Telegram Web Link
Kasaba uyushmalari faoliyatining yangi qirralari nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham ularning o‘rni va nufuzi ortib borishiga xizmat qilmoqda.

Federatsiya tashabbusi bilan 2021-yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari kengashi tuzildi.

2023-yilda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari tashkilotiga asos solindi.

Federatsiya o‘tgan yili Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga a’zo bo‘lgani uning dunyodagi mavqeini yangi bosqichga olib chiqadigan tarixiy voqea bo‘ldi.

Federatsiyaning ijtimoiy himoya, gender tenglikni ta’minlash, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari ham to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Kanalga ulanish:
 
@uzauz
Prezident "Kasaba uyushmalari bog‘lari"ni tashkil etishni taklif qildi

Yurtimizda kasaba uyushmalari harakatiga 1905-yilda asos solinganini isbotladi. Shu bois, bu yil butun mamlakatimiz bo‘ylab, kasaba uyushmalari harakatining 120-yillik yubileyi keng nishonlanmoqda.

Mana shu qutlug‘ sana munosabati bilan Prezidentimiz mehnatkash xalqimizga chuqur hurmat va ehtirom ifodasi sifatida har bir hududda "Kasaba uyushmalari bog‘lari"ni tashkil etishni taklif qildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#OB_HAVO

O'zbekistonga ertadan salqin havo massasi kirib keladi

Ayrim joylarda qor yog'adi


18 oktabrda shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kunduz kunlari asta-sekin pasayadi va 18 oktabrda 21-26 darajani, shimolda 15-20 darajani;

19 oktabrda 28-23 darajani, shimolda 13-18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18 oktabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Toshkentda: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi
25-27 daraja, shanba kuni 23-25 daraja, yakshanba kuni 19-21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin 8-10 darajagacha pasayadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zenergoinspeksiya xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (647-son) qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tasdiqlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

Markaziy bank 20-oktabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

1 dollar — 12 108,24 soʻm (-52,75)
1 yevro — 14 169,06, soʻm (-9,44)
1 rubl — 149,10 soʻm (-4,82)

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari o‘zining 120-yilligini nishonlayotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari vakillari bilan muloqot qildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘onistondan kontrabanda qilingan narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Britaniya telekanalida Oʻzbekiston haqidagi film premyerasi

Strategik islohotlar agentligi va Turizm qoʻmitasi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film yaratildi. Kartina britaniyalik mashhur olima, yozuvchi va teleboshlovchi Bettany Xyuz tomonidan “TREASURES OF THE WORLD” (Jahon xazinalari) seriali doirasida suratga olingan. Unda mamlakatimiz tarixi va tabiati zamonaviy kinoeffektlar orqali yoritilgan.

Film premyerasi bugun, 18-oktabr kuni London vaqti bilan 19:00 da Britaniyaning “Channel 4” telekanalida boʻladi.

Uni tez kunlarda O'zbekistonda ham namoyish etish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida korrupsiya holatlari aniqlandi

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
2025/10/31 11:21:39
Back to Top
HTML Embed Code: