Telegram Web Link
Bu jasad Ukrain yerlarida qolib ketgan rus askariga tegishli. Hayoti, joni, orzu-maqsadlari, kelajagi - hammasi bir hovuch amaldorlarning maqsadlari yoʻlida qurbon boʻlib ketdi. Endi uni hech kim eslamaydi. Na vatani, na hukumati bu shaxsni yodga olmaydi. Unga aslida oʻz oilasi va oʻz hayoti kerak boʻlgandir xolos.

👉 @umarhalil 👈
Dengizni koʻrish, uni tinglashni orzu qilardim. Goʻyoki u odamni tushunadigandek, shovqinli sukunati bilan javob qaytarib turardi.

📍Qizil dengiz

👉 @umarhalil 👈
«Robbingning hukmiga sabr qil. Аlbatta, sen koʼz oʼngimizdasan» Tur surasi 48-oyat

Men e’tiborsiz qolib ketdim, men nobud boʻlyapman, men tugab tamom boʻlyapman deb oʻylama.

👉 @umarhalil 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jabal an-Nur togʻiga chiqib Hiro gʻorini koʻrdim. Manzara juda goʻzal. Chiqish qiyin, tushish oson ekan. Chiqib tushgunimcha 2 soat vaqt ketdi. Ayrim odamlar gʻorga kirib namoz oʻqib olishyapti. Agar bu ibodatni xoslab qilishayotgan boʻlishsa buni bid’at ekanini aytishdi ahli ilmlar. Sababi, Nabiy alayhissalom vahiy kelgandan soʻng bu yerga qaytib chiqmaganlar va ziyorat qilishni ham hech qachon ta’kidlamaganlar. Bu joy tarixiy ahamiyati uchun kelib koʻriladi xolos.

👉 @umarhalil 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qizim osmondagi oyning singlisi. Ulardan biri botsa, ikkinchisi porlaydi. Qizim va men - tuganmas muhabbat qisassimiz! 🫰

👉 @umarhalil 👈
Ba’zida hammasini ushlab turish uchun senda na ishonch, na umid qoladi. Faqatgina ilinj bilan yashaysan.

👉 @umarhalil 👈
Oshiq qalblarni zabt etgan hikoyalar to'plami.

Havola: https://youtu.be/cSjW35PqPjY?si=aW7jCw8lVwJVRSxt

👉 @umarhalil 👈
“Jur’at” kitobimni qayta nashr boʻlmay qoʻygani biroz koʻngilni xira qiladi. Bir chiqdi, toʻfonday tarqab tugab ketdi 2 yil avval. Haligacha qoʻliga olmagan kitobxonlar va muxlislar soʻrashadi. Afsuski, sotuvda umuman qolmagan. Oʻqib shunday minnatdorchilik izhor qilishsa, Allohga hamd aytaman. Qalbdan chiqqan soʻzlar, qalblarni oʻzgartira olishiga amin boʻlaman.

👉 @umarhalil 👈
Agar biror bir odamni oʻzi qilgan xatosini aytilganda, “ha, bu peshonada yozilganida” deb, boshqaning xatosiga kelganda esa “bu oʻzi yomon edida” deydigan odamni koʻrsangiz oʻzbek jamiyatiga hush kelibsiz!

👉 @umarhalil 👈
Oshiq qalblar hikoyasi | Omar Xalil
Omar Xalil
#Hikoya

Qalblarni zabt etgan hikoyalar to'plami.

Suhandon: Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
Bu kitob ham tez orada tugaydi. Keyin qachon chiqadi deb yurmanglar. Olmagan boʻlsangiz, otni qamchilab qoling.

Murojaat uchun @taskinkitob
Gʻalamislik juda xatarli qalb kasalligi. Biz qalb kasalliklariga ahamiyatsiz qaraganimiz uchun ham odamlar orasidagi buzgʻunchilikni sabablarini tushuna olmaymiz. Agar gʻalamis bu seni doʻsting boʻlsa, boshqa doʻstlaring orasiga sovuqchilik tushiradi, agar gʻalamis bu seni turmush oʻrtogʻing boʻlsa ota-onang bilan oqibatlaringa putur yetkazadi, agar gʻalamis bu seni onang yoki otang boʻlsa ayoling yoki ering bilan oʻrtanga husumat soladi, agar gʻalamis bu hamkasbing boʻlsa ishxonada seni yomonotliq qilishga erishadi. Achinarlisi, gʻalamis senga qanchalik yaqin boʻlsa, uni anglashing, koʻra olishing shunchalik qiyinlashadi. Gʻalamisning belgisi u yaxshi ishlarni yarishib, yomon ishlarni yuzaga chiqaradi, husumati bor odamning ahamiyatini tushiradi, kerakli odamlarga uni yomon ekanini ishontirishga intiladi va bu yoʻlda har qanday pastkashliklarga borishdan ham tap tortmaydi. Ular makr ishlatib ikki odamning orasiga husumat soladi. Alloh shunday odamlardan qilib qoʻymasin.

👉 @umarhalil 👈
Uzoq vaqtdan beri choʼchqa bilan kurashmaslik kerakligini bilaman. Chunki birinchidan, hamma yerim iflos boʼladi. Ikkinchidan, bundan u rosa sevinadi.

Bernard Shou

***

Taniqli yozuvchi bu yerda haqiqiy choʻchqalarni nazarda tutmagan. Balki, choʻchqatabiat odamlarni oʻz maqsadi va hasadi yoʻlida har qanday pastkashlikni qila olishi, garchi oʻzi sharmanda boʻlsa ham bu ishdan sira uyatni his qilmasligi, har qanday ablaxlikni qila olishini nazarda tutgan.

👉 @umarhalil 👈
Barcha moʻmin-muslimalarni kirib kelgan Ramazon bilan tabriklayman. Bu muborak oyda nafaqat qorin parhezi, balki tilimizni ham gʻiybat va chaqimchilikdan tiyib taqvo qilishni nasib etsin. Madinada ramazon shukuhi oʻzgacha shukuh bilan oʻtmoqda.

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimni qorlarini, yomgʻirlarini, shamollarini sogʻindim. Novda baribir ildizi bilan koʻkaradi. Vatanimni, xalqimni Alloh panohida asrasin, farovon va hotirjamlik maskani qilsin.

👉 @umarhalil 👈
2025/07/08 08:57:47
Back to Top
HTML Embed Code: