Telegram Web Link
Piskent tumanida xatlov ishlari: mulkiy huquqlaringizni rasmiylashtiring!

Piskent tumanida “Eʼtirof” dasturi doirasida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan inshootlarni aniqlash bo‘yicha xatlov ishlari faol surʼatda davom etmoqda.

Ayni damda tumanning “Do‘stlik” mahallasida xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar! Sizning faol ishtirokingiz va mutaxassislar bilan hamkorligingiz yer va mulk huquqlaringizni qonuniy tartibda rasmiylashtirish, kelajakda huquqiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Jarayonda ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi.
Har bir fuqaroning huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.

#xatlov #OʼRQ_937 #Piskent
Kanalga ulanish:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Apellyatsiya shikoyati endi onlayn qabul qilinadi

🚫Hududiy komissiyaga hamda hududiy komissiya qaroridan norozi bo‘lgan shaxslarning ko‘chmas mulkka oid nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan apellyatsiya komissiyasiga an‘anaviy (qog‘oz shakldagi) murojaatlarini qabul qilish to‘xtatildi.

🖥Endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga kadastr idoralariga borib yozma ariza topshirish shart emas. Shunchaki, apellatsiya.kadastr.uz saytiga kirib onlayn murojaat qoldirishlari mumkin.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga joʻnab ketdi

Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.

Каналга уланиш: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: Bo‘stonliq tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Mamadaliyev Abdulaziz Abduvakil o‘g‘li
Filial rahbari - Meyliyev Sherzod Oralovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Bòstonliq tumani, Istiqlol MFY, Beruniy kòchasi, raqamsiz uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-742-10-41
#Boʼstonliq #bizningmanzillar
Каналга уланиш:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Milliy koordinatalar tizimining “0” nuqtasi yaratildi


🌟Kadastr agentligining ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Rasadxona MFY, Cho‘pon ota tepaligi hududida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich “0” nuqtasi barpo etildi va geodeziya o‘lchovlari amalga oshirildi.

🔭 “0” nuqta 187A tipdagi asosiy punkt va 2 ta 161-op. tipidagi fundamental reperlar (ishchi markaz)dan iborat.

📍 Milliy koordinatalar tizimining “0” nuqtasi – bu butun mamlakat hududidagi xaritalar, geodeziya va kadastr ishlari uchun asosiy boshlang‘ich tayanch nuqta hisoblanadi. Ya’ni:

*️⃣U asosiy koordinatalar markazi sifatida belgilanadi;
*️⃣Barcha boshqa nuqtalar, joylashuvlar va o‘lchovlar shu nuqtaga nisbatan hisoblanadi;
*️⃣Xaritalar tuzish, yer maydonlarini aniq o‘lchash, infratuzilma obyektlarini joylashtirishda yagona aniqlik va uyg‘unlikni ta’minlaydi;
*️⃣Davlat miqyosida yagona koordinatalar tizimini barqaror ishlatishga imkon beradi.


💬 Oddiy qilib aytganda, “0 nuqta” – bu barcha o‘lchovlarning boshlang‘ich manzili, geodeziya va kadastr sohasida asosiy “markaziy kalit nuqta” vazifasini bajaradi.

📍Ushbu punkt O‘zbekiston Respublikasi hududida koordinatalar tizimlari uchun bosh nuqta vazifasini bajarishi hamda xalqaro koordinatalar tizimi bilan muvofiqlashgan bo‘lishi rejalashtirilgan.

#Kadastr_agentligi #aerogedeziya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩21👍1
Kadastr xizmatiga yuborgan arizangizning rad etilgan holatlariga duch kelganmisiz?
Anonymous Poll
66%
Ha, bir necha marta
6%
Faqat bir marta
28%
Yo‘q, duch kelmaganman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi yerlarini qismlarga bo‘lib qayta ijaraga berish mumkin

#OAV_biz_haqimizda #qonunchilikdagi_yangiliklar #PF172
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
5👍2
Ko‘p yillik daraxtzorlar yer maydoni 454 852 gektarga yetdi!

Bugungi kunda respublika bo‘ylab jami 454 852 gektar yer quyidagi ko‘p yillik ekinlar bilan band:
✔️ Bog‘lar – mevali daraxtlar yetishtiriladigan hududlar
✔️ Uzumzorlar – eksportbop va mahalliy ehtiyojlar uchun muhim bo‘lgan tokzorlar
✔️ Tutzorlar – ipakchilik sanoatining asosiy manbai
✔️Boshqa ko‘p yillik mevali ko‘chatzorlar – yong‘oq, bodom, behi, anor va boshqa daraxtlar

#statistika #infografika
Каналга уланиш:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Yangiyo‘l tumanida noqonuniy qurilish aniqlandi

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri doirasida 0,80 gektar 62 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilinganlik holati aniqlandi.

Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining tegishli qaroriga asosan “GREAT KAPITAL TRADE” MChJga tumanning “Tinchlik” massivi qishloq xo‘jaligi xaritasining 134q-konturida joylashgan jami 5,99 gektar, shundan 5,5 gektar yer maydonida muqobil isitish tizimida ishlaydigan yengil tipdagi “Issiqxona” binosi va 0,49 gektar yer maydonida “Mevalarni quritish va saqlash omborxonasi” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

Biroq, amaldagi tartibga muvofiq, mazkur qaror tasdig‘i Xalq deputatlari tuman Kengashi va Toshkent viloyati hokimidan so‘ralgan bo‘lib, amalda viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanmagan. Jamiyat tomonidan esa 0,80 gektar yer maydonida noqonuniy qurilish ishlari olib borilgan.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi, 44-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1
Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Arizaga ijara shartnomasi ilova qilinadi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 1 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1,25 baravar miqdorida (515 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 1,125 baravari (463 500 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday yerlar alohida qimmatga ega yerlar hisoblanadi ?

Javob:
Tuproq unumdorligiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.

❗️Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug‘orilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: Yer kodeksi, 45-modda
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sug‘oriladigan yerlar toifasini o‘zgartirish faqatgina Prezident farmoni bilan amalga oshiriladi

Sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlarga o‘tkazish tegishli vazirliklar xulosalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan amalga oshiriladi.

❗️Sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Asos: Yer kodeksi, 44 prim 1-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/25 15:40:41
Back to Top
HTML Embed Code: