Telegram Web Link
Press-tur boshlandi

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar va ulardagi qurilmalar bo‘yicha press-tur boshlandi.

Dasturga muvofiq, OAV vakillari O‘rta Chirchiq tumanining “Fayzobod” mahallasiga yetib kelishdi va kadastr muhandislarining xatlov jarayonlari bilan tanishishmoqda.

#press_tur
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍3🔥1
Xatlovlan o‘tkazilgan obyektlar soni 92 mingdan ortdi

Bugungi kun holatiga Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan jami 92 272 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi, shundan 33 244 tasi “Eʼtirof” tizimiga kiritildi.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #infografika
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍1
E‘tirof tizimiga yuklash jarayoni — press-tur davom etmoqda

Ayni paytda jurnalist va blogerlar ishtirokida shakllantirilgan o‘lchov natijalarini “E‘tirof” tizimiga yuklash jarayoni amalga oshirilmoqda.

Jarayonda mahallada amalga oshirilgan o‘lchov ishlarining natijalarini elektron tarzda tizimga kiritish, ularni tasdiqlash bosqichlari hamda jarayonning shaffofligi bilan tanishtirilmoqda.

#press_tur
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍2
Press-turning navbatdagi bosqichi — ochiqlik va muloqot maydonida

Bugun Toshkent viloyati kadastr boshqarmasida press-turning navbatdagi bosqichi doirasida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda OAV vakillari tomonidan bildirilgan savollarga Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari M. Mirmaqsudov, Davlat kadastrlari palatasi raisi M. Valiyev, shuningdek Adliya vazirligi va “Uzbekkosmos” agentligi mas‘ullari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Muloqot davomida sohadagi mavjud tartiblar, yangilangan jarayonlar, shuningdek, yer va kadastr tizimidagi islohotlarning shaffofligi haqida ma‘lumotlar taqdim etildi.

📍 Ma‘lumot uchun: Press-tur davomida jurnalistlar “E‘tirof” tizimi orqali o‘lchov natijalarining raqamli shaklda yuklanish jarayoni bilan ham yaqindan tanishmoqda.

#press_tur
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1👍1
Qanday bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi ?

Javob:
Qonunchilikka muvofiq, yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning maʼmuriy markazi bo‘lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.

#savol_javob #huquqvaqti
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1👍1
⚡️Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim

Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

Kanalga ulanish:
https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍21
⚡️Mol-mulkdan foydalanishda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik kerak

➡️ Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

#Bilasizmi
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
👍3💯1
⚡️Sug‘oriladigan yerni qonunga xilof ravishda sotish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qonunchilikka koʻra, sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish:

🔹BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima;

🔹muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🔹5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

#bilasizmi
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi vositachilar kimlar ?

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi vositachilar quyidagilardan iborat:

🔸davlat xizmatlari markazlari;
🔸notarial idoralar, notariuslar;
🔸rieltorlik tashkilotlari;
🔸tijorat banklari;
🔸O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

‼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.

📌Vositachilar jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali ko‘rsatadi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/tvkad
Facebook Instagram
1👍1
2025/11/08 01:41:04
Back to Top
HTML Embed Code: