Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌿 “Obod Yurt” va “Toza kelajak” sari birgalikda!

Atrof-muhitni asrash, yashil makonlarni kengaytirish va toza muhit yaratish maqsadida Toshkent shahrida 🌟 Kadastr agentligi tizim xodimlari tomonidan “Obod Yurt” hamda “Toza kelajak” ekologik chellenjlari o‘tkazildi.

🍁 Tadbirda 100 ga yaqin xodimlar ishtirok etib jamoat joylarida tozalash ishlari olib borildi. Chiqindilar yig‘ishtirilib, maishiy axlatlar maxsus joylarga topshirildi. Ushbu tadbir Respublikamizning barcha hududlarida ham davom etmoqda.

🖐 Bunday tashabbuslar nafaqat ekologik muhitni yaxshilashga, balki jamiyatda atrof-muhitga mehr bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

#Kadastr_agentligi #ObodYurt #Toza_kelajak

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥43
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Navoiy viloyati “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich viloyatdagi tizimda faoliyat yuritayotgan yosh kadastr xodimlari bilan uchrashdi.

🫥 Uchrashuv davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, kadastr tizimini raqamlashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarga o‘z tashabbuslarini ilgari surish, yangi g‘oyalar bilan sohaga hissa qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

#Kadastr_agentligi #ochiq_eshiklar_kuni

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📃📃📃📃

Navoiy viloyatida tadbirlar davom etmoqda


Avval xabar berganimizdek 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida Karmana tumanida fuqarolarning kadastr sohasiga oid muammolarini hal qilish va takliflarini tinglash maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

🫠 Tadbirda 30 dan ortiq fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha murojaatlarini bildirishdi. Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi, 20 nafardan ortiq fuqarolarga murojaatlarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shu bilan bir qatorda 🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnik jihozlar, yangi raqamli yechimlar, shuningdek, sohaga oid yangiliklar, qaror va farmonlar bilan tanishtirildilar.

Ushbu tadbirning maqsadi — kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar va yosh mutaxassislarning bilimini oshirish, ularni sohadagi islohotlar jarayonidan xabardor etish hamda amaliy tajribasini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

#Kadastr_agentligi #sayyor_qabul

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🔥4🤔1
2025/10/26 02:32:47
Back to Top
HTML Embed Code: