Telegram Web Link
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankdan birlamchi bozordan nisbatan past foizli avto kredit olsa bo'ladi?

Javob: Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 35 ta tijorat bankidan 24 tasida  birlamchi bozordan avto kredit ajratilmoqda. Foiz stavkalari 22,5 dan 33 foizgacha.

Nisbatan past foizli avto kredit ajratayotgan banklar bilan tanishing:


🏦 Saderatbank - 22,50 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 50% gacha;
Muddati 4 yilgacha;
📞 (+99871)-252-11-61;

🏦 BRB 23% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 27%;
Muddati 5 yilgacha;
📞 1254;

🏦 Ziraat Bank23% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 40% gacha;
Muddati 5 yilgacha;
📞1293;

🏦 Hamkorbank - 23,99 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 25%;
Muddati 5 yilgacha;
📞 1256;

🏦 Agrobank24 % dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 25%;
Muddati 5 yilgacha;
📞1216.

🏦 GarantBank24% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 35% gacha;
Muddati 5 yilgacha;
📞 1326;

🏦 Trastbank24% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 40% gacha;
Muddati 5 yilgacha;
📞 1287;

🏦 Asakabank 24,9% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 50%;
Muddati 5 yilgacha;
📞1152;

🏦 Poytaxt Bank - 24,9% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 50%;
Muddati 5 yilgacha;
📞(+99871)-214-20-00;

🏦 ОFB24,9% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 50%;
Muddati 5 yilgacha;
📞4004;

🏦 Aloqabank25% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 25%;
Muddati 5 yilgacha;
📞(+99871)-230-7777;

🏦 O‘zmilliybank25% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 40%;
Muddati 5 yilgacha;
📞1344;

🏦 O‘zSQB25% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 50%;
Muddati 5 yilgacha;
📞1180;

🏦 Turonbank25% dan boshlanadi;
Boshlang'ich to'lov - 25%;
Muddati 5 yilgacha;
📞1220;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi CHANGE TEAM kompaniyasi bilan hamkorlikda bank sohasida sunʼiy intellektning amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan sessiya-treningni o‘tkazmoqda.

Sana: 26 avgust 2025 yil

Vaqt: 10:00 – 12:30

O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi

 Asosiy mavzular:

✔️ SI asosida antifrod tizimlari va xatarlarni boshqarish;

✔️ Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni chat va ovozli yordamchilar orqali avtomatlashtirish;

✔️ SI ni biznes va tizim tahlilida qo‘llash;

✔️ SI ni xavfsiz va samarali joriy etish bo‘yicha tavsiyalar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Huawei kompaniyasi (Huawei Tech Investment Tashkent) bilan hamkorlikda konferensiya o‘tkazmoqda.

Mavzusi - “Raqamli transformatsiya tendentsiyalari va sun‘iy intellekt” mavzusidagi (Konferentsiya dasturi ilova qilinadi).

📍 Tadbir 21 avgust kuni InterContinental Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Raqamli transformatsiya tendentsiyalari va sun‘iy intellekt masalasi tijorat banklari uchun hozir juda muhim sanaladi.Chunki bu orqali tijorat banklarida xizmat ko‘rsatish modernizatsiyalashib, banklarning samarali infratuzilmalari yaratiladi, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘i rivojlanadi, faoliyat avtomatlashtiriladi, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlar keng joriy qilinib, bank tizimining moliyaviy barqarorlik darajasi ko‘tariladi.

Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar

“Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi to‘g‘risida"gi
nizom tasdiqlandi.

🔹 Nizomga ko‘ra, maʼlumotlarni mazkur reyestrga kiritish yoki chiqarish bo‘yicha arizalar Yagona portal (
my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etiladi.

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi maʼlumotlar shaxslarning kredit tarixida aks ettirib boriladi.


Xabaringiz bor, joriy yilning 6-iyunidan boshlab O‘zbekistonda o‘z-o‘ziga kredit berishni taqiqlash xizmati ishga tushgan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 4 martdagi «Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
O‘RQ-1043-son Qonuni.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar

Yangilik va tahlillar — 24/7!
“Ahbor-Reyting” agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling!

🎸 Rasmiy sayt;
📱 Instagram;
📱 Facebook;
📱 Telegram

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi CHANGE TEAM kompaniyasi bilan hamkorlikda bank sohasida sunʼiy intellektning amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan sessiya-treningni tashkil etdi.

Uchrashuv davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

✔️ Sunʼiy intellekt asosida antifrod tizimlari va xatarlarni boshqarish;
✔️ Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni chat va ovozli yordamchilar orqali avtomatlashtirish;
✔️ Sunʼiy intellektni biznes va tizim tahlilida qo‘llash;
✔️ Sunʼiy intellektni xavfsiz va samarali joriy etish bo‘yicha tavsiyalar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Hozir birlamchi bozordan uy xarid qilish uchun qaysi bank past foizli ipoteka krediti ajratmoqda?

Javob:
Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 35 ta tijorat bankidan 17 tasida ipoteka krediti olsa bo'ladi. Muddati 20 yilgacha. O‘rtacha foiz ko‘rsatkichi - 26%.

Hozirda birlamchi bozordan uy xarid qilish uchun past foizli ipoteka krediti berayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Xalq banki17%
Boshlang'ich to'lov - 15%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha
📞1106;

🏦 Hamkorbank — 17%
Boshlang'ich to'lov - 15%;
muddati - 20 yil;
600 mln. so‘mgacha;
📞1256;

🏦 Poytaxt Bank17-17,5 %
Boshlang'ich to'lov - 21%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha
📞 (+99871)-214-20-00

🏦 O‘zmilliybank17-17,5%
Boshlang'ich to'lov - 40%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha
📞 1344;

🏦 BRB 17,5 %
Boshlang'ich to'lov - 15%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha
📞1254;

🏦 Trastbank 17,5 %
Boshlang'ich to'lov - 40% gacha;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha;
📞1287;

🏦 Aloqabank - 17,5-18 %
Boshlang'ich to'lov - 30%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha
📞(+99871)-230-7777;

🏦 Agrobank - 18%
Boshlang'ich to'lov - 15%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha;
📞 1216;

🏦 Asakabank - 18%
Boshlang'ich to'lov - 15%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha;
📞1152;

🏦 ASIA ALLIANCE BANK18 %
Boshlang'ich to'lov - 15%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha
📞1270;

🏦 MKbank18%
Boshlang'ich to'lov - 15%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha
📞 1285;

🏦 Turon bank18 %
Boshlang'ich to'lov - 15%;
muddati - 20 yil;
420 mln. so‘mgacha;
📞1220;

❗️Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlar va tumanlarida - ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori – 330 mln so‘m;

Toshkent shahrida - ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori - 420 mln so‘m.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan tabriklaydi.

   Tinchligimiz abadiy bo‘lsin, Xonadonimizni  qut-baraka  va xotirjamlik tark etmasin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” agentligi Osiyo moliyaviy hamkorlik Assotsiatsiyasi (AFCA) bilan uchrashuv o‘tkazdi.   

Uchrashuv davomida moliya sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi hamda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, moliyaviy bozorda innovatsion yechimlarni tatbiq etish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib oldilar.

Maʼlumot uchun, Osiyo moliyaviy hamkorlik assotsiatsiyasi (AFCA) – moliya sohasida hamkorlik va integratsiyani kuchaytirish, banklar, moliyaviy institutlar hamda tijorat tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashishni rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.

AFCA bugungi kunda 30 dan ortiq mamlakat va mintaqadan banklar, moliyaviy birjalar, tadqiqot markazlari va turli moliyaviy institutlarni o‘z ichiga olgan yirik tarmoq sifatida faoliyat yuritmoqda.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍2
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankda yuqori foizli valyutada omonatlari ochish mumkin?

Javob: Hozirda Respublikada faoliyat yuritayotgan 35 ta bankdan 28 tasida valyutada omonat ochish mumkin. Muddati 36 oygacha.

💵 Valyutadagi eng yuqori foizli omonatlar berayotgan banklar:

🏦 Anor bank 8%
📞 1290;

🏦 GarantBank 8%
📞 1326;

🏦 Universal bank –7,5%
📞 1355;

🏦 Davrbank7,5%
📞1284;

🏦 MKbank – 7,5 %
📞 1285;

🏦 Hayotbank7 %
📞 1320;

🏦 Turonbank7 %
📞 1220;

🏦 Trastbank – 7 %
📞 1287;

🏦 Agrobank – 6-7 %
📞 1216;

🏦 Пойтахтбанк6-7 %
📞 (+99871)-214-20-00

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi  va «Interfaks» axborot guruhi bilan hamkorlikda onlayn-seminar trening tashkil etmoqda.

Tadbirdan maqsad:

✔️Iqtisodiy bozorlarni tahlil qilishdagi tendensiyalar bilan tanishtirish;

✔️korporativ mijozlar bilan samarali ishlashning amaliy vositalari bilan o‘rtoqlashish.

  Sana: 2025 yil 24 sentyabr

  Vaqt: 11:30

 Format: Onlayn

 Onlayn-seminar O‘zbekiston bank tizimida risklarni boshqarish amaliyotini mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun 📱

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Imtiyozli taʼlim kreditini qaysi bankdan olsa bo'ladi?

Javob: Imtiyozli taʼlim kreditini ajratayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Agrobank – 1216;

🏦 Asakabank1152;

🏦 BRB1254;

🏦 MKbank 1285;

🏦Hamkorbank — 1256;

🏦 O‘zSQB 1180;

🏦O‘zmilliybank – 1344;

🏦 Turonbank – 1220;

🏦 ОFB4004;

🏦Xalq banki1106.

📌 Foizi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida.

❗️Talaba xotin-qizlar imtiyozli taʼlim kreditining  foizlarini to‘lashdan ozod etiladi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim kreditini faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talabalarga beriladi.

Ta’lim krediti uchun arizalarni talim-krediti.mf.uz sayti hamda yagona portal orqali (my.gov.uz) onlayn yuborish mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankdan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan yoki o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun 100 million so‘mgacha mikroqarz olsa bo‘ladi?

Javob: Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 35 ta tijorat bankidan 24 tasida mikroqarz olsa bo'ladi. Miqdori 10 milliondan 100 million so'mgacha. Muddati 2 oydan 5 yilgacha.

Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan yoki o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun 100 million so‘mgacha mikroqarz berayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Ipak yo‘li banki– 24,90-27,90%
Muddati - 12 oydan 60 oygacha;
(Bankga borib olinadi)
📞1296;

🏦 Infinbank – 26,99-32,99%
Muddati - 9 oydan 36 oygacha;
(Bankga borib olinadi)
📞1214;

🏦 BRB – 27-30%;
Muddati - 12 oydan 48 oygacha;
(Bankga borib olinadi)
📞1254;

🏦 ASIA ALLIANCE BANK – 27-30,9%;
Muddati - 60 oygacha;
(Bankga borib olinadi)
📞1270;

🏦 Ziraat Bank –28-29%;
Muddati - 12 oydan 36 oygacha;
(Bankga borib olinadi)
📞1293;

🏦 Poytaxt Bank – 28-32%;
Muddati - 36 oygacha;
(Bankga borib olinadi)
📞(+99871)-214-20-00;

🏦 O‘zSQB – 31-34%;
Muddati - 12 oydan 48 oygacha;
(Bankga borib olinadi)
📞1180;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar

IX XALQARO BANK FORUMI  (IBF 2025) BOKUDA BO‘LIB O‘TADI


📍 Mastercard hamkorligida tashkil etilayotgan IBF 2025 joriy yilning 19–20 noyabr kunlari «Baku Marriott Hotel Boulevard» mehmonxonasida o‘tkaziladi.

Bu yilgi forumning asosiy mavzusi: «Ishonchli, xavfsiz va barqaror bank faoliyati»

📌 Tadbirlar haqida batafsil... 

Forum haqida to‘liq maʼlumot...

Tadbirda:

 ilg‘or g‘oyalar muhokama qilinadi;

innovatsion loyihalar taqdim etiladi;

yangi hamkorliklar yo‘lga qo‘yiladi;  

moliyaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya hamda to‘lov ekotizimidagi trendlar o‘rganiladi.

Forumning asosiy dasturidan tashqari, qatnashchilarni uchrashuvlar, vebinarlar, seminarlar va tanlovlar ham kutib turibdi. Bu esa tadbirni yana-da mazmunli va interaktiv qiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/10/22 17:41:38
Back to Top
HTML Embed Code: