Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi 32-Xitoy Yanlin xalqaro qishloq xo‘jaligi yarmarkasida ishtirok etdi
🌍 Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi, tarix va innovatsiyalar uyg‘unlashgan Yanlin shahri agrar texnologiyalar sohasidagi yirik xalqaro tadbir — 32-Xitoy Yanlin qishloq xo‘jaligi yuqori texnologiyalar yarmarkasiga mezbonlik qildi. 24–26-oktabr kunlari o‘tgan mazkur forum Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) doirasida tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.
🤝 Yarmarka doirasida ShHTga a’zo va kuzatuvchi 26 ta davlatdan 100 ga yaqin rasmiy delegatlar ishtirok etdi. Ular agrar sohada ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, seleksiya, agroinnovatsiyalar, aqlli texnologiyalar va raqamli qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
💡 Tadbirda zamonaviy qishloq xo‘jaligini ilmiy-innovatsion rivojlantirish, transchegaraviy elektron savdo, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashildi.
🇺🇿 Forum ishtirokchilari O‘zbekiston tomonidan Xitoyning Yanlin qishloq xo‘jaligi yuqori texnologiyalar markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qator istiqbolli loyihalar bilan ham tanishtirildi.
👥 Shuningdek, vazirlik delegatsiyasi Shensi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi kasbiy-texnika universitetining xalqaro fakulteti dekani professor Yan Syuetszi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Farg‘ona viloyatidagi Lola Murotova nomidagi ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi maktabi bilan mazkur universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
✍️ Tomonlar agrar sohada kadrlar tayyorlash, tajriba almashish va ilmiy izlanishlarni birgalikda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib oldilar.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🥰1👏1
Poliz ekinlari yetishtirishda qaysi hudud yetakchi?
🫑 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2,1 mln tonna poliz yetishtirilgan.
📈 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga o‘sgan.
ℹ️ Hududlar kesimida yetishtirilgan poliz hajmi:
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 157 512 tonna;
➖Andijon viloyati – 141 375 tonna;
➖Buxoro viloyati – 150 866 tonna;
➖Jizzax viloyati – 280 230 tonna;
➖Qashqadaryo viloyati – 265 186 tonna;
➖Navoiy viloyati – 73 340 tonna;
➖Namangan viloyati – 99 462 tonna;
➖Samarqand viloyati – 112 910 tonna;
➖Surxondaryo viloyati – 262 018 tonna;
➖Sirdaryo viloyati – 276 475 tonna;
➖Toshkent viloyati – 60 288 tonna;
➖Farg‘ona viloyati – 126 551 tonna;
➖Xorazm viloyati – 127 537 tonna.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 157 512 tonna;
➖Andijon viloyati – 141 375 tonna;
➖Buxoro viloyati – 150 866 tonna;
➖Jizzax viloyati – 280 230 tonna;
➖Qashqadaryo viloyati – 265 186 tonna;
➖Navoiy viloyati – 73 340 tonna;
➖Namangan viloyati – 99 462 tonna;
➖Samarqand viloyati – 112 910 tonna;
➖Surxondaryo viloyati – 262 018 tonna;
➖Sirdaryo viloyati – 276 475 tonna;
➖Toshkent viloyati – 60 288 tonna;
➖Farg‘ona viloyati – 126 551 tonna;
➖Xorazm viloyati – 127 537 tonna.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯3👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chat ekib suv quymasangiz nima bo‘ladi?
🌾 Hosil kutilgan natijani bermaydi — o‘simlik kuchsiz o‘sadi yoki butunlay nobud bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1🙏1🕊1💯1
Finlyandiyaning “Valtra” kompaniyasi bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Finlyandiyaning mashhur “Valtra” kompaniyasi bosh direktori Mikko Lexikoynen bilan uchrashdi. Muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, istiqbolli loyihalarni tizimli amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
💻 Uchrashuv avvalida mamlakatimizda raqamli transformatsiya, aniq dehqonchilik texnologiyalari, hamda zamonaviy texnika yechimlarini joriy etish yo‘nalishlarida “Valtra” bilan o‘zaro tajriba almashish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🤑 Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan tejamkor foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar muhokama qilindi.
🚜 “Valtra” – dunyo miqyosida tan olingan AGCO korporatsiyasining global brendi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini ishlab chiqishda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Kompaniya faoliyati nafaqat dehqonchilik, balki kommunal xo‘jalik, o‘rmon xo‘jaligi, mudofaa va aeroport infratuzilmasi sohalarini ham qamrab oladi.
🔗 Ma’lumot o‘rnida, AGCO korporatsiyasi 2024-yilda 11,2 milliard yevro aylanmaga erishgan bo‘lib, “Valtra” Yevropa bozorida kompaniya daromadining salmoqli qismini ta’minlab kelmoqda.
📈 Suhbat chog’ida vazir har ikki tomon manfaatlariga mos hamkorlik loyihalarini amaliyotga tezroq joriy etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni mamlakat agrar tarmog‘iga jalb etish yo‘lida har tomonlama institutsional va tashkiliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.
✅ Muloqot yakunida esa tomonlar muhokama qilingan masalalar yechimini ta’minlash, hamkorlik asosida zamonaviy texnikalar ishlab chiqarish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib oldilar.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
🚜 “Valtra” – dunyo miqyosida tan olingan AGCO korporatsiyasining global brendi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini ishlab chiqishda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Kompaniya faoliyati nafaqat dehqonchilik, balki kommunal xo‘jalik, o‘rmon xo‘jaligi, mudofaa va aeroport infratuzilmasi sohalarini ham qamrab oladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏2💯1
