Telegram Web Link
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va AQSH sammitida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev AQShga navbatdagi tashrifini yakunlab, Toshkentga jo’nab ketmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
AQSH Prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:

"Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi.

Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!".



Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil Xitoydan import qilindi

2025-yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan umumiy qiymati 473 mln dollar bo‘lgan 40 345 dona elektromobil import qilindi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 140 donaga ko‘payib, qariyb 2,5 barobar oshgan.

Eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan davlatlar:

—  Xitoy – 39 798 dona
—  Gonkong – 249 dona
— Koreya Respublikasi – 165 dona
— Germaniya – 43 dona
— AQSH – 25 dona
— Boshqa davlatlar – 65 dona

Kanalga ulanish:
@uzauz
Eng ko'p  MTTlar Samarqanda tashkil etilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 38 058 tani tashkil etgan.

Ularning 28 729 tasini oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etadi.

MTTlar soni 2023-yilga nisbatan 2 085 taga oshgan.

Hududlar kesimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni:

Samarqand viloyati – 4 507 ta

Andijon viloyati – 4 324 ta

Qashqadaryo viloyati – 4 216 ta

Farg‘ona viloyati – 4 189 ta

Namangan viloyati – 3 962 ta

Surxondaryo viloyati – 3 077 ta

Toshkent viloyati – 2 340 ta

Buxoro viloyati – 2 153 ta

Xorazm viloyati – 2 049 ta

Jizzax viloyati – 1 709 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 874 ta

Navoiy viloyati – 1 466 ta

Sirdaryo viloyati – 1 145 ta

Toshkent shahri – 1 047 ta

Kanalga ulanish:
 
@uzauz
O‘zbekistonda dollar kursi ko'tarildi

Markaziy bank 10-noyabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

1 dollar — 12 060,27 soʻm (+37,35)
1 yevro — 13 916,35 soʻm (+73,16)
1 rubl — 148,87 soʻm (+0,73)

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekistonda ilk mikromoliya banki — “TAYANCH” faoliyatini boshladi

Markaziy bank Boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 27/7-sonli qaroriga asosan, “Tayyab Finance Mikromoliya Tashkiloti” AJga mikromoliya banki sifatida faoliyat yuritish uchun rasmiy litsenziya berildi.

Shu munosabat bilan tashkilot faoliyati endilikda “TAYANCH” mikromoliya banki nomi ostida davom ettiriladi. Hozirda tegishli reyestrlarda zarur o‘zgarishlar kiritilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi o‘zaro hurmat va manfaatga asoslangan O‘zbekiston–AQSH munosabatlarining yangi qirralarini ochdi hamda hamkorlikni aniq loyiha va kelishuvlar bilan boyitdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekistonda 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi

Bugun soat 09:14 da O‘zbekistonda 3,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila markazi Buxoro viloyati, Gazli shahrida bo‘lib, chuqurligi 10 km ni tashkil etdi.

Episentrda zilzila 3 ball, Gazli shahrida esa 2 ball sezildi. Zilzila Toshkentdan 506 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Kanalga ulanish:
 
@uzauz
Urgut tumanida hokim yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasida aniqlangan 61 mln. so‘mlik kamomad bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-modddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi mazkur jinoyat ishining unda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan biriga tegishli qismini tanishlari yordamida ijobiy hal qilib berish evaziga 2500 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

So‘ngra hokim yordamchisi ushbu pullarni mahalliy advokatlik byurosi advokatiga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda mazkur qonun himoyachisi ham 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, advokat mansabdor tanishlari orqali jinoyat ishining gumondor shaxsga tegishli qismini JPKning 84-moddasi bilan tugatib berishni va’da qilgan.

Hozirda hokim yordamchisi va advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Afsuski, hokim yordamchisi muqaddam JKning 167-moddasi bilan, advokat esa 168-moddasi bilan sudlangan bo‘lishlariga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.

Kanalga ulanish:
 
@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi

Kanalga ulanish:
 
@uzauz
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi.

OncoDaily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha jahon kun tartibini belgilovchi yetakchilarni o‘z ichiga olgan "Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol" reytingini e’lon qildi.

Ular orasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor.

Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini alohida ta’kidlagan.

Kanalga ulanish:
 
@uzauz
2025/11/09 03:31:15
Back to Top
HTML Embed Code: