Telegram Web Link
Ramazon Hayiti muborak!
UIC Games jamoasi qutlugʻ kunda siz va oila aʼzolaringizni Mohi Ramazon Hayit ayyomi bilan chin qalbidan tabriklaydi. Barcha qilgan ezgu niyatlaringiz amalga oshsin!

Tutgan roʻzangiz qabul boʻlsin. Ramazon oilangizga nur va eng ulugʻlarni olib kelsin.
Forwarded from Arxiv Co-Learning Center
​​Bugundan boshlab Co-Learning Center jamoasi a’zolari bilan tanishtirib borishga qaror qildik. Bizning birinchi qahramonimiz Elbek Sattorov.

O’zbekistonda video o’yin yaratuvchilari barmoq bilan sanagudek. Ularning ichida o’z soha mutaxassisi bo’lish esa ancha mehnat talab qiladi.

Elbek Sattorov – UIC Games’da Team Leader, Senior Game Developer, 25 yoshda. Elbek Sattorov barmoq bilan sanagulik Gamerlardan biri bo'lib, o'zining birinchi o'zbek video o’yinini 2018-yilda yaratgan. Hozirgacha O’zbekiston hamda xalqaro tanlov va forumlar qatnashuvchisi. Ulardan eng yirigi Moldaviyaning Kshinyov shahrida o'tkazilgan "GameChanger 2018" xakaton.

Ayni kunlarda Elbek Sattorov ko’plab loyihalar ustida ishlamoqda. Kelgusidagi rejalaridan eng kattasi -o'zimiz yaratgan mahsulotlarni "Electronic Entertainment Expo" xalqaro festevalida taqdim etish.

Qahramonimiz haqida keltirgan ma’lumotlarimizga qo’shimcha hamda boshqa qiziqarli loyihalar haqida ertaga 19:00 da UIC GAMES’ning Instagram sahifasida bo’ladigan liveda bilib olishingiz mumkin.

Biz haqimizda:
Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | TG
👍1
#UICGames #LiveStream

⚡️⚡️⚡️
Sanoqli soniyalardan soʻng boshlanadigan UIC Games va CLC Game Development Team Leaderi Elbek Sattorov bilan bo‘ladigan Live suhbatni o'tkazib yubormang!

Barchani chorlab qolamiz!
👉http://www.instagram.com/uic.games
Forwarded from Arxiv Co-Learning Center
Demak, jamoamizning navbatdagi iqtidorli a’zosi bilan tanishing:

Block Runner va Flash o‘yinlari yaratuvchisi, The Elder Scrolls V: Skyrim video o’yiniga qo’shimcha modifikatsiyalar bo’yicha oylik tanlovda faxrli o’rin sohibi - Jasurxon Maxmutxo‘jayev.

CoLearning Center va UIC Games jamoalari a'zosi bo'lmish, 22 yoshli Jasurxon o'zining faolligi, topqirligi va qiziquvchanligi bilan ajralib turadi.

"Developchilar safiga qo‘shilganimga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, jamoa a’zolari bilan bir oila bo‘lib ketdik. Maqsadim - shu jamoaning to'laqonli a'zosiga aylanib, IT sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishish." - taassurotlari bilan bo‘lishdi Jasurxon.

Jamoaning kelgusidagi maqsadi esa, Jasurxon bilan birgalikda Geymdev sohasida katta yutuqlarga erishib, O’zbekistonda shu sohani rivojlantirishdir.

#the_best_stajyor #CLC #geymdev #UIC_GAMES

Biz haqimizda:
Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | TG
O'zbekistonning eng mohir geymdevlaridan biri - UIC Games jamoasi o'tgan bir necha oy ichida salmoqli loyihalar yaratishga ulgurdi:

Block Runner, Mental Arifmetika, Chaqqon barmoqchalar, Piper Fly kabi video-o'yinlar va ularning mobil ilovasi foydalanuvchilarga manzur bo'ldi.

Senior, middle va junior darajadagi dasturchi, illustrator va 3D dizaynerlaridan iborat UIC jamoasi tez kunlarda mashhur tarixiy shaxsga bag'ishlab sarguzasht-jangari janridagi video-o'yinni taqdim etishni rejalashtirgan.
UIC jamoasining kelgusidagi maqsadi - kompyuter o'yinlarining yillik ko'rgazmasi bo'lmish E-3 Expo'ni zabt etish.

#geymdev #UIC #developers #mangusarkarda

Facebook | Instagram | Telegram
O'ynAR kamera (AR Player) – yangilandi!

Mobil dasturimizdan foydalanish yanada oson va ortiqcha harakatlar talab etmaydi. Bunda rasmlaringizni QR-code ko'rinishida joylaysiz va real effektlarga ega bo'lgan videoni do'stlaringizga ulashishingiz mumkin.

Barchasi tushunarli, oddiy va siz uchun moslashtirilgan. Yangilangan dizaynga ham baho berish esingizdan chiqmasin!

Mobil ilova CoLearning Center, UIC Games hamda "Project Managers" IT kompaniyasi tomonidan taqdim etilmoqda.

Ajoyib foto hamda video kontent qiling va zavqlaning.
AR Player – xayolot erkinligi.

Yangilangan
O'ynAr kamerani yuklab olish uchun havola:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.uicgame.ARPlayer

#AR_Player #CLC #UIC #PM #Imagination

Facebook | Instagram | Telegram
UIC Games taqdim etadi!

UIC Games sizga navbatdagi foydali va qiziqarli oʻyin ilovasini taqdim etadi. Bolalar uchun ilovalar talaygina. Biroq, ularning ichida oʻzbek tilida ham oʻyin, ham taʼlim beradigani barmoq bilan sanarli.

“Bolajon” – nomi ham eʼtiborni bittada jalb etadigan ilova. Ushbu oʻyin 3+ bolajonlar uchun boʻlib, unda farzandlaringiz katta va kichik harflar hamda 10 gacha boʻlgan raqamlarni oʻrganadilar. Oʻrganish usuli ham ajoyib, bolajonlarning oʻzlari turli xil ranglarni tanlab, harflar va raqamlarni boʻyash orqali ularni eslab qoladilar.

Havola orqali “Bolajon”ni yuklab oling va farzandlaringiz uchun qiziqarli ilovani taqdim eting!

👉https://play.google.com/store/apps/details?id=com.uicgames.bolajon

#UIC_Games #Game #Bolajon #LiveandLearn

Facebook | Instagram | Telegram
GTA V kabi sifatli va serdaromad o‘yin yaratish uchun 200 kishilik jamoa 2-3 yil mehnat qilishiga to‘g‘ri kelar ekan. Bu rostdan ham uzoq va murakkab jarayonmi? Quyida video-o‘yin yaratishning asosiy bosqichlarini sanab o‘tamiz:

O‘yin g‘oyasini aniqlab olish;
Kod yozish;
Grafika, illyustratsiya chizish;
Ovoz/musiqa;
Level design'ni aniqlab olish;
Sinov/test qilish;
Reklama va sotish.

Albatta, mazkur bosqichlarning har biri murakkab va uzoq davom etadigan jarayon.
Bosqichli “Bolajon” o‘yini ustida UIC Games jamoasi uchun deyarli 2 hafta davomida ter to’kishga to‘g‘ri kelgan. Yaqin kunlarda esa, yanada murakkab va xalqaro miqyosga olib chiqilishi kutilayotgan yana bir AAA o‘yin trailerini taqdim etish arafasida. O‘yin yaratishning eng qiziq va jonli jarayoni bilan sahifalarimizda tanishtirib boramiz.

#GameDeveloping #UIC #gaming #CLC #mangusarkarda

Facebook | Instagram | Telegram
UIC Games haqida eshitganmisiz? Aks holda GameDev haqida hech narsa bilmas ekansiz. 😉 Demak, bugungi qahramonimiz UIC Games jamoasi haqida qisqacha:

1. Bugunga qadar UIC Games Flash, Block Runner, Mental Arifmetika, Chaqqon barmoqchalar, Piper Fly, Block Jump kabi o‘yinlarni yaratishga ulgurdi.

2. Senior va middle darajadagi game developer, hamda illyustratorchilardan iborat jamoa ishlab chiqqan o‘yinlar App Store va Play Market'da UIC Uzbekistan nomi ostida chiqariladi.

3. UIC jamoasining 80 % yigit va 20% qizlardan tashkil topgan.

4. Jamoa a’zolari asosan rus tilida muloqot qilsa-da, o‘zbek tili alifbosida to‘g‘ri va tez yozishni o‘rgatuvchi qiziqarli o‘yin yaratishdi.

Siz-chi, UIC Games a'zolari haqida yana nimalar bilasiz?

#GameDev #UIC #our_team #CLC #UIC_Uzbekistan #PlayMarket #iOS

Facebook | Instagram | Telegram
🇺🇿 Salom, Dunyo! Tarix yana ortga qaytdi va endi u eng so‘nggi texnologiyalar orqali kelajakni ko'rsatib beradi.

Navbatdagi yangiligimizdan so‘ng hayotingiz avvalgidek bo‘lmasligi aniq.

Tez orada siz 3 qit’ani birlashtirgan buyuk Imperiya davriga sho‘ng‘ish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz!

Shonli XIV asrda Buyuk Temuriylar saltanatiga sayohat qiling va Amir Temur yurishlarida ishtirok eting.

Buyuk Qo‘mondon va davlat arbobi hayotiga bag‘ishlangan, xalqlar hayotida muhim rol o‘ynagan, hamda keskin kurashlarga bog‘liq o‘yin kundalik hayotingizda keskin burilish yasaydi.

Xotirjam bo‘lish fursati bitdi. Ulkan o‘zgarishlarga tayyor turing. Tarixni birgalikda qurib, o‘z qahramonligingizni abadiyatga muhrlang!

Mangu Sarkardani Facebook va Instagram sahifalarida kuzatib boring!

Biz haqimizda:
Facebook | Instagram | Telegram
👍1
Gears of War, Batman: Arkham Asylum yoki Fortnite o‘yinlarini nima birlashtiradi? Shubhasiz, Unreal Engine.

Unreal Engine – o‘yin mexanizmlarining eng zo‘rlaridan biri. Mexanizm 100 dan ortiq turli loyihalar, platformer, jangovar o‘yinlar, MMORPG va boshqa RPGlarda muvaffaqiyatli ishlatildi.

Shu sababdan ham AAA 3D o'lchamli Mangu Sarkarda loyihasi uchun aynan UE tanladik.

UE texnologiyalari professionallar tomonidan ishlab chiqilgan Mangu Sarkarda o‘yinida jonli effektlar, sifatli yoritilgan yorqin va kichik detallarigacha puxta ishlangan har bir lavha favqulodda jalb etuvchi real kadrlar yaratgan.

#3D #Unreal_Engine #ManguSarkarda #UIC #GameDev #Game_Profi

Biz haqimizda:
Facebook | Instagram | Telegram
Saltanatlarning hayotini hal qiluvchi vaziyatlarda, hammasi bir kishiga borib taqaladi. Bizning vaziyatda u maxfiy josus!

Asrlar davomida har bir Hukmdorning o‘zi ishongan, ming bir sinovlardan o‘tgan yashirin insoni bo‘ladi. Tajribali va har qanday vaziyatdan yo‘l topib chiqishga tayyorlangan maxsus jangchiga, dushman qal’asiga sezdirmasdan kirib, o‘ta mushkul bir vazifani bajarishi belgilab berildi.

Oliy maqsad etib berilgan missiyani muvaffaqiyatli uddalasa, minglab askarlarni hayotini qutqargan bo’ladi. Aks holda esa…

Barchasi uning qo‘lida. Tarix. Taqdirlar.

#ManguSarkarda #UICGames #Soon #ProjectManagers #PM

Biz haqimizda:
Facebook | Instagram | Telegram
Mashina poygasiga qiziqasiz, biroq Milliy avtomobillarda poyga oʻyinini oʻynab koʻrmagansiz. Shundaymi?

Flash UIC Games — barcha yoshdagi oʻyin ishqibozlariga manzur keladigan mobil ilova! 📱

Oʻz milliy avtomobillarimizdan istalgan birini tanlang: Malibu, Captiva va hatto Damas. Mashinangizga yoqqan bir rang bering va poyga turini tanlang. Tadaaam! Siz endi poygachisiz! Adrenalin va drive – endi siz bilan 🔥

Aytadiganimiz bir #StayTuned va ilovani yuklab poygani boshlang! 🏎

#UICGames #kreativni_yoq #gogogo #неостановись

Biz haqimizda:
Facebook | Instagram | Telegram
UIC Games yurtimiz ahlini muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaydi!

Xonadoningizda baxt, totuvlik, qut-baraka va farovonlik yogʻilib tursin! Ushbu fayzli kunlarda qilgan barcha ezgu niyatlaringiz ijobatini topsin.

Salomat boʻling, aziz vatandoshlar!

Facebook | Instagram | Telegram
Forwarded from O‘ynAR Kamera
​​🙌 Наша команда считает, что дополненная реальность будущее для всех сфер деятельности.

✌️ Мы преодолеваем барьеры между цифровым и физическим миром, и ликвидируем разрыв в разработке между iOS и Android, чтобы каждый мог испытать магию AR - независимо от того, на каком устройстве он работает.

📱Приложение O‘ynAR kamera позволяет воспроизводить видео, сканируя определенные изображения, добавленные в нашу базу данных. А также, стоит отметить, что это приложение специально ориентировано на рынок Узбекистана.

👉 Скачать приложение: u.nu/oynkamera

Следите за нашим AR путешествием в наших социальных сетях:
Telegram | Instagram

#oynAR #ARPlayer #ARKamera
​​Minimalizm XXI asr trendiga aylanib ulgurdi. Ayni shu minimalizm mobil telefoningizda oʻyin tariqasida boʻlsa-chi? 😎

Block Jump – minimalizm, qulay interfeysni oʻzida jamlagan shiddatli mobil ilova. Strategik oʻyinlardan farqli ravishda, Block Jump psixologik zoʻriqishga olib kelmaydi. Shunchaki 6-hissiyotingizni ishga soling va oʻyindan zavq oling!
Ilovani hozirdan kechiktirmay yuklab oling!

👉 Yuklab olish uchun: https://u.nu/blockjump

Albattaki, #Staywithus!

Facebook | Instagram | Telegram
​​Navbatdagi qiziqarli syujetga ega oʻyinimizni kutib oling 😎.

Block Runner oʻziga xos oʻynash strategiyasi sizni azartga tushib qolishdan saqlaydi 👾. Oʻyin esa qiziqarliligini zarra yoʻqotmaydi.

UIC Games stajorlari tomonidan yaratilgan yuqori foydalilik koeffetsientiga ega mazkur oʻyinni yuklab oling va Block Runner bilan yangi sarguzashtlarni boshlang ⚽️. Oʻyinimizga berilib ketib, taassurotlaringizni biz bilan boʻlishishni esa unutmang!

👉 Yuklab olish uchun: https://u.nu/blockrunner

#gaming #Androd #mobilegame #useful_game #неостановись
​​Adolat kuchda emas, balki kuch adolatdadir! ⚖️

Amir Temur haqiqat uchun oʻz jonini xatarga qoʻyib, noxush va qaygʻuli xabarlarni Humkdori oliylariga yetkazishga jurʻat topa olgan chopar va elchilarni doim ragʻbatlantirgan. Zero barcha yetti iqlim Hukumdorining shirin yolgʻondan, achchiq haqiqatni afzal koʻrishini bilgan va shu xislati uchun sharaflagan. 🛡

Sohibqiron Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan maktubida shu misralarni bitilgandi: “Siz savdogarlaringizni mening davlatimga yuborasiz. Biz ularning hurmatlarini bajo keltirgan holda, iltifot bilan qarshilaymiz. Shu bilan bir qatorda, biz ham sizning mamlakatingizga oʻz savdogarlarimizni safarbar etamiz. Siz ham ularga hurmat ko'rsatib, ortiqcha to'siqlarga roʻbaro boʻlishlariga yoʻl qoʻymang. Sizga boshqa talablar yoʻq. Ittifoqo, dunyo savdo odamlari tufayli taraqqiy topadi”, — shu orqali Sarkarda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tinchlik va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taraqqiyotning asosi ekanini qayd etadi. 🏰

#ManguSarkarda #ВечныйПолководец #UICGames #Justice

Biz haqimizda:
Facebook | Instagram | Telegram
​​UIC Games o‘yin yaratish san’atini davom ettiradi. ⚔️

Biz geymifikatsiya va mobil o‘yinlar ishlab chiqish sohasida istalgan turdagi xizmatlarni taqdim etamiz.
Maqsadimiz, ko'plab sifatli, foydali va qiziqarli 🔥o‘yin hamda ilovalarni yaratish.

🖥 Kompyuter
🎮 Konsol
📱 Mobil uskunalar uchun mo’ljallangan iOS va Android tizimlarida taqdim etamiz.

UIC Games mahsulotlari barcha yoshdagi auditoriya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘yin va taqdim etilayotgan ilovalar janr va mavzu jihatidan tubdan farq qiladi:

3⃣D video o‘yinlar
Harakatli o‘yinlar (action)
🧩Bolalar uchun foydali o‘yinlar
💻Ilovalar geymifikatsiyasi
va boshqalar.

Afzalliklarimizdan biri - o‘yinni eng qiziq joyida beliga tepuvchi reklamalar bizda yo‘q. Asosiysi, gaming'dan zavq olib, ketgan vaqtingizga achinmaysiz💡.

#gamedev #ourservices #android_gaming #action #UIC

Facebook | Instagram | Telegram
​​Oʻyin yaratishning bosqichlari haqida oldingi postlarimizda aytgan edik. Endi GameDevʼda koʻp qoʻllaniladigan texnologiyalar haqida suhbatlashamiz.

Unity – turli platformalarda zamonaviy oʻyinlarni yaratish uchun foydalaniladigan oʻyin dvijoklarining eng taniqlilaridan biri. Dvijok 10 yildan koʻproq vaqtdan beri oʻyin bozorida kam byudjetli, hamda sifatli oʻyinlar uchun keng ishlatiladi. Texnologiya shu kungacha 3,3 mln dan ortiq dasturchi auditoriyasiga ega.

💎Unityʼda yaratilgan oʻyinlar:
Assasinʼs Creed;
#7: The Room;
Cities: Skylines;
FAR: Lone Sails;
Rick and Morty: Virtual Rick-ality
va boshqalar.

👍Afzalliklari:
- platformalar borasidagi tanlovning koʻpligi (Windows, Linux, MacOS, PlayStation 4, Xbox One kabi 24 ta platforma);
- hamyonbopligi (bepul foydalanish imkoniyati ham mavjud);
- 3D & 2D;
- professional va non-professionallar uchun (C# yoki JavaScript boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalar yetarli)

👎Kamchiliklari:
- orientatsiya (ekran joylashuvi);
- bir xil fon musiqasi;
- “Хранители” (saqlovchilar bilan bogʻliq murakkabliklar)

Mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish esa qiyin emas. Shunchaki, tajriba va vaqt barchasini hal qiladi.

#UIC #GameDev #texnologiyalar #unity

Facebook | Telegram | Instagram
👍2
2025/10/22 14:54:45
Back to Top
HTML Embed Code: