Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Samarqandda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo'lib o'tdi.

💬Kecha 🌟Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdullayev To‘lqin Mansurovich ishtirokida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan yosh kadastr xodimlari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

🔹 Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish, ularning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyat hayotidagi o‘rni va faolligini yanada oshirishdir.

👥 Uchrashuvda 🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari, tuman va shahar bo‘lim hamda filiallarida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etib, sohani yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.


Bildirilgan fikr va tashabbuslar yuzasidan rahbarlar tomonidan munosabat bildirildi hamda mavjud muammolar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.

✍️ Bunday uchrashuvlar yoshlarga o‘z salohiyatini namoyon etish, sohaga oid islohotlarda faol ishtirok etish hamda kasbiy mahoratini yanada oshirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

#Kadastr_agentligi #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3💯2🤔1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наманган шаҳрида Жаҳон банкининг глобал директори Луис Фелипе Лопес-Кальвани қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в городе Намангане принял глобального директора Всемирного банка Луиса Фелипе Лопес-Кальву.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Jahonbanki #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5👍3🔥1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Камбағалликдан фаровонлик сари" халқаро форуми доирасида Осиё тараққиёт банки вице-президенти Инмин Янгни қабул қилди.

В рамках  международного форума «От бедности к процветанию» Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял вице-президента Азиатского банка развития Инмин Янга.

#Mirziyoyev #uchrashuv #OTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6👍4🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida hamda hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardan doimiy xabardor bo'lishni istaysizmi

💡Unda quyidagi havolalar orqali istalgan hudud yangiliklaridan xabardor bo'lib borish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin:

🧷 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlari telegram kanallari:

🔘 💫 Davlat kadastrlari Palatasi
🔘 “Geoinnovatsiya markazi” DUK
🔘 ⭐️ Respublika aerogeodeziya markazi
🔘 🗺 "Kartografiya" DIICHK
🔘 🇺🇿 Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi
🔘 🇺🇿 Kadastr agentligining malaka oshirish markazi

🧷 🌟Kadastr agentligi hududiy boshqarmalari telegram kanallari:

🔘 Andijon viloyati
🔘 Buxoro viloyati
🔘 Jizzax viloyati
🔘 Qashqadaryo viloyati
🔘 Qoraqalpogʻiston Respublikasi
🔘 Namangan viloyati
🔘 Navoiy viloyati
🔘 Samarqand viloyati
🔘 Sirdaryo viloyati
🔘 Surxondaryo viloyati
🔘 Toshkent viloyati
🔘 Fargʻona viloyati
🔘 Xorazm viloyati
🔘 Toshkent shahri

#kadastr_agentligi #ijtimoiy_tarmoqlar #tizim_tashkilotlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida:

📊 692 137 ta obyekt kadastrchilar tomonidan xatlovdan o‘tkazildi.

📌 Xatlov ishlari izchil davom etmoqda.

🕐 Hisobot 2025-yil 18-sentyabr holatida.

#Kadastr_agentligi #Etirof #Qonun_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑 🎬🎬🎬🎬

🖍 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan 937-son QONUN asosida olib borilayotgan xatlov ishlari haqida bilasizmi?

⚡️ “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunga binoan xatlov ishlari 10 bosqichda amalga oshirilmoqda.

📼 Ushbu rolikda siz:

👀 Har bir bosqichda nimalar amalga oshirilishi;
👀 Fuqarolar tomonidan tez-tez yo‘l qo‘yilayotgan asosiy xatoliklar;
👀 E’tiborsizlik tufayli huquqdan quruq qolish holatlari haqida batafsil ma’lumot olasiz.

⚠️ Vaqt o‘tmoqda – harakat qilish esa Sizning qo‘lingizda!

#Kadastr_gentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍3🔥2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi direktori hamda 🇰🇷Koreya Respublikasining 🇺🇿O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi – janob Von Do Yon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬Joriy yilning 18-sentyabr kuni Kadastr agentligi direktori Pulatov Farrux Jaxongirovich hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi – janob Von Do Yon o‘rtasida yer va ko‘chmas mulk munosabatlari sohasidagi strategik hamkorlikni samarali davom ettirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📝 Uchrashuv kun tartibidan Agentlik faoliyati, Koreya Respublikasi Yer, infratuzilma va transport vazirligi, Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi, Yer va fazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

📰 Jumladan:
“O‘zbekistonda milliy geoaxborot tizimini yaratish”,Fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish, “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” loyihalari geoaxborot tizimlari va fazoviy ma’lumot sohasini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga munosib hissa qo’shayotgani qayd etildi.


Hamkorlikni yangi yo‘nalishlarini ochish va aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida:
- Manzillar tizimini modernizatsiya qilish;
- Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish taklifi bildirildi.


Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.

#Kadastr_agentligi #xalqaro_aloqalar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4👍2💯2🤔1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr yuzasidan savolingiz bormi?

📱1097 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va o‘z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

#ishonch_raqami #1097

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇹🇷Turkiyaning Istanbul shahrida qamrovi jihatidan dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan “Texnofest-2025” festivali bo‘lib o‘tmoqda.

👨‍💻 "Texnofest" festivali aviatsiya, kosmos va texnologiya sohalarida o‘zaro faol tajriba almashish maqsadida 2018-yildan buyon tashkil qilib kelinadi.

💬 “Texnofest-2025” festivaliga 100 ga yaqin davlatlardan ixtirochi, muhandis va turli sohasidagi yoshlar jamoalari jam bo‘lishgan.

💬 Texnofest Istanbulning Otaturk ayeroportida tashkil etilgan bo‘lib, 1 000 000 kvadrat metr tashqi makon va 80 000 kvadrat metr yopiq maydonda texnologiya va ilm-fan ixlosmandlarini birlashtirdi.

💬Festivalda O‘zbekiston vakillari ham o‘zining bir nechta loyihalari va turli sohalardagi texnologik yangiliklar bilan ishtirok etmoqda.


#Kadastr_agentligi #Xalqaro_aloqalar #Turkiya #texnofest_2025

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥3🤔1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍“Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 🌟Kadastr agentligining “E-YER NAZORAT” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi.

2026-yil 1-yanvardan maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, ularga tegishli choralar ko‘rishga oid vazifalari faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.

📝 Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko‘ra hududlarni quyidagicha toifalarga bo‘lish belgilandi:

🔴 “qizil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;
🟡 “sariq” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli o‘rta hududlar;
🟢 “yashil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.


🔍 Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi.

#Kadastr_agentligi #pq_287

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🔥3
2025/10/21 22:27:00
Back to Top
HTML Embed Code: