Telegram Web Link
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Doha shahrida Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Qatarga amaliy tashrif yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining "C5+1" formatidagi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Vashington shahriga jo‘nab ketdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari ijtimoiy rivojlanish borasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga chaqirdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

Markaziy bank 5-noyabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

1 dollar — 11 950,63 soʻm (-21,71)
1 yevro — 13,744,42 soʻm (-41,73)
1 rubl — 147,70 soʻm (-0,09)

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev 🇺🇸AQSh Prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida qatnashish uchun Vashington shahriga amaliy tashrif bilan yetib keldi.

Dastlab davlatimiz rahbari Vashingtonda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan samimiy suhbat qurdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent va Navoiy viloyatlarida korrupsiya holatlari aniqlandi

Kanalga ulanish:
@uzauz
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberhuquq” yo‘nalishi joriy etiladi

"Raqamli prokuratura – 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–204-son, 03.11.12025 y.) qabul qilindi.

Yangi “E-tergov” axborot tizimi joriy etilib, jinoyat ishlarini yuritish jarayonlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Tizim orqali sud ekspertizasi onlayn tayinlanadi hamda moddiy zararlarni hisobga olish va undirish monitoringi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 4 yillik “Kiberhuquq” bakalavriat yo‘nalishi ochiladi.

Bundan tashqari, Bosh prokuratura tarkibida yangi Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Tojikistonning Sug‘d viloyatida 05.11.2025 soat 10:58 da 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Chuqurligi 12 km. Toshkentdan 133 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Sirdaryoda 2–3 ball sezildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Toshkent shahridagi  ko'chalardan birida harakat vaqtincha cheklanadi

Mirzo Ulug‘bek tumani Nihol ko‘chasida yo‘l ta’miri sababli, Milliy bog‘ ko‘chasidan aylanma chorrahagacha bo‘lgan qismda transport harakati 5-noyabr soat 23:00 dan 6-noyabr soat 23:00 gacha vaqtincha cheklanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Vashington ko’chalarida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi munosabati bilan qutlov so’zlari aks etgan maxsus ekranli traklar harakatlanmoqda.

Bu aksiya Vashington va Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz tomonidan tashkil qilingan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Toshkent viloyatida qariyb 5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik – jahon hamjamiyati oldida turgan eng katta muammolardan biri bo‘lib, u nafaqat inson salomatligiga, balki mamlakat istiqboliga ham jiddiy zarar yetkazadi.

Afsuski, bugun dunyoda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar sonining tobora ortib borishi, narkosavdogarlar tegirmoniga suv quymoqda.
O‘zgalar hayotini zaharlash orqali boylik orttirishni maqsad qilgan bu toifa odamlar qonun oldida javob berishlari muqarrar.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotik modda ashyoviy dalil sifatida olindi.

Xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘liga yaqin bo‘lgan xufiya joyga muqaddam narkokure’rlar tomonidan qoldirib ketilgan, jami 10 dona o‘ramdagi 4 kg 956 gr "opiy" moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu ajal og‘usi egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, bu turdagi giyohvandlik vositalari mamlakatimizga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelinadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
AQSHga sayohat qiluvchi o‘zbekistonliklar soni orib bormoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida 12 953 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 9,3% ga ko‘pdir.

Safar maqsadlari bo‘yicha taqsimot:

Sayohat – 9 236 nafar

Qarindoshlarni yo‘qlash – 3 114 nafar

O‘qish – 304 nafar

Xizmat safari – 273 nafar

Davolanish – 26 nafar

Kanalga ulanish:
@uzauz
2025/11/06 04:23:33
Back to Top
HTML Embed Code: