Telegram Web Link
Nemtsov ham fevral oyida o‘ldirilgan edi.
Kuni kecha internetda bir amerikalik jurnalistning Moskva shahrida sayr qilib "bularning metrosi chiroyli ekan, biznikidan ancha toza ekan, kartoshkasi magazinlarda arzon ekan" degan ohangdagi gaplari to'lib ketgan edi. Vaholanki, bularning barida deyarli bir tiyinchalik qadri yo'q, agarda oliy ne'mat - erkinlik bo'lmasa.

O'sha jurnalist bugun endi nima deydi?

@uzbekonomics
​​AQShning eng katta quroli bu immigratsiya.

Kongressning Byudjet byurosi hisob-kitoblariga ko'ra, mamlakatga immigratsiyaning ko'payishi tufayli kelgusi 10 yil ichida YaIM taxminan 7 trillion dollarga va byudjetga tushumlar taxminan 1 trillion dollarga oshar ekan.

@uzbekonomics
Kecha immigratsiya "quroli" haqida yozgandim, bugun Britaniya ichki ishlar vaziri mamlakatga immigratsiyani “keskin qisqartirish” doirasida bir loyihani e’lon qilibdi. Unga ko’ra, mamlakatga qarovchi kasbida (caregiver) ishlashga kelayotgan xorijliklar o’z oila a’zolarini (turmush o'rtoq va farzand) o’zlari bilan ola kelmas ekanlar.

Qarang, mamlakatga shartli yoshi keksalarga, yordamga muxtojlarga qarashga kelayotgan immigrant-ishchilarga “siz bizni oilaga yordamga keling, lekin o’z oilangizni olib kelmang” degandek bo'lyapti.

@uzbekonomics
Qiziquvchanlarga, iqtisodiyot faniga kirish darsligi sifatida mana bu elektron kitobni tavsiya etaman. Aftidan, juda yaxshi, ayniqsa mikroiqtisodiyot kitobi. Eng muhimi u bepul va sahifasidan qaysi universitetlarda darslik sifatida ishlatilayotgani haqida ham bilib olsa bo'ladi.

https://core-econ.org/the-economy/

@uzbekonomics
Aytgancha, agar vaqtim ko'p va bemalol bo'lganida iqtisodiyot va moliya bo'yicha kirish darsligi, yoki qo'llanmani (handbook) o'zbek tilida o'zim yozgan bo’lar edim. Nafaqat joriy iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotini an’anaviy darslik sifatida tarjima qilib, balki yangi va oxirgi ilmiy tadqiqotlarning keraklilarini jamlagan holda, kitobdagi misollarning, tushunchalarning barchasini aynan O’zbekiston, va rivojlanayotgan mamlakatlar kontekstida qilgan bo’lar edim.

Logistik nuqtai nazardan, bu kitobimni men albatta faqat va faqat lotin yozuvidagi o’zbek tilida yaratib, o’quvchilar uchun bepul va onlayn formatda ham mavjud qilar edim. Onlayn shaklda deganda men PDF kitobni emas, balki yuqorida ulashgan kitob yoki boshqa o’xshash kitoblar kabi interaktiv qilib, mashg’ulotlarni ma’lumotlar ustida statistik dasturlarda ishlash orqali qilib, barcha boblar xulosasi, muhim qismlarni video shaklida o’zbek tilida tushuntirib, visual nuqtai nazardan qiziqarli qilgan bo’lar edim. Ayniqsa, bu yo’nalishlarga endi qiziqayotgan o’quvchi/talabalar uchun aynan yangi ma’lumotni qo’lda va ko’zda tatbiq etilishini ko’rish va o’zlari qilib ko’rish muhim. Kitob onlayn platforma shaklida bo'lishining sababi u barchaga ochiq dostupda bo'ladi, va natijada nashriyotlarga bog'liq bo'lmasdan, chop etish jarayonida to'qnashiladigan istalgan muammolarni cheklab o'tadi, balki.

Bundan tashqari, kitob/darslik faqat o’quvchi uchun emas, balki muallimlar uchun metodichkasini ham shunday tarzda qiziq va tushunarli qilar edim. Axir, buni o’rgatish, o’qitish uchun muallimga ham yordam kerakku.

Xullas, bu loyiham uchun faqat o’zimning vaqtim ham, kuchim ham yetmaydi. Masalan, tarjimon, yozuvchi, iqtisodchi-mutaxassislar, montajchilar, IT- mutaxassislar yordami kerak bo’ladi. Muhimi, kitob holis va har tomonlama to’liq bo’lishi uchun bir qancha inson qo’li va ko’zlari jarayonda bo’lishi maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Yaqin orada shu haqda jiddiy o’ylab ko’rishim, iqtisodchi do’stlar bilan maslahatlashib ko’rishim kerak. Aytgancha, yuqorida aytilgan yordamchilarning yaxshilarini jalb qilish, ularni rag’batlantirish va texnik tomonlarini qoplash uchun moliyaviy hamkor ham kerak bo’ladi deb o’ylayman. Agar jarayon boshlansa saxovatpesha va ilm-fanga befarq bo’lmaganlar ham chiqishiga ishonchim komil.

Nima deb o'ylaysiz?

@uzbekonomics
​​Bu haftaning eng muhim so’zi bu shubhasiz NVIDIA.

Chip ishlab chiqaruvchisi bu korxona, sun'iy intellekt yoki sun'iy intellekt dasturlarini quvvatlantirish uchun ishlatiladigan yarimo'tkazgichlarga talab ortib borayotgan paytda dunyoda eng qulay pozitsiyada turibdi.

Oxirgi moliyaviy ko’rsatkichlari buni tasdiqladi. So'nggi chorakda kompaniyaning daromadi o'tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravar oshdi. Bir kunda kapitalizatsiyasi qarib $300 milliardga oshdi (2 trln).

Asoschisi Jensen Huang (rasmda, bozorlik qilayotgan) va korxona tarixi haqida ko’proq bilish uchun ikkita narsa, ushbu podkastni va bu maqola-intervyuni tavsiya etaman.

@uzbekonomics
​​Yaponiyada ayollarning mehnatdagi ishtiroki sezilarli darajada oshgani haqida grafik. Keskin o'sish Abenomics davriga to'g'ri kelayotganga o'xshaydi.

@uzbekonomics
​​Men istalgan shaharga borsam, ayniqsa xorij mamlakatlarida, eng yoqtiradigan mashg’ulotlarimdan biri bu jamoat kutubxonasiga borish. Kutubxonaga borib kitob o’qish uchun emas, aslo. Kutubxona faqat kitob o’qiydigan joy emasligi haqida avvalroq yozgan edim. Shu kungacha bo’lgan tajribamda, tinch va shinam joyda o’tirib, internetga ulangan holda barcha ishlarimni bitirish uchun eng qulay joy bu jamoat kutubxonalari. Avvalambor ular barcha uchun bepul. Ikkinchidan, ular doimo shaharning eng markazida joylashgan bo’ladi va shaharning turli tumanlarida filiallari ham mavjud bo’ladi. Ya’ni, shaharning qaysi rayonida bo’lmang, albatta jamoat kutubxonasi chiqadi. Bu narsani Sent-Luisda ham, Londonda ham, NyuYorkda ham, Edinburgda ham, Bostonda ham kuzatsa bo’ladi. Shaharning markazida bo’lgani uchun turistlar ham ko’p kiradi. Ha, albatta, binolar juda tarixiy va go’zal bo’lgani uchun ko’rishga kirishar ham, lekin turistlar bunday joylarga boshqa sabablar bilan ham kiradi (bepul wifi, kafeteriya, jonli musiqa, hojatxona, ochiq havodagi bog’ va qish bo’lsa shunchaki isingani).

Yaqinda Parijda ish bilan bo’lgan edim. Shu an’anamga sodiq qolgan holda shaharda o’zim uchun eng estetik go’zal va foydalanishga qulay joylardan birini topdim – Fransiya Milliy Kutubxonasi (rasmda, BNF Richelieu). Odam juda ko'p edi. Shu shaharga yo'li tushganlarga tavsiya etaman, tarixiy joy ham. Ikkinchi tavsiya qiladigan joyim Mazarine kutubxonasi.

Xullas, nimaga kutubxona haqida yana yozyapman? Toshkent, yoki istalgan shaharlarimizning markazida ham, har bir tumanida ham jamoat kutubxonasi ko'proq bo'lsa yaxshi bo'lar edi. Talabalarga ham, shahar mehmonlariga ham va istalgan insonga (mavqei, statusi, kasbidan qat'iy nazar) jamoat kutubxonasi kerak. Bekorga jamoat kutubxonalarining tom ma'nodagi renessansini kuzatmayapmiz, rivojlangan mamlakatlarda. Turli toifadagi odamlarni bir joyga yig'a oladigan juda kam sonli joylardan biri aynan jamoat kutubxonasi. Men universitet kutubxonalari emas, kirish eshiklari oldidan bo'lgan (orqa tarafdan emas), ishlash soatlari uzoq bo'lgan va istalgan odam kirib-chiqishi yengil bo'lgan jamoat kutubxonasini nazarda tutyapman. Hashamatli bo'lishi ham shart emas, shunchaki har bir tumanlarda, shaharlarda bo'lsa kifoya. Biz odamlarni shaharda va shaharning ichida bir-biriga yaqin va zich bo'lgan masofada yaqinlashtiradigan maskanlar - kutubxona, tabiiy bog', stadion va maydonlarni ko'paytirishimiz kerak.

@uzbekonomics
Internetni endi ochib ko’rgan odamda bu rasmlardagi manzara “Buxoroda qandaydir qo’poruvchilik, buzg’unchilik harakati bo’ldimi?” degan savolni uyg’otar ekan.

Qaysidir ma’noda shunday ham ekan chog’i.

https://www.tg-me.com/muhrim2022/2255

@uzbekonomics
Qancha xorijlik do’stlar, hamkasblar bilan tanishmay, gaplashmay, barchasi O’zbekistondan ekanligimni eshitib yoki u yerga borgisi kelayotganini aytadi, yoki borib kelganini aytib beradi.

Nimaga O’zbekistonga borgisi keladi? Chiroyli, yaqinda qurilgan mehmonxona, markazdagi favvora, yaltirab turgan biznes markazlarni ko’rgani keladimi? Yo’q. Tarix va hozirgi zamonni sun’iy bog’lab turadigan inshootlarni ko’rgani keladimi? Yo’q. Turistlarga butaforiya kerak emas. Ular o’zi yashaydigan joyda to’lib yotibdi bunday narsalar. Turist O’zbekistonga tegilmagan tarixni, ilmiy-madaniy merosini, qadimiy binolarini, suvi oqib turgan ariqlarini, ming yillik daraxtlarini, odam yashaydigan mahallalarini, va kitoblarda o’qigan jarayonlar sodir bo’lgan joylar, televizordagi ko’rsatuvlarda ko’rgan maqbara va obidalarni ko’rgani keladi. O'zbekistonga qiziqadigan turistlar demografiyasi oydin. Ular tarixni eshitib, o'qib o'zlari qiziqib keladilar. Yangi qulayliklar tufayli yangi turistlarni jalb qilinishi qiyin masala bo'lsa kerak (viza masalasidan tashqari). Sakkiz yulduzlik mehmonxonada uxlab kecha qurilgan favvorani ko'rgandan ko'ra ixcham mehmonxonada uxlab o'zligini yoqotmagan shahar/joylarni ko'rgisi keladi. Turistdan so’rasangiz yanada ko’proq aytib beradi nega kelayotganini. Bu bir.

Ikkinchidan, masalan, Buxoroda necha foiz maktablar ichimlik suvi bilan ta’minlangan? Necha foiz maktablarda tualet bor? Nechta yangi maktab qurildi va nechta yangi maktabga ehtiyoj bor?

Yaqindagina rekonstruksiya qilingan va bugun buzilayotgan stadionni ko’rgan odamda shunday savollar tug’ilishi tabiiy. Qurish ham buzish ham ko'chirish bepul emas. Resurslar taqchilligi davrida ularni samarali taqsimlash, va xususiy kapitalni ham “muhimroq” yo’nalishlarga jalb qilish maqsadga muvofiqroq bo’lar edi. Masalan, kuvalda bilan buzilayotgan stadion o'rindiqlarini sindirmasdan mahalliy maktablarning stadioniga berish to'g'riroq emasmidi?

Umuman olganda, O'zbekistonning turistik imidji degan tushunchaga oydinlik kiritib olish kerak. Menimcha, juda ham oddiyroq aytadigan bo'lsam, O'zbekiston dunyoning turistik markazi bo'ladi qachonki O'zbekistonda har bir dona maktabda ichimlik suvi, tualeti, qishda issiqligi, yon atrofida bog'i va stadioni bo'lsa. Ya'ni, mamlakat avvalambor o'z aholisi uchun qulay va jozibali bo'lsagina chet ellik va birrovga kelib-ketadigan turistlarga ham keyin jozibali bo'laveradi, menimcha. Kelgan turistlar soni emas, ichimlik suvi va tualet bilan ta'minlangan maktablar ulushi muhimroq deb o'ylayman.

@uzbekonomics
Urush maydonidan raqamlar. Bu degani, O’zbekistonda kuniga 5ta bola avariyada o’ldiriladi yoki tan jarohati oladi. Bu daxshat.

263ta bola avariyada o'ldi degani bu Boeing Dreamliner 787 samoleti ichi to'la bolalar bilan birga avariya bo'lib hammasi o'ldi degani. Afsuski.

Yanada oydinroq aytsam, O'zbekistonda 2023 yilda bitta Boeing 787 avariya bo'ladigan darajada falokat sodir bo'ldi. Tasavvur uchun, samolet ichida O'zbekiston kelajagi, farzandlari bor edi.

@uzbekonomics
Garvard yonida bir kishini deyarli har kuni ko’rar edim. U doimo bir joyda, nogironlik kolyaskasida o’tirishiga qaramay o’tkan-ketganlarga jilmayib qo’yar edi. Bugun u kishi o’tiradigan joydan o’tayotib uning joyida yo’qligini, u 3 kun olamdan o’tgani haqidagi xabarni va unga bag’ishlangan kichik memorialni ko’rib qoldim…

Bu insonning bir oyog’i va gapirish qobiliyatini yo’qligini bilar edim, lekin uning tarixini bilmagan ekanman. Hatto, ismini ham bilmagan ekanman. James Lappin ismli bu insonning do’stlari Jamesning hayoti barchaga saboq bo’lishi mumkinligini eslatishibdi.

James 20 yoshlarida mast holda motosiklda avariya bo’lib bir oyog’idan mahrum bo’lib bosh miyya jarohatini olgan ekan. Shu xato ishi, mast holda transport vositasini boshqarishi, uning hayotini butunlay o’zgartirib yuborgan. Jamesning do’stlari mana shu bir varoqlik hikoyada mast holda transport vositasini boshqarish oqibatlari haqida kengroq eslatib do’stlarining xotirasini mustahkamlamoqchi ekanlar.

@uzbekonomics
Darhaqiqat, bunday hikoyalar juda ko’p.

Lekin afsuski, aksariyat vaziyatlarda mast holda transport vositasini boshqarish nafaqat haydovchi hayotini, balki boshqa insonlar hayotini ham xavfga qo’yib ularni o’ldirishi yoki butun umrga mayib qilib qo’yishi muqarrar. O'zbekistonda masalan bunday ko'p vaziyatlarni bilamiz. Kimdir mast holda mashina haydagani uchun butun boshli oilalar taqdiri, hayoti barbod bo'lib ketadi.

Mast holda transport boshqarish bu o’ta jiddiy jinoyat deb hisoblanishi, uzoq muddatga transport boshqarish privilegiyasidan (haydovchilik guvohnomasi) mahrum qilinishi va qamoq bilan jazolanishi shart deb o'ylayman. AQShda DUI (driving under influence) bilan qo'lgan tushgan haydovchilar "joyidan" qamoqqa olib ketiladi va bir qancha muddatga haydovchilik guvohnomasi olib qo'yilishi, bir necha yil qamoqda o'tirish bilan ham jazolanishilari mumkin. Buning uchun u kimnidir urib ketishi, yoki o'zi avariyaga uchrashi shart emas. Mast holda rulda qo'lga tushdimi - tamom. Butun umr oqibatlari - jinoiy ish ochilgani tamg'asi va katta sug'urta to'lovlari bilan aziyat chekadilar.

Shunday bo'lishi ham kerak. Mast holda transport vositasini boshqarganlar qonun bilan shavqatsizlarcha va kechirimsiz jazolanishlari shart.

@uzbekonomics
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Gʻazodan boshqa mavzu haqida yozsam adolatsizdek tuyilmoqda. Chunki bugungi kundagi eng muhim mavzu - albatta G’azo. Meni va butun dunyodagi barcha normal insonlarni qalbi Gʻazoliklar bilan. Qanday katta tarixiy fojiani koʻrib, shohidi boʻlib turibmiz. Tasavvur qilish qiyin, lekin har kuni oʻnlab, yuzlab oʻlimlar, adolatsiz tugatilgan hayotlar haqida oʻqiyapmiz, koʻryapmiz.

Masalan bugun Associated Press 10 yildan beri farzand orzusidagi boʻlgan oila juda qiynalib oxir oqibat egizaklik boʻlgani lekin shu ikki orziqib kutilgan besh oylik goʻdaklar oʻz otasi bilan birga bombardimon natijasida halok boʻlgani haqida yozibdi. Bu oila bugun o’ldirilgan bir nechta oilalardan biri xolos.

Ukraina urushi boshlanganida, yigirma birinchi asrda bunday qirgʻinbarot boʻlishiga ishonish qiyin deb oʻylagan edim, yozgan edim. 2022 yilni boshida boshlangan urushda, bugungi kunga kelib sal kam 600 ta bola halok boʻldi — nihoyatda katta fojia. Gʻazoda oxirgi toʻrt oyda taxminan 12000 bola oʻldirildi - buni nima deb atashni ham bilmayman. “Fojia” so’zi kulfatni o’lchamini yetarli darajada adolatli ko’rsatib bera olmayapti, menimcha.
2024/05/20 21:30:08
Back to Top
HTML Embed Code: