Telegram Web Link
Senat ishchi guruhi Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida

✍️ Oliy Majlis Senatining Аgrar va suv xoʼjaligi masalalari qoʼmitasi raisi Bahodir Tojiev boshchiligidagi ishchi guruhi Farg'ona viloyatida qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga oʼz vaqtida va sifatli bojxona xizmatlarini koʼrsatish, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yer ajratish, eksportbop ekinlarni joylashtirish hamda eksport hajmini oshirish boʼyicha belgilangan vazifalar bajarilishini ko’zdan kechirdilar. Ishchi guruhi Fargʼona viloyati Oʼsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Fitosanitariya laboratoriyasida boʼlib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔬 Laboratoriyada bugungi kunda eksportga chiqarilayotgan pomidor, qalampir mahsulotlari tekshirilmoqda. “Ilgari bunday turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari poytaxt Toshkentda tekshiruvdan o’tkazilgan. Yaratilgan imkoniyat natijasida eksportyorlarga Farg’onaning o’zida xizmat ko’rsatyapmiz — deydi Laboratoriya mudiri Abdurauf Mahmudov ishchi guruhi bilan suhbatda.

💬 Mehmonlar laboratoriyaning ish jarayoni, yangi uskunalar va ular orqali tadbirkorlarga yaratilgan qulaylik bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek “Uz Segang” MCHJda gilos qadoqlash jarayonlariga guvoh bo’ldilar. Farg’onada 739 gektar gilos bog’larida ekportbop gilos yetishtirilmoqda. “Uz Segang” korxonasi Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatiga gilos eksport qilmoqda. Ishchi guruhi vakillar korxona rahbari hamda Koreyalik tadbirkor bilan eksport xususida suhbatlashdilar.

🟢 Senat ishchi guruhi Farg’ona viloyati O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida tashkil etilgan “Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi viloyat markaziy eksport shtabi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shtab tunu-kun tadbirkorlarning murojaatlari bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘simliklarda kuzatiladigan bakterial rak va uni davolash yo‘llari

🦠Bakterial rak – asosan urug‘li va danakli meva daraxtlarini zararlaydi. Daraxtlarning gullari, novdalari va mevalari qorayib, yosh ko‘chatlar va novdalar qurib qoladi, yirik daraxtlarda hosildorlik 50% gacha kamayadi.

Kasallik bahorda to‘satdan novda uchlaridagi gul va yosh barglarning qorayib, so‘lib, qurib qolishi bilan boshlanadi.

📌Kasallangan gul va barglar uzoq muddat, baʼzan kuzgacha tushib ketmay, novdalarda osilib qoladi. Bakteriyalar bargdan o‘tkazuvchi tomirlar orqali novdalarga o‘tadi. Zararlangan novdalar o‘sishdan to‘xtaydi, qiyshayib qorayadi va quriydi.

Kasallikning inkubatsion davri 5-6 oydan bir yilgacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik yosh daraxtlarda tez rivojlanib, 1-3 yil ichida quritib qo‘yadi.

Qarshi kurash choralari:

– kuzda kasallangan mevalarni terib yo‘qotish;
– kuzda va bahorda kuchli zararlangan shox va novdalarni kesib yo‘qotish;
– hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida kurashish;
– kesish paytida bog‘ asboblarini 0,5% li xloramin yoki 2% li formalin eritmasida tez-tez zararsizlantirib turish;
– kuzda barg to‘kilishidan so‘ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 3% li, o‘sshi davrida esa (gullashdan 10-12 kun keyin) 1% li "Bordo" suyuqligini purkash.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida Agentlik rahbari I.Ergashev tomonidan eksportyor korxonalar va tadbirkorlar muammo va takliflari o'rganildi.

💬 Davlat bojxona qo'mitasi, Fermerlar kengashi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etgan yig'ilishda tegishliliga ko'ra tadbirkorlar muammolariga ijobiy yechim topish bo'yicha choralar ko'rildi.

✍️ Shuningdek, Agroko'makchi mobil ilovasining fermer va dehqonlarga qay darajada qulay ekani sinovdan o'tkazildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish so’nggi yillarda davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri sifatida talqin etilmoqda. Bu borada qilinayotgan ishlar ko’lami doimiy nazorat qilib boriladi.

📍Toshkent shahrida “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etish” mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilshod Rahimov, GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati “Samarali davlat boshqaruvi” dasturi rahbari Viktor Kessler hamda BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi vakillari ishtirok etdi.

💬 Ushbu seminarda qatnashchilarga korrupsiya bilan bog’liq holatlar hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo’yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, sohada qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar mazmun mohiyati muayyan vaziyatlar doirasida ochib berildi.

📝 Shu bilan bir qatorda mehmonlar Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar, ularning mazmun mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishtirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obyektlarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥔 Xalqaro Kartoshka Kuni global miqyosda nishonlanmoqda!

🌎 Dunyoning turli burchaklarida Xalqaro Kartoshka Kuniga doir turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Bu kun kartoshkaning global oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo'jaligi va iqtisodiyotdagi rolini e'tirof etish uchun muhim sanadir.
Xalqaro Kartoshka Kuniga bag’ishlab xorij tashkilotlari o’z rasmiy sahifalarida postlar joylashtirdi.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)

🟢 FAO Xalqaro Kartoshka Kunini "Kartoshka: an'ana, farovonlik va oziqlanish" mavzusi ostida nishonlamoqda. Tashkilot kartoshka ekini barqaror kelajakni qurishda qanday ahamiyatga ega ekanligini va bu ekinning ming yillar davomida xilma-xillikni saqlab qolishdagi rolini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, tashkilot o'zining postida kartoshka ekinining rivojlanishiga hissa qo'shayotgan fermerlarga minnatdorchilik bildirdi.

🔤🔤🔤🔤 Yevropa va O'rta Yer dengizi o'simliklarni himoya qilish tashkiloti (EPPO)

❤️ EPPO Xalqaro Kartoshka Kunini nishonlar ekan, kartoshka ekinlari uchun yangi texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar haqida ma'lumot berdi. Ular kartoshka kasalliklarini aniqlash va boshqarish uchun yuqori sifatli diagnostik testlarni taqdim etishlarini e'lon qilishdi.

🌿 Xalqaro qishloq xo’jaligi va biofanlar markazi (CABI)

Tashkilot Pokistonning Panjob viloyatida kartoshka yetishtirish bilan shug’ullanuvchi fermerlarini, ayniqsa ayollarni, ta'lim uchun sharoitlar yaratish bilan qo'llab-quvvatlayotgani haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, kartoshka ekinlarini yaxshilash uchun fermerlarga bilim berishning ahamiyati ta'kidlanib, ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan treninglar haqida so'z yuritildi.

🌱 Bioreba AG

✍️ Tashkilot kartoshkaning ozuqaviy qiymati va sog'lik uchun foydali xususiyatlarini ta'kidladi. Ular kartoshkaning uchinchi eng ko'p iste'mol qilinadigan oziq-ovqat mahsuloti ekanligini, 150 dan ortiq mamlakatlarda yetishtirilayotganini va bu ekinning global oziq-ovqat xavfsizligiga qanday hissa qo'shishini ma'lum qilishdi.

🌍 “WA Potatoes” xalqaro assosiatsiyasi

🖥 Tashkilot kartoshkaning global oziq-ovqat xavfsizligidagi rolini ta'kidladi. Ular kartoshkaning 8000 yillik tarixi va 5000 dan ortiq navlari haqida ma'lumot berishdi.

☘️ O’simliklar bo’yicha xalqaro kelishuv (International Plant Treaty)

☀️ Ular iqlim o'zgarishi, oziqlanish va oziq-ovqat xavfsizligini hal qilishda kartoshka ekinining qanday yordam berayotgani xususida ma’lumot berishdi.

Xalqaro biohimoya forumi (The World Bioprotection Forum)

🌲 Tashkilot biohimoya sohasidagi tadbirlarni o'tkazmoqda. Xususan kartoshkaning zararkunanda hasharotlarini entomopatogen nematodalar yordamida boshqarish bo'yicha vebinari tashkil etildi.

✨️ Happy International Day of the Potato! 🥔🎉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Renessans TV — Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalardan biologik himoyalanmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifni Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

Shuningdek, davlatimiz rahbari "Qorako‘l" erkin iqtisodiy zonasida ishga tushgan zamonaviy quvur zavodi bilan tanishdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/01 16:04:03
Back to Top
HTML Embed Code: