Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Yosh kadastrchilar bilan uchrashuv

Xorazm viloyatida Rahbar va yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.

🔤 Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda kadastr tizimini rivojlantirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda aholiga qulay xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔤Shuningdek, uchrashuvda yosh xodimlarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning tashabbuslari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔤 Yosh kadastrchilar o‘z navbatida mavjud muammolar, taklif va fikr-mulohazalarini bildirar ekan, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini ilgari surdilar.

✔️Uchrashuv samimiy muloqot va ochiq fikr almashinuvi ruhida o‘tib, yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

📌Kadastr agentligi tomonidan yosh kadrlarni tarbiyalash, ularni malakali mutaxassis sifatida shakllantirish hamda sohaning kelajagini ularga ishonib topshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

#Kadastr_agentligi #yoshlar_bilan_uchrashuv

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Hududlarda press-tur tashkil etildi

📰 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Andijon va Buxoro viloyatlari boshqarmalari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Tadbirlar davomida jurnalistlar Asaka, Shahrixon hamda Buxoro tumanlarida uy-joylarning xatlovdan oʻtkazilish jarayonlari bilan bevosita tanishdilar.

Tafsilotlar "Livetv" hamda "Buxoro" telekanallari nigohida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝

💠 Sayyor qabul – muammolarga amaliy yechim

👀 Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq 🌟Kadastr agentligining 🌟Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.X.Suyunov Xorazm viloyati Yangiariq tumanida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

📝 Qabul davomida viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 30 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan:

⚫️16 ga yaqiniga huquqiy tushuntirish berildi va joyida hal etildi,
⚫️14 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘yicha sohadagi mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va muddatlari belgilanib, ijrosi nazoratga olindi,


➡️ Yakunda mas’ullarga kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, fuqarolar bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish hamda kelgusida bu kabi muammoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Kadastr_agentligi #sayyor_qabul

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1🤔1💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Intellekt va ilhom nishoniga aylangan tanlov: “Kitobxon kadastrchi” sentyabr oyining g‘olibi aniqlandi.

🌟 Kadastr agentligi tizimida xizmat qilayotgan fidoyi mutaxassislar nafaqat o‘z kasbining ustasi, balki bilimga chanqoq kitobxonlar ekanligini yana bir bor isbotladilar.📚

Xodimlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, badiiy va kasbiy adabiyotlar orqali dunyoqarashni kengaytirish hamda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Kitobxon kadastrchi” tanlovi o‘zining sentyabr oyi bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.


📖 Tanlov jarayonida ishtirokchilar tanlagan kitoblarini chuqur tahlil etgan holda taqdimotlar o‘tkazdi, o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi va hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga asosli javoblar bilan javob berdi. Bahs-munozaralarga boy, bilim va tafakkur uyg‘unligidagi muhit g‘olibni aniqlashda muhim omil bo‘ldi.

🏆 Bu safar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan ishtirokchi — Egamberdiyev Jamshid Baxtiyor o‘g‘li bo‘ldi. Uning kitob tanlovi, tahliliy qarashlari va taqdimotdagi ishonchli chiqishi hay’at a’zolari tomonidan yuqori baholandi. G‘olib tantanali tarzda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌟 Tanlovning eng muhim jihati — bu bilimli, fikrlovchi va o‘z ustida muntazam ishlovchi xodimlarni rag‘batlantirish, ular orqali tashkilotda ilmiy va intellektual muhitni mustahkamlashdir. Axir, kitob o‘qiydigan xodim – o‘z kasbining yetuk mutaxassisi, taraqqiyotning esa tayanchidir!


#Kadastr_agentligi #Kitobxon_kadastrchi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍10💯3
2025/10/21 09:07:43
Back to Top
HTML Embed Code: