Telegram Web Link
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Bankomatlardan plastik orqali pul yechilib ammo, naqd pul bankomat tomonidan berilmay qolsa nima qilish kerak?

Umuman bankomat bilan bog‘liq har qanday noqulayliklar yuzaga kelganda birinchi navbatda, holatni joyida hal etish masalasini ko‘rish kerak. Yaʼni, bankomatda ko‘rsatilgan telefon raqamga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida va bankomat nomeri to‘g‘risida xabar berish kerak. Shu o‘rinda yana bir maʼlumot, siz bilan gaplashgan bank xodimini ism familiyasi va lavozimini eslab qolish kerak

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankdan ikkilamchi bozordan avto kredit olsa bo'ladi?

Javob: Hozirda  ikkilamchi bozordan avto kredit ajratayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Hamkorbank 23,99 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 30%;

📞 1256;

🏦 Ipak yo‘li banki 24,90 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 0%;

📞 1296;

🏦 O‘zmilliybank25% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 40%;

📞 1344;

🏦 O‘zSQB25 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 50%;

📞1180;

🏦 MKbank26 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 25%;

📞1285;

🏦 Turonbank 27,99 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 25%;

📞1220;

🏦 Tenge Bank– 28,9 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 25%;

📞1245;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👎1
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Men tanishimga kredit olishda kafil bo‘lgandim.  Boshida u kreditlarini vaqtida to‘lab yurdi. Oxirgi uch oydan beri qarzdor kredit grafigi bo‘yicha to‘lovni bajarmagani uchun, bank xodimlari mening plastik kartamdan yechib olishyapti. Men bu holatda qanday yo‘l tutishim kerak?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 293 moddasida kafilning javobgarligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan.

Yaʼni, qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar (yaʼni bir xilda)  javob beradilar.

❗️Agar, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, “Unique Present” MCHJ bilan birgalikda tadbir tashkil etilmoqda.

Mavzusi: “BankTech: Raqamli mahsulotlar va ekotizim” mavzusida munozara sessiyasi

Sanasi: joriy yilning 11 mart kuni

Unda ABR, Bank RBK, Solopharm, Sportlife, Priorbank, Atlant-M va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan ish olib borgan va tajribaga ega Kirill Golubev (Heads&Heads) hamda Kirill Pivovarov (Change Team/Rocket Science) ishtirok etadi.

Munozara sessiyasi bankning texnologik va IT bo‘linmasi rahbarlari va mutaxassislari hamda HR rahbarlari uchun mo‘ljallangan.

Tadbirda:

 “Bank sektorining transformatsiyasi: muammolar va strategik vektorlar”;

“Bank tizimi istiqbollari”;

“Banklar uchun raqamli yechimlarning amaliy takliflari” kabi mavzularda o‘zaro fikr almashiladi

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

 Qaysi bankda yuqori foizli so‘m omonatlari ochish mumkin?

       Javob: Yuqori foizli so‘m omonatlar ochish mumkin bo'lgan tijorat banklari bilan tanishing:

🏦 TBC Bank 26 % gacha;
📞 1150;

🏦 Anorbank26-25%;
📞 1290;

🏦 Davrbank25%;
📞 1284;

🏦 BRB - 25 %;
📞 1254;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankdan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan yoki o‘zini o‘zi band qilganlar uchun avto kredit olsa bo'ladi?

Javob: Hozirda  rasmiy daromadga ega bo‘lmagan yoki o‘zini o‘zi band qilganlar uchun avto kredit ajratayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 BRB 23,99 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 30%;

📞 1254;

🏦 Aloqabank25 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 15%;

📞 (+99871)-230-7777;

🏦 Asakabank25,5 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 20%;

📞 1152;

🏦 O‘zSQB27 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 50%;

📞 1180;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankdan quyosh panellarini sotib olish uchun kredit olish mumkin?

Javob: Hozirda quyosh panellarini sotib olish uchun isteʼmol kreditini ajratayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Agrobank19,5 %  
Miqdori - 100 million so‘mgacha;
📞 1216.

🏦 Asakabank19,5 %  
Miqdori - BXMning 200 baravarigacha;
📞 1152;

🏦 Aloqabank 19,5 %  
Miqdori - BXMning 200 baravarigacha;
📞 (+99871)-230-7777;

🏦 MKbank 19,5 %.  
Miqdori - 187,5 million so‘mgacha;
📞 1285

🏦 O‘zSQB 19,5 %.  
Miqdori - 200 million so‘mgacha;
📞 1180;

 🏦 Trastbank19,5 %.  
Miqdori - BXMning 200 baravarigacha;
📞 1287
 
🏦 Xalq banki 20,5 %.  
Miqdori - 100 million so‘mgacha;
📞 1106

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning iyun oyidan boshlab fuqarolarimiz o‘zlarining roziligisiz  nomiga kredit olishga taqiq qo‘yishlari mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 4 martdagi «Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-1043-son Qonuni.

Onlayn kredit rasmiylashtirish aholi uchun har tomonlama qulay. Chunki 24/7 tizimida bu imkoniyatdan foydalana olasiz.

🗣Endilikda bu qonun fuqarolar nomiga ularning ruxsatisiz yoki xabarisiz kredit olish hamda mablag‘ni firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirish kabi holatlarini oldini oladi.

Siz, kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bu taqiqni olib tashlash uchun arizani:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron shaklda,

davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali yozma yoki elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.    

Bu orqali shaxs o‘zini “Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri” ga kiritishi (yoki chiqarishi) mumkin.

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash va bunday taqiqni olib tashlash ixtiyoriydir. Mazkur xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul asosda ko‘rsatiladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, (O‘RQ-1043-son) qonun 2025 yil iyun oyidan kuchga kiradi.

➡️ Batafsil...

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hududida o‘rnatilgan quyosh panellari to‘g‘risidagi material "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etildi.

     Maʼlumot uchun, 2023 dekabr oyidan 2024 yilning oktyabr oyigacha Assotsiatsiya hududida 2 011 ta quyosh panellari o‘rnatildi.  Shulardan 1 893 tasi Assotsiatsiya hududida bo‘lsa, binoning gumbaz qismida 54 ta hamda tom qismida 64 ta quyosh panellari joylashtirilgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Tug‘ruq ta’tiliga chiqqan ayollar uchun bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddati 10 oygacha uzaytiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so’zladi.

Bu yil 2 million nafar ayollar bandligini ta’minlash, shundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha katta marralar olganmiz. Buning uchun tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi.

Misol uchun,
🏦“Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga ko‘maklashadi.
🏦 “Turonbank” ATB limonchilikda 150 ming nafar ayollar daromad topishi uchun arzon kreditlar taqdim etadi.

Xuddi shuningdek,
🏦 “Mikrokreditbank” ATB parrandachilikda – 160 ming nafar,
🏦 “Sanoat qurilish bank” ATB sabzavot va ko‘chatlar yetishtirishda – 160 ming,
🏦“Xalq bankiuzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda – 150 ming,
🏦 “Agrobank” bog‘dorchilik yo‘nalishida – 144 ming,
🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ko‘kat, bulg‘or qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda – 94 ming,
🏦“Asakabank” farmatsevtika va uzumchilikda – 82 ming,
🏦“Aloqabank” IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58 ming nafar ayollarimizni band etishga ko‘maklashadi.

Shu maqsadda bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qo‘shimcha 3,3 trillion so‘m ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana 100 million dollar beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratadi.

O‘tgan yili tashkil etilgan “Hamroh” kompaniyasi yangi tizim asosida Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturini boshlagan edi. Bu loyihaga ham 100 million dollar ajratganmiz.

Kreditini vaqtida to‘lagan ayol tadbirkorlarga ushbu dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit berishni boshlaymiz.

Shuningdek, mahallada 5 nafar ayolni biznesga olib kirgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratiladi.

Masalan, tug‘ruq ta’tiliga chiqqan ayollar uchun bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddati 10 oygacha uzaytiriladi.

Umuman, 2025 yil ayollar bandligini ta’minlashda hal qiluvchi yil bo‘ladi.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi jamoasi go‘zal ayollarimizni bayram bilan tabriklaydi!

   Xonadoningizda har doim tinchlik, osoyishtalik va farovonlik xukmron bo‘lsin. Doim munosiblar qatorida bo‘ling deymiz, hurmatli opa singillarimiz!

   Go‘zallik va oilaviy baxt doim hamrohingiz bo‘lsin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍1
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, “Unique Present” MCHJ bilan birgalikda “BankTech: Raqamli mahsulotlar va ekotizim” mavzusidagi munozara sessiyasi o’tkazildi.

Unda ABR, Bank RBK, Solopharm, Sportlife, Priorbank, Atlant-M va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan ish olib borgan va tajribaga ega Kirill Golubev (Heads&Heads) hamda Kirill Pivovarov (Change Team/Rocket Science) ishtirok etdi.

Munozara sessiyasida tijorat banklarining texnologik va IT bo‘linmasi rahbarlari va mutaxassislari hamda HR rahbarlari qatnashdilar.

Tadbirda:

✔️“Bank sektorining transformatsiyasi: muammolar va strategik vektorlar”;

✔️“Bank tizimi istiqbollari”;

✔️“Banklar uchun raqamli yechimlarning amaliy takliflari” kabi mavzularda o‘zaro fikr almashildi

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tadbir o‘tkazildi.

     “Oilani mustahkamlashda ayollarning roli” mavzusidagi tadbirda falsafa fanlari doktori, professor shuningdek tashkilotimizning sevimli ustozi Jamila Shermuhamedova qatnashdilar.  

      Tadbir noodatiy va interfaol usulda tashkil etilib, unda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashinildi. Motivatsion ruhda o‘tgan muloqotlar davomida, "Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida qadrlanishi, u qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat shu qadar farovon va barqaror rivojlanishi yana bir bor taʼkidlandi.

  Qayd etish kerakki,O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada barcha uchun teng huquqli va sifatli taʼlimni taʼminlash, qishloq joylarida qizlarning oliy maʼlumotga ega bo‘lishi, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, odam savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Kredit olishda differensial usulda olsam qulaymi, yoki annuitet?

Javob: Differensial usulda - oddiy qilib aytganda, kreditni to‘lash muddatining boshiga qaraganda so‘nggi oylarida to‘lov miqdori kamayib boradi.

📌 Yaʼni, har oy grafik bo‘yicha to‘lanadigan to‘lov asta-sekinlik bilan kamayib boradi. Bu uning afzalligidir.

❗️Agar kredit katta miqdorni tashkil etsa, bu usul kredit to‘lash muddatining boshida o‘z-o‘zidan qarz oluvchiga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Annuitet to‘lov usulida esa siz bankka to‘lovni kredit grafigiga asosan har oy bir xil miqdorda summani to‘laysiz.

📌 Yaʼni kredit majburiyati bo‘yicha o‘z xarajatlaringizni bilgan holda, byudjetingizni yana-da aniq rejalashtirishingiz mumkin.

Bu mazkur to‘lov usulining qulay tomonidir.

Tanlov o'zingizdan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Xabar

✔️Kichik bisnes vakillari uchun maxsus!

📣 Banks & Business Expo 2025 tadbirida moliyaviy sektor yetakchilari bilan uchrashing, eng so‘nggi trendlardan xabardor bo‘ling va manfaatli hamkorliklar o‘rnating!

📅 16-17-18-kunlari o‘tkaziladigan ushbu tadbirda:

Eng arzon kreditlar!
Eng foydali omonatlar!
Eng katta keshbekli kartalar barchasi mujassam!

📌 Kirish mutlaqo BEPUL!

Shoshiling, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

➡️ Batafsil: [email protected]

📞: +998 95 011 99 44
🌐www.global-expo.uz

🔻Ro‘yxatdan o‘tish🔻
https://forms.gle/YP93GgW2jUKqjCgZ9

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💋1
❗️Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi


“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-103-son, 14.03.2025 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

2 million nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash;

250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;

250 ming nafar xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish;

50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish.

📌 “HAMROH” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan:

🔘xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi;

🔘ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;

🔘ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankdan 100 million so‘mgacha onlayn mikroqarz olsa bo‘ladi?


🏦 Ipoteka-bank 📞 1233;

Foizi - 24 -45%;
Muddati - 60 oygacha;


🏦 O‘zmilliybank 📞 1344;

Foizi - 26 - 27%;
Muddati - 36 oygacha;


🏦 Aloqabank 📞 (+99871)-230-7777;

Foizi - 26 - 30%;
Muddati - 48 oygacha;


🏦 Anorbank 📞 1290

Foizi - 27- 45%;
Muddati - 36 oygacha;


🏦 Biznesni Rivojlanritish banki 📞 1254;

Foizi - 28-31% dan boshlanadi;
Muddati - 48 oygacha;


🏦 TBC Bank 📞 1150;

Foizi - 28-49% dan boshlanadi;
Muddati - 36 oygacha;


🏦 Ipak yo‘li banki 📞 1296;

Foizi - 30,9 -40,9 %;
Muddati - 36 oygacha;


🏦 Agrobank 📞 1216;

Foizi - 32% dan boshlanadi;
Muddati - 24 oygacha;

🏦 Davrbank 📞 1284;

Foizi - 40% dan boshlanadi;
Muddati - 60 oygacha;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident soha uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025 yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.

"Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi. Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan",
- dedi davlatimiz rahbari.

Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi.

Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.

"Uy-ro‘zg‘or va farzand tarbiyasidan ortib, tadbirkorlik bilan odamlarni ishli, daromadli qilayotgan ayollarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi", - dedi Prezident.

Bu yildan kichik biznesga 300 million so‘mgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million so‘mi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ham 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi bo‘lmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍2
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi jamoasi Sizni  Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi.

    Sizga oila aʼzolaringizga fayz-baraka va quvonch tilaymiz. Bahoriy kayfiyat hamisha hamrohingiz bo‘lsin.

Mamlakatimizning iqtisodiy kuch-qudratini mustahkamlash va xalqimiz farovonligi fidokorona amalga oshirilayotgan say-harakatlaringizda omad tilaymiz!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
2025/10/27 18:10:25
Back to Top
HTML Embed Code: