Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr agentligining da’vosi qanoatlantirildi


⚖️ Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmiga ko‘ra, Kadastr agentligining Uzun tuman bo'limi tomonidan fuqaroga nisbatan kiritilgan da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirildi.

📄 Mazkur sud qarori Agentlik tomonidan qonuniylikni ta’minlash va yer munosabatlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning muhim natijasidir.

➡️ Batafsil "Milliy" telekanalining "Millar" informatsion dasturida.

#Kadastr_agentligi #oav_biz_haqimizda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом цивилизацияси марказида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центр исламской цивилизации.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍31💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌿 ORAMIZDAGI KICHIK ODAMLARNING KATTA MEHNATI

Ba’zan biz katta natijalarning orqasida turgan oddiy insonlarni ko‘rmaymiz...
Ammo aynan ularning mehnati tufayli ishlar yurishadi, tizim ishlaydi, hayot davom etadi.

👷‍♀️ Ular — kadastr muhandisi emas, balki dalada, quyosh tig‘ida, yomg‘irda ham o‘z vazifasini sadoqat bilan bajaradigan fidoyi ishchilar.
Ular — jim, ammo halol mehnati bilan yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan xalq qahramonlari.

Bugungi videorolik — mana shu fidoyi insonlarga bag‘ishlanadi.
Ularning har bir qadami — yurtimiz ravnaqi sari tashlangan qadamdir.

#Kadastr_agentligi #Fidoyilar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 21-oktyabr — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI 🇺🇿

🗓 1989-yil 21-oktyabr kuni tarixiy ahamiyatga ega hujjat“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shu kundan boshlab o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

📄 2020-yildan e’tiboran esa ushbu sana rasmiy ravishda “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida nishonlanmoqda.

💬 O‘zbek tili — bu shunchaki aloqa vositasi emas.
Bu — millatning ruhi, tariximizning izhori, ma’naviyatimizning ildizi.
Zero, til bor joyda millat bor, millat bor joyda esa mustaqil ruh barhayotdir!


🌍 Bugungi kunda o‘zbek tilida 50 milliondan ortiq inson so‘zlashadi. Tilimiz dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, xalqimizning faxr va g‘urur timsoliga aylangan.

#Kadastr_agentligi #Uzbek_tili

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📃📃📃📃

📣 DIQQAT EʼLON 

🟢 Hurmatli Navoiy viloyati aholisi hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Navoiy viloyati aholisi uchun joriy yilning 24-oktabr kuni sayyor qabul o‘tkaziladi.

➡️ Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Navoiy viloyati, Karmana tumani, Mirsaid Bahrom MFY Gulbog' ko'chasi 2-uy, Madaniyat markazi binosi.

🕙 Boshlanish vaqti soat 11:00 da.

☎️ Murojaat uchun telefon: +99879 222 27 38

#Kadastr #Sayyor_qabul

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

Kadrlar hujjatlari - intizom
ko'zgusi.

Har bir mutaxassisning bilim va tajribasi kadastr xizmatlarining sifatini, aholiga ko‘rsatilayotgan qulayliklarni belgilaydi.

Shuning uchun:
▪️xodimlarni zamonaviy kadastr va geoinformatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish;

▪️yosh mutaxassislarni tizimga jalb qilish;

▪️mehnat intizomi va halollik tamoyillarini mustahkamlash — asosiy ustuvor yo‘nalishlardandir.

Adolat, halollik va professionallik — Kadastr agentligi kadrlar siyosatining bosh tamoyilidir.

#Kadastr #kadrlar_siyosati #rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida:

📊 792 880 ta obyekt kadastrchilar tomonidan xatlovdan o‘tkazildi.

📌 Xatlov ishlari izchil davom etmoqda.

🕐 Hisobot 2025-yil 21-oktyabr holatida.

#Kadastr_agentligi #Etirof #Qonun_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝

💠 Sayyor qabul – muammolarga amaliy yechim

👀 Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq 🌟Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

📝 Qabul davomida viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 22 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan:

⚫️18 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi va joyida hal etildi,
⚫️4 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘yicha sohadagi mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va muddatlari belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.


➡️ Yakunda mas’ullarga kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, fuqarolar bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish hamda kelgusida bu kabi muammoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Kadastr_agentligi #sayyor_qabul #Sirdaryo

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2💯1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⭕️ Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatayotganini qayd etdi.

⭕️ Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi (dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin).

⭕️ 2030-yilda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

⭕️ Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.

⭕️ Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.

⭕️ Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

⭕️ Bugun start berilgan "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan 150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz ishga tushiriladi. Keyingi bosqichda yana 3 milliard dollar sarmoya hisobiga quvvatlar 500 megavattga olib chiqiladi.

⭕️ Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

⭕️ Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

⭕️“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

⭕️ Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritildi. Lekin bunda sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi aytildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ona tiliga e’tibor — millatga e’tibor!

Til — xalqning ruhi, millatning yuragi.
Ona tili orqali inson o‘zligini anglaydi, ajdodlar donishmandligini eslaydi, kelajak avlodga madaniyat va ma’naviyatni yetkazadi.

🇺🇿 Ona tiliga hurmat — o‘zligimizni asrashdir.
Tilni asrash, uni boyitish, toza va go‘zal so‘zlarni avaylash — har birimizning burchimizdir.

#Kadastr_agentligi #Uzbek_tili #OnaTilim

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🤔1💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan hududlarda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Quyida hududlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Andijon viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Toshkent shahri
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 70 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 400 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🗣 Shuningdek, 60¹-moddasi bilan Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining — 20 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1💯1
2025/10/22 22:17:03
Back to Top
HTML Embed Code: