Telegram Web Link
“Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan oʻzgartirish zarur — Prezident

Sohada eng asosiy masalalardan biri, bu – xom ashyo.

Klasterlarda qoramolni koʻpaytirish bilan birga, aholi xonadonlari va terini qayta ishlash korxonalari bilan kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil qilingan.

Lekin, yer ajratish va kredit masalasi toʻliq hal qilinmagani uchun barcha klasterlarning ham faoliyati hali yurib ketgani yoʻq. Masalan, 19 ta klasterga yetarli yer maydonlari ajratilmagan.

Aytilgan muammoli masalalardan kelib chiqib “Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida bittadan yirik charm klasteri tashkil etiladi

Bunda ekologiyaga javob beradigan suv tozalash inshooti va bino qurish uchun 40 million dollar arzon resurs yoʻnaltiriladi. Bu yerdagi tayyor loyihalarga 7 yilda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tabiiy va sunʼiy charmdan mahsulot chiqaruvchi xorijiy brendlar joylashtiriladi.

Xorijiy brend jalb qilgan har bir korxonaga sorsing kompaniyalari uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qismini qoplab berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, 14 ta kichik sanoat zonasida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash, 11 ta chorva klasteriga ozuqabop ekin ekish uchun yer masalasini toʻliq hal qilish vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Tadbirkorga polipropilen 1 yilgacha muddatga beriladi

Prezidentimiz gilam ishlab chiqaruvchilarning xom ashyo muammosidan xabari borligini taʼkidladi.

Oʻtgan yili gilam korxonalariga markazlashgan holda polipropilen olib kelish tizimi yoʻlga qoʻyilgani oʻz samarasini berdi.

Bu yil ham shu tajriba davom ettirilib, mablagʻ ikki karra koʻpaytiriladi.

Gilam ishlab chiqarish, sotish va valyuta tushishigacha boʻlgan vaqtni inobatga olib, tadbirkorga polipropilen 1 yilgacha muddatga beriladi.

Kanalga ulanish:

@uzauz
Oxirgi 7 yilda pilla yetishtirish hajmi 2,5 barobarga, ipak mahsuloti eksporti 3 barobarga oshdi

Davlatimiz rahbari ipakchilikdagi muammo va imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi.

Oxirgi yetti yilda bu sohaga katta eʼtibor berilib, klaster tizimi joriy qilindi. Jumladan, 74 ta pilla-ipakchilik klasteri va 11 ta urugʻchilik korxonasi tashkil qilindi. Tut maydonlari 40 ming gektardan 55 ming gektarga koʻpaydi.

Buni hisobiga, pilla yetishtirish hajmi 2,5 barobar oshib, 26 ming tonnaga yetdi, ipak mahsuloti eksporti 3 barobar koʻpaydi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Eksportda ipakdan tayyor mahsulot ulushini koʻpaytirish zarur — Prezident

Yigʻilishda sohaga ipak qurtini parvarishlash, kasallikdan saqlash agrotexnikasi va innovatsiyalari kirib kelmagani hisobiga urugʻdan pilla olishda yoʻqotishlar saqlanib qolayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, dunyoda ipak mahsuloti importini 45 foizi toʻgʻri kelayotgan Yevropa bozoriga chiqish muhimligi qayd etildi.

Eksportda ipakdan tayyor mahsulot ulushini, jumladan, pillani chuqur qayta ishlab, tayyor ipak mahsulotlari, mato va uy tekstili ishlab chiqaradigan quvvatlarni koʻpaytirish zarur.

Pillachilik uchun ozuqa bazasi boʻlgan tutzorlarda yangi navli hosildor tut ekishini kengaytirish muhim. Bizdagi 1 million gektarga yaqin paxta maydoniga bir-ikki qatordan tut ekilsa, 50-60 ming tonna ozuqa zaxirasini shakllantirish mumkin.

Kanalga ulanish:
@uzauz
⚡️Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi

Kanalga ulanish:
@uzauz
⚡️Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer soligʻining 10 foizi toʻlanadi — Prezident farmoni.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Yangi tutzorlar tashkil qilish uchun 105 ming gektar yer ajratiladi

Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilsa boʻladigan 105 ming gektar yer ajratish topshirildi.

Bu yerlar lotlarga boʻlinib, auksionda beriladi, auksiondagi yerning boshlangʻich narxi 10 foiz etib belgilanadi.

Kanalga ulanish:

@uzauz
Ipak olishning muqobil usullari yoʻlga qoʻyiladi

Hozirda Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yoʻlga qoʻyilgan.

Bu yangi yoʻnalishni oʻzimizning iqlim sharoitimizdan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut oʻsimligi va qurti urugʻlarini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi.

Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yoʻqotishsiz yigʻib olinishini taʼminlash boʻyicha qator topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish:

@uzauz
Davlatimiz rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Mutasaddilarga:

- ishlab chiqaruvchilarga Yevropa bozorlariga chiqish uchun talab etiladigan sertifikat olishiga koʻmaklashish;

- xorijiy davlatlardagi savdo uylarida milliy charm, gilam va ipak mahsulotlarini ham joylashtirish, yangi savdo uylarini ochish;

- Andijon, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida oʻrta boʻgʻin xodimlarini 6 oyda tayyorlaydigan markazlarni tashkil qilish;

- Kooperatsiya portalida faqat haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartibni joriy qilish  va tadbirkorlar koʻtargan boshqa masalalar yechimi boʻyicha taklif kiritish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Yigʻilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi.

Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel oyini oʻzida 365 ming aholi bandligi taʼminlangani va tadbirkorlikka jalb qilingani qayd etildi.

Banklar oʻz mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming aholiga ishli boʻlishga koʻmaklashdi.

Mahallalarda 70 mingta mikro-loyiha amalga oshirildi, 465 ming gektar tomorqa yerlariga ekin ekildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Davlatimiz rahbari “Sayxunobod” tajribasi doirasidagi ishlar hamma hududlarda ham birdek tashkil qilinmayotganini koʻrsatib oʻtdi.

Masalan, 7 ta tuman oʻrganilganda, 17 ta mahallada ishlar sustligi aniqlandi.

Yoki, ishga tushgani aytilgan 1 mingdan ziyod xonadondagi mikro-loyihalar joyida oʻrganilganda, 76 tasi yoki 7 foizi oʻz tasdigʻini topmadi.

Shu bois, sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar masʼullar ishdan olingan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezidentimiz bandlik va aholi daromadi masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini yana bir bor taʼkidlab, bu borada oqsoqlikka yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida barcha darajadagi rahbarlarni ogohlantirdi.

Yana bir muhim masala – tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaromiz qaytib kelgan. Yil oxirigacha yana 250-300 ming nafari qaytishi prognoz qilinmoqda.

Ularni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga koʻmaklashish muhimligi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga migratsiya boʻyicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga koʻmaklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident: Bugungi murakkab vaziyatda ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali odamlarni ishli va daromadli qilish – eng katta maqsadimiz

Kanalga ulanish:
@uzauz
Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 13-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 718,08 so‘m (+ 23,08)
1 RUB 137,82 so‘m (– 0,30)
1 EUR 13 710,09 so‘m (+ 61,70)

Kanalga ulanish: 
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari charm klasterlariga xorijiy brendlarni keng jalb qilish muhimligini taʼkidladi

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha 52 banddan iborat milliy dastur ishlab chiqildi.

Dastur doirasidagi chora-tadbirlarga 294 million dollardan ortiq grant mablag‘lari jalb qilish nazarda tutilgan.

Jumladan, Orolbo‘yida 1 million gektardagi agroekologik landshaftlar hamda degradatsiyaga uchragan yaylovlar holati yaxshilanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ihotazorlar barpo qilinadi. Suv ta’minoti og‘ir yerlarda qizilmiya, na’matak, kunjut, artemiya yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Iqlim o‘zgarishini tahlil va bashorat qilish bo‘yicha markaz tuzilib, 5 ta viloyatda agrometeorologiya stansiyalari o‘rnatiladi.

Shuningdek, Italiya bilan hamkorlikda Intensiv urug‘chilik va ko‘chatchilik xalqaro markazi, sho‘rga va suvsizlikka chidamli ekinlar bo‘yicha urug‘chilik xo‘jaligi tashkil etiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
2024/06/06 10:13:41
Back to Top
HTML Embed Code: