"Uzbekistan GTL" mahsulotlarini eksport qilishda tashish masalalari muhokama qilindi
“Uzbekistan GTL” MChJ doimiy ravishda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ bilan zavodda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarni temir yo‘l transporti orqali xaridorlarga o‘z vaqtida va samarali yetkazib berishni ta’minlash borasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur hamkorlikdagi faoliyatning natijalarini muhokama qilish, kelajakdagi rejalarni belgilash maqsadida “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv davomida mahsulot tashish tizimini yanada takomillashtirish, temir yo‘l infratuzilmasining joriy holati, eksport va import masalalari, mavjud imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, zavod tomonidan eksport ko’rsatkichlarining bajarilishi, vagonlar bilan barqaror ta’minlash, yuk tashish grafigining uzluksizligi, logistika jarayonlarining optimallashtirilishi, shuningdek, saqlash va yuklash-tushirish maydonlarining texnik holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Bizni kuzating⬇️
💬 Telegram | 🌐Website
👍 YouTube | 😉 LinkedIn
👨 Facebook | 📹 Instagram

Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3👏1👌1
#malaka_oshirish
Yaponiyaning Japan Cooperatin Center of Petroleum (JCCP) markazi tomonidan tashkil etilgan “Neft-gaz sanoatida loyiha boshqaruvi” mavzusidagi malaka oshirish kursida “Uzbekistan GTL” MChJ Loyihalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdig'affor Abdixalilov ishtirok etdi.
Dastur loyiha menejmenti va strategiyasi, manfaatdor tomonlarni jalb qilish, loyiha xavf-xatarlari bo'yicha nazariy darslarni, muqobil energiya texnologiyalarini boshqarish, EPC shartnomalarini tuzish, uglevodorodni saqlash loyihalarini boshqarish mavzusida kasbiy amaliy-texnologik qismlarni o‘z ichiga olgan bo'lib, ishtirokchilar loyiha boshqaruvi bo‘yicha xalqaro tajriba, zamonaviy yondashuvlar va amaliy yechimlar bilan tanishdilar.
Bizni kuzating
Telegram | Website
YouTube | LinkedIn
Facebook | Instagram

👍13🔥3❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tarix_GTL
#Uzbekistan_GTL
2022-yil 29-iyun kuni O'zbekiston tarixida birinchi marta "Uzbekistan GTL" zavodida sintetik dizel yoqilg'isi ishlab chiqarildi.
Bizni kuzating⬇️
💬 Telegram | 🌐Website
👍 YouTube | 😉 LinkedIn
👨 Facebook | 📹 Instagram
#Uzbekistan_GTL
2022-yil 29-iyun kuni O'zbekiston tarixida birinchi marta "Uzbekistan GTL" zavodida sintetik dizel yoqilg'isi ishlab chiqarildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥8❤4🥰2🫡1
#30iyun #Yoshlar_kuni
Hurmatli yoshlar!
Bugun mamlakatimiz bo'ylab nishonlanayotgan 30-iyun – Yoshlar kuni barchamiz uchun o'ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki siz, aziz yoshlar – kelajagimizning mustahkam tayanchi va taraqqiyotimizning bosh ishtirokchilarisiz.
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarga eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik, davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlarni qoʻllab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani, Yurtimiz yigit-qizlari uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero, yoshlar - Vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkoridirlar.
"Uzbekistan GTL" MChJ faoliyatida ham yoshlarning o'rni beqiyos. Korxonamizda ishlayotgan yuzlab yoshlar nafaqat ishlab chiqarish, balki barcha yo‘nalishlarda ham o'zining faol ishtiroki bilan ajralib turmoqda. Ular orasida xalqaro tanlovlar g'oliblari, xorijiy grantlar sohiblari, yangi g'oyalar mualliflari va eng asosiysi – o'z Vataniga sodiq mutaxassislar yetishib chiqmoqda.
Yoshlarni qo'llab-quvvatlash yo'lida korxonamiz tomonidan muntazam ravishda stipendiya dasturlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari, malaka oshirish va yosh olimlarni rag‘batlantirish dasturlari, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari, sport va madaniy tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Bu boradagi har bir tashabbus – birinchi navbatda, sizning o'sishingiz, rivojlanishingiz va o'z salohiyatingizni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Yoshlar kuni barchamiz uchun faxrli sana bo'lib, u sizlarga bildirilayotgan e'tibor va ishonch ramzidir. Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
“Uzbekistan GTL” MChJ jamoasi
———

🎉8👍7👏2
🏥 Xodimlarga ishonchli va tezkor tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida zavodi hududida zamonaviy standartlarga javob beruvchi tibbiyot punkti faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu tibbiy punkt favqulodda holatlarda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, EKG, UTT, rentgen kabi diagnostika uskunalari bilan jihozlangan hamda barcha zarur dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlangan.
Tibbiyot punktida malakali tibbiyot xodimlari doimiy navbatchilik asosida 24 soat davomida uzluksiz faoliyat yuritadi.
Xodimlar salomatligi uchun yaratilgan ushbu sharoitlar korxonada barqaror va xavfsiz mehnat muhitini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
📹 Video
———
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
"Uzbekistan GTL" MChJ tibbiyot punkti faoliyati haqida
"Uzbekistan GTL" MChJ uchun xodimlarning salomatligi va xavfsizligi eng ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Xodimlarga ishonchli va tezkor tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida zavodi hududida zamonaviy standartlarga javob beruvchi tibbiyot punkti faoliyat…

👍15👏4❤3🔥2
#2iyul #Gerb
🇺🇿 "Uzbekistan GTL" MChJ jamoasi 2-iyul — O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!
———
🇺🇿 Коллектив ООО «Uzbekistan GTL» искренне поздравляет всех наших соотечественников с Днем принятия Государственного Герба Республики Узбекистан, который отмечается 2 июля!
———
🇺🇿 The team of Uzbekistan GTL LLC sincerely congratulates all our compatriots on July 2 - the day of adoption of the State Emblem of the Republic of Uzbekistan!
———
Bizni kuzating⬇️
💬 Telegram | 🌐Website
👍 YouTube | 😉 LinkedIn
👨 Facebook | 📹 Instagram
———
———
———
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar #Kasaba
#Cybersport
😎 "Uzbekistan GTL" MChJ xodimlari o'rtasida kibersport bo'yicha chempionat tashkil etildi
🎮 Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan xodimlarning bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida "Uzbekistan GTL" MChJda Counter-Strike 1.6 (CS 1.6) bo‘yicha kibersport chempionati tashkil etildi.
Qizg'in va murosasiz o'tgan musobaqada 12 jamoa chempionlik uchun kurashdi hamda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🥇 1-o‘rin — Yig‘ma axborot va tahlil bo‘limining "Gambit" jamoasi
🥈 2-o‘rin — Muntazam texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish bo‘limining "Maintenance" jamoasi
🥉 3-o‘rin — Xarid qilish va logistika bo‘limining "No Mercy" jamoasi
G'oliblar maxsus kubok va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
———
Bizni kuzating⬇️
💬 Telegram | 🌐Website
👍 YouTube | 😉 LinkedIn
👨 Facebook | 📹 Instagram
#Cybersport
Qizg'in va murosasiz o'tgan musobaqada 12 jamoa chempionlik uchun kurashdi hamda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🥇 1-o‘rin — Yig‘ma axborot va tahlil bo‘limining "Gambit" jamoasi
🥈 2-o‘rin — Muntazam texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish bo‘limining "Maintenance" jamoasi
🥉 3-o‘rin — Xarid qilish va logistika bo‘limining "No Mercy" jamoasi
G'oliblar maxsus kubok va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
———
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5🏆4🤩3🔥2👏2
#Muvaffaqiyat #Yutuq
😎 Personalni boshqarish bo‘limi HR-Analitigi Baratov Nurbek Umarali o‘g‘li 2023–2025 yillarda Yaponiya Xalqaro Universitetida tahsil olib, Biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini muvaffaqiyatli tamomladi.
👉 Batafsil
———
😎 Баратов Нурбек Умарали угли, HR-аналитик отдела управления персоналом, успешно завершил обучение по программе MBA (Магистр бизнес администрирования) в Международном университете Японии в период с 2023 по 2025 г.г.
👉 Подробнее
———
😎 Baratov Nurbek Umarali o‘g‘li, HR Analyst of Human Resources Department, has successfully completed his MBA (Master of Business Administration) degree at the International University of Japan from 2023 to 2025.
👉 Read more
———
Bizni kuzating⬇️
💬 Telegram | 🌐Website
👍 YouTube | 😉 LinkedIn
👨 Facebook | 📹 Instagram
👉 Batafsil
———
👉 Подробнее
———
👉 Read more
———
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59👏15❤9🎉9🔥4🏆2🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasaba #120yil
#Yoshlar #30iyun
😎 O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Uzbekistan GTL” MChJ xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etdi. Bahslar murosasiz va keskin kurashlar ostida kechib, yakunda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🏆🥇 1-o‘rin — Muntazam texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish bo‘limi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Mukammallik markazi jamoasi
🥉 3-o‘rin — Sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof muhit muhofazasi bo‘limi jamoasi
Musobaqada faol ishtirok etgan barcha jamoalarga samimiy minnatdorchilik bildirgan holda, gʻoliblikni qo‘lga kiritgan jamoa aʼzolari va boʻlim xodimlarini tabriklaymiz!

🔥14👍6🏆5👏3❤2