Telegram Web Link
❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan bog‘chalar rahbar va pedagoglarini rag‘batlantirishga ruxsat etiladi — Prezident farmoni

2025 yil 1-yanvardan:

maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;

respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.

2025 yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham rag‘batlantirishga ruxsat etiladi.

2025 yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi.


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥43😁2🥰1👏1
Ustama olish uchun o‘qituvchilar qanday hujjatlarni yig‘ishi kerak?

Ustama tayinlash uchun Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida o‘qituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar ro‘yxati aniq keltirib o‘tilgan. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

3-bo‘lim: olimpiada va boshqa tanlovlar uchun o‘qituvchida o‘quvchisini tumanda (shaharda)  1-2-3-o‘rinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri va hakamlar hay’atining qaroridan ko‘chirma. Agar o‘quvchisi 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirma.

4-bo‘lim: ish tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha, tegishli  kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi. Platformada ommalashgan bo‘lsa sertifikat.

7-bo‘lim: malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.

8-bo‘lim: sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varoqdan oshmagan holda ma’lumot va ikki dona fotolavha.

❗️Ustama olish uchun o‘qituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.

Baholash mezonidagi qolgan bo‘limlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning o‘zi aniqlashtirib oladi.

Shuni ma’lum qilamizki, yuqoridagi xatga asosan ushbu 4 ta hujjatdan boshqa hujjatlarni talab qilish QAT’IYAN MAN qilinadi. Qolaversa, tuman (shahar) MMTB lari ishchi guruhning faoliyatiga va ular qabul qilgan qarorlarga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍193🔥1🥰1👏1😁1
⚡️MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?

Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.


⚠️ Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22😢7😁5🥰21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustozni nafaqaga kuzatishmoqda.

(Bizda emas bu holat)

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51😢10🔥64👏4🥰3😁3🤔3
MUALLIM

Bilimlari uning tanho boyligi,
Asablari rasvo bo'lgan muallim,
Oydan oyga еtmas uning oyligi,
,,Mukofot" dan mosuvo bo'lgan muallim.

,, Ulug'" siz dеb atrofida kеzdilar,
Ulug'ligin sеzmadi yo sеzdilar,
,,E'zoz" dasiz dеb ustidan ezdilar,
Qadri yolg'on ,,Tillo" bo'lgan muallim.

O'quvchisi o'rin olsa suyishdi,
Haq so'rasa qovoqlarin uyushdi,
,,Siz topilmas matohmassiz "dеyishdi,
Ko'ngil uyi vayron bo'lgan muallim.

,,Oyligini olyapsizmi" minnatmas,
Tajribangiz asli qadr qimmatmas,
,,Qirq yil staj" hеch narsani anglatmas,
,,Pеd staji" arzon bo'lgan muallim.

Kimlar bildi qadrin,kimlar kuldilar,
Kimlar malham bo'ldi,kimlar tildilar,
,,Dars talashsa" uni aybdor qildilar,
Ko'z yoshlari marjon bo'lgan muallim.

O'tar dunyo,unda hamma o'tgaydir,
Kuygan dillar yaxshiliklar kutgaydir,
Xurshid Karim uning dardin bitgaydir,
Dardi shе'rda doston bo'lgan muallim.
Qadri ,,Tilda osmon" bo'lgan muallim.


✍️Xurshid Karim

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28😢432🔥1🥰1
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida
qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi!


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil  15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomning 26-bandiga ko‘ra 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilishi belgilangan.

Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududiy bo‘linmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Ma’lumot uchun: Ayni vaqtda ko‘plab
hududiy maktabgacha va maktab ta’limi
boshqarmalari tomonidan 1-sinflar uchun
10-15-fevral kunlari qo‘shimcha  ta’til
kunlari etib belgilanmoqda
. Bunda e-maktab.uz platformasida ta’til kunlarini rejalashtirish tavsiya etiladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍212🥰1
Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga bolalar soniga qarab 10 foizdan 50 foizgacha ustama beriladi.

Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun lavozim maoshining 20 foizi, uch nafar bola uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.


❗️Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5679836

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥1🥰1
❗️Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.

Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.

❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥1
⚡️Xushxabar: Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilari uchun ham ustama beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🗿5👏3🥰21
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha haq to‘lanadi?

Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lovlar o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1 155 000 so‘m) nisbatan foiz hisobida to‘lanadi. Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:

– 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (304 490 so‘m);

– 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (364 980 so‘m);

– 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (426 195 so‘m);

– 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (486 255 so‘m);

– 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (609 840 so‘m).

Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (104 640 so‘m), 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (203 280 so‘m).

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23😢10🗿5😨42🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mana bizda ustozning hurmati!

O'quvchining betarbiya onasi farzandiga tanbeh bergan (qattiq gapirgan) ustozdan norozi bo'lib darsni buzib kirib, uni zo'ravonlarcha urmoqda. Holat Sirdaryo tumani, 1-maktabda bo'lgani aytilmoqda.

Videoni tarqataylik, mas'ullarga yetib borsin va zo'ravon ayolga qonuniy jazo berilsin!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯48👍18😨13😢6🗿4😁2🎉21🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ustozni urgan zo'ravon ayol uzr so'radi!

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumanidagi 1-sonli maktabda bo'lgan holat yuzasidan videomaterial tarqalgan edi. Holat zudlik bilan Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi, Sirdaryo viloyati bo'yicha Milliy gvardiya, Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi va o'rganib chiqildi va tegishli chora ko'rildi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎17👍13🗿7😢42🤩21🥰1🤔1
Ustozni urgan ayol ruhiy kasal bo'lgan!

Psixiatrik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayol aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan hamda huquqbuzarlikni sodir etgan vaqtda o‘z harakatlariga javob bera olmagan.

“Shuni tushunib olishimiz kerakki, maktabga duch kelgan odam (dars vaqtida hatto ota-ona ham) istaganicha kirib-chiqish, dars jarayoni va pedagoglar faoliyatiga aralashish, o‘qituvchiga do‘q qilish uyoqda tursin, madaniyat chegarasidan chetga chiqib gaplashishga haqli emas” — Hilola Umarova


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘qituvchilar qadr-qimmatini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi aytdi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33👏10😁5🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤦🏻‍♂ Birovga ziyoni tegmasdan baqirish

Chet elda ustozlar uchun baqirib olish kabinetlari o'rnatilmoqda ekan. Nima deb o'ylaysiz, bizning ustozlarga ham kerakmi?

Ustozlarga yuborib qo'ying!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁36👍33🔥3👏21👎1🥰1🤯1
⚡️ Eng nufuzli universitetlar ishtirokidagi xalqaro ta'lim ko'rgazmasiga taklif etamiz!

🎓
Dunyoning QS reytingida TOP 300 talik nufuzli universitetlar o'zlarining grant va stipendiyalarini taqdim etadigan ko'rgazma 21-25 fevral kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Jizzax shaharlarida bo'lib o'tadi.

Ko'rgazma doirasida bepul IELTS Mock testi, psixometrik (kasb va yo'nalish tanlash) testi kabi imkoniyatlardan ham foydalanishingiz mumkin.

📍 QACHON VA QAYERDA?

🫥 Toshkent: 21-22 fevral 14:00 - 18:00 | Radisson Blu mehmonxonasi

🫥 Samarqand: 23-fevral 14:00 - 18:00 | Movenpick mehmonxonasi

🫥 Buxoro: 24-fevral 14:00 dan 18:00 gacha | Wyndham mehmonxonasi

🫥 Jizzax: 25-fevral 13:00 dan 17:00 gacha | Yoshlar innovatsion markazi

❗️Kirish bepul. Shunchaki, ro'yxatdan o'ting!

💸 Hech qanday firma to`lovlarisiz xorijiy universitetlarga xujjat topshiring, hamda bepul ✈️avia chiptani qo’lga kiriting!

☎️ Batafsil ma'lumot uchun: +998 77 033 55 75
📨 https://www.tg-me.com/qstudy_uz

👍 qstudyworld.com | Instagram | Facebook | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🥰2🔥1
Sertifikatga ega boʻlmagan oʻqituvchilar ham maktablarda chet tilidan dars bera oladi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 28-noyabrdagi 27/9-183-son topshirigʻiga asosan 2025/2026 oʻquv yiliga qadar istisno tariqasida Vazirlar Mahkamasining 471-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan hududlardagi davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablariga xorijiy til oʻqituvchisi sifatida B2 va undan yuqori darajadagi chet tilini bilish sertifikatiga ega boʻlmagan mutaxassislar ham ishga qabul qilinishlari mumkin.

Biroq 2025/2026 oʻquv yili uchun ishga qabul qilingan oʻqituvchilar shu davr mobaynida milliy yoki xalqaro baholash tizimlari boʻyicha kamida B2 darajadagi sertifikatlarga ega boʻlishlari lozim.

❗️Agar ular ushbu bir yillik vaqt mobaynida belgilangan sertifikatlarga ega boʻlmasalar ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga asosan bekor qilnadi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍206🥰2🤔1
Sertifikatga ega oʻzbek tili fani oʻqituvchilariga ham 50 foiz ustama to'lanadi

🇺🇿 Prezident farmoniga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktablarda oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chiroqchi tumanidagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi

Bolalar ombudsmani o‘qituvchiga «noo‘rin so‘z ishlatgan» o‘quvchining ota-onasiga chora ko‘rilganini ma‘lum qildi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏2🤔1
2025/10/25 17:32:37
Back to Top
HTML Embed Code: