Telegram Web Link
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⭕️ Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatayotganini qayd etdi.

⭕️ Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi (dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin).

⭕️ 2030-yilda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

⭕️ Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.

⭕️ Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.

⭕️ Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

⭕️ Bugun start berilgan "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan 150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz ishga tushiriladi. Keyingi bosqichda yana 3 milliard dollar sarmoya hisobiga quvvatlar 500 megavattga olib chiqiladi.

⭕️ Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

⭕️ Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

⭕️“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

⭕️ Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritildi. Lekin bunda sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi aytildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ona tiliga e’tibor — millatga e’tibor!

Til — xalqning ruhi, millatning yuragi.
Ona tili orqali inson o‘zligini anglaydi, ajdodlar donishmandligini eslaydi, kelajak avlodga madaniyat va ma’naviyatni yetkazadi.

🇺🇿 Ona tiliga hurmat — o‘zligimizni asrashdir.
Tilni asrash, uni boyitish, toza va go‘zal so‘zlarni avaylash — har birimizning burchimizdir.

#Kadastr_agentligi #Uzbek_tili #OnaTilim

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🤔1💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan hududlarda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Quyida hududlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Andijon viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Toshkent shahri
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 70 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 400 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🗣 Shuningdek, 60¹-moddasi bilan Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining — 20 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida:

📊 797 231 ta obyekt kadastrchilar tomonidan xatlovdan o‘tkazildi.

📌 Xatlov ishlari izchil davom etmoqda.

🕐 Hisobot 2025-yil 22-oktyabr holatida.

#Kadastr_agentligi #Etirof #Qonun_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 245 699 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 37 916 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 7 892 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 19 567 ta;
✔️ E'tirof etilganlar soni - 13 878 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🌟Kadastr agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari manzillari:

📍KADASTR AGENTLIGI

📍 Qoraqalpog'iston Respublikasi
📍 Toshkent shahri
📍 Toshkent viloyati
📍 Andijon viloyati
📍 Farg'ona viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Xorazm viloyati

#Kadastr_manzillari #Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
2025/10/23 07:30:20
Back to Top
HTML Embed Code: