarolarga

✔️Qonun bilan belgilangan bir oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni kechiktirmaslik;
✔️ Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali hujjatlarni rasmiylashtirish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr pasporti rasmiylashtirishda imtiyozlar bormi?

Javob:

Imtiyozlar I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi.

Asos: VM-535, 02.02.2020-yil
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga va ulardagi bino va inshootlarga nisbatan huquqni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-son hujjat qanday huquqiy maqomga ega?
Anonymous Quiz
11%
Farmon
45%
Qaror
42%
Qonun
1%
Bayon
⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 918 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 012 000 so‘m;

🔹Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 012 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 so‘m;

🔹 Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 820 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 1 012 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 1 012 000 so‘m.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
Anonymous Quiz
9%
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
10%
Davlat zaxiralarini boshqarish agentligi
81%
Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Kadastr pasporti shakllantirish uchun berilgan arizaning rad etilish sabablari

Ariza rad etilmasligi uchun quyidagilar maqsadga muvofiqdir:

hujjatlarni oldindan tekshirib chiqish;
qonun talablariga rioya qilish;
zarurat bo‘lsa, kadastr mutaxassislaridan maslahat olish.

#rad #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Piskent tumanida xatlov ishlari: mulkiy huquqlaringizni rasmiylashtiring!

Piskent tumanida “Eʼtirof” dasturi doirasida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan inshootlarni aniqlash bo‘yicha xatlov ishlari faol surʼatda davom etmoqda.

Ayni damda tumanning “Do‘stlik” mahallasida xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar! Sizning faol ishtirokingiz va mutaxassislar bilan hamkorligingiz yer va mulk huquqlaringizni qonuniy tartibda rasmiylashtirish, kelajakda huquqiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Jarayonda ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi.
Har bir fuqaroning huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.

#xatlov #OʼRQ_937 #Piskent
Kanalga ulanish:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Apellyatsiya shikoyati endi onlayn qabul qilinadi

🚫Hududiy komissiyaga hamda hududiy komissiya qaroridan norozi bo‘lgan shaxslarning ko‘chmas mulkka oid nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan apellyatsiya komissiyasiga an‘anaviy (qog‘oz shakldagi) murojaatlarini qabul qilish to‘xtatildi.

🖥Endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga kadastr idoralariga borib yozma ariza topshirish shart emas. Shunchaki, apellatsiya.kadastr.uz saytiga kirib onlayn murojaat qoldirishlari mumkin.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga joʻnab ketdi

Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.

Каналга уланиш: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: Bo‘stonliq tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Mamadaliyev Abdulaziz Abduvakil o‘g‘li
Filial rahbari - Meyliyev Sherzod Oralovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Bòstonliq tumani, Istiqlol MFY, Beruniy kòchasi, raqamsiz uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-742-10-41
#Boʼstonliq #bizningmanzillar
Каналга уланиш:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 15:41:11
Back to Top
HTML Embed Code: