Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘simliklarda kuzatiladigan bakterial rak va uni davolash yo‘llari

🦠Bakterial rak – asosan urug‘li va danakli meva daraxtlarini zararlaydi. Daraxtlarning gullari, novdalari va mevalari qorayib, yosh ko‘chatlar va novdalar qurib qoladi, yirik daraxtlarda hosildorlik 50% gacha kamayadi.

Kasallik bahorda to‘satdan novda uchlaridagi gul va yosh barglarning qorayib, so‘lib, qurib qolishi bilan boshlanadi.

📌Kasallangan gul va barglar uzoq muddat, baʼzan kuzgacha tushib ketmay, novdalarda osilib qoladi. Bakteriyalar bargdan o‘tkazuvchi tomirlar orqali novdalarga o‘tadi. Zararlangan novdalar o‘sishdan to‘xtaydi, qiyshayib qorayadi va quriydi.

Kasallikning inkubatsion davri 5-6 oydan bir yilgacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik yosh daraxtlarda tez rivojlanib, 1-3 yil ichida quritib qo‘yadi.

Qarshi kurash choralari:

– kuzda kasallangan mevalarni terib yo‘qotish;
– kuzda va bahorda kuchli zararlangan shox va novdalarni kesib yo‘qotish;
– hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida kurashish;
– kesish paytida bog‘ asboblarini 0,5% li xloramin yoki 2% li formalin eritmasida tez-tez zararsizlantirib turish;
– kuzda barg to‘kilishidan so‘ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 3% li, o‘sshi davrida esa (gullashdan 10-12 kun keyin) 1% li "Bordo" suyuqligini purkash.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida Agentlik rahbari I.Ergashev tomonidan eksportyor korxonalar va tadbirkorlar muammo va takliflari o'rganildi.

💬 Davlat bojxona qo'mitasi, Fermerlar kengashi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etgan yig'ilishda tegishliliga ko'ra tadbirkorlar muammolariga ijobiy yechim topish bo'yicha choralar ko'rildi.

✍️ Shuningdek, Agroko'makchi mobil ilovasining fermer va dehqonlarga qay darajada qulay ekani sinovdan o'tkazildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish so’nggi yillarda davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri sifatida talqin etilmoqda. Bu borada qilinayotgan ishlar ko’lami doimiy nazorat qilib boriladi.

📍Toshkent shahrida “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etish” mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilshod Rahimov, GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati “Samarali davlat boshqaruvi” dasturi rahbari Viktor Kessler hamda BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi vakillari ishtirok etdi.

💬 Ushbu seminarda qatnashchilarga korrupsiya bilan bog’liq holatlar hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo’yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, sohada qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar mazmun mohiyati muayyan vaziyatlar doirasida ochib berildi.

📝 Shu bilan bir qatorda mehmonlar Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar, ularning mazmun mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishtirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obyektlarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥔 Xalqaro Kartoshka Kuni global miqyosda nishonlanmoqda!

🌎 Dunyoning turli burchaklarida Xalqaro Kartoshka Kuniga doir turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Bu kun kartoshkaning global oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo'jaligi va iqtisodiyotdagi rolini e'tirof etish uchun muhim sanadir.
Xalqaro Kartoshka Kuniga bag’ishlab xorij tashkilotlari o’z rasmiy sahifalarida postlar joylashtirdi.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)

🟢 FAO Xalqaro Kartoshka Kunini "Kartoshka: an'ana, farovonlik va oziqlanish" mavzusi ostida nishonlamoqda. Tashkilot kartoshka ekini barqaror kelajakni qurishda qanday ahamiyatga ega ekanligini va bu ekinning ming yillar davomida xilma-xillikni saqlab qolishdagi rolini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, tashkilot o'zining postida kartoshka ekinining rivojlanishiga hissa qo'shayotgan fermerlarga minnatdorchilik bildirdi.

🔤🔤🔤🔤 Yevropa va O'rta Yer dengizi o'simliklarni himoya qilish tashkiloti (EPPO)

❤️ EPPO Xalqaro Kartoshka Kunini nishonlar ekan, kartoshka ekinlari uchun yangi texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar haqida ma'lumot berdi. Ular kartoshka kasalliklarini aniqlash va boshqarish uchun yuqori sifatli diagnostik testlarni taqdim etishlarini e'lon qilishdi.

🌿 Xalqaro qishloq xo’jaligi va biofanlar markazi (CABI)

Tashkilot Pokistonning Panjob viloyatida kartoshka yetishtirish bilan shug’ullanuvchi fermerlarini, ayniqsa ayollarni, ta'lim uchun sharoitlar yaratish bilan qo'llab-quvvatlayotgani haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, kartoshka ekinlarini yaxshilash uchun fermerlarga bilim berishning ahamiyati ta'kidlanib, ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan treninglar haqida so'z yuritildi.

🌱 Bioreba AG

✍️ Tashkilot kartoshkaning ozuqaviy qiymati va sog'lik uchun foydali xususiyatlarini ta'kidladi. Ular kartoshkaning uchinchi eng ko'p iste'mol qilinadigan oziq-ovqat mahsuloti ekanligini, 150 dan ortiq mamlakatlarda yetishtirilayotganini va bu ekinning global oziq-ovqat xavfsizligiga qanday hissa qo'shishini ma'lum qilishdi.

🌍 “WA Potatoes” xalqaro assosiatsiyasi

🖥 Tashkilot kartoshkaning global oziq-ovqat xavfsizligidagi rolini ta'kidladi. Ular kartoshkaning 8000 yillik tarixi va 5000 dan ortiq navlari haqida ma'lumot berishdi.

☘️ O’simliklar bo’yicha xalqaro kelishuv (International Plant Treaty)

☀️ Ular iqlim o'zgarishi, oziqlanish va oziq-ovqat xavfsizligini hal qilishda kartoshka ekinining qanday yordam berayotgani xususida ma’lumot berishdi.

Xalqaro biohimoya forumi (The World Bioprotection Forum)

🌲 Tashkilot biohimoya sohasidagi tadbirlarni o'tkazmoqda. Xususan kartoshkaning zararkunanda hasharotlarini entomopatogen nematodalar yordamida boshqarish bo'yicha vebinari tashkil etildi.

✨️ Happy International Day of the Potato! 🥔🎉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Renessans TV — Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalardan biologik himoyalanmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifni Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

Shuningdek, davlatimiz rahbari "Qorako‘l" erkin iqtisodiy zonasida ishga tushgan zamonaviy quvur zavodi bilan tanishdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥  Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda shaftoli mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic  #export  #shaftoli

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Ekologiyaga ehtoyotkor munosabatda: zararli chigirtkaga qarshi kurashda biologok preparatlar qo'llanilmoqda

❤️ Joriy yilning may oyidan O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari boshchiligida yurtimiz oʻrmonlaridagi katta saksovul bukur chigirtkasiga qarshi kurash ishlari jiddiy olib borilmoqda.

Bu boradagi ekologik eng xavfsiz usullardan biri mikrobiologik organizmlar asosidagi preparatlar. Olimlarning so’nggi ishlanmasi —“Novokrid” preparati. MDH mamlakatlari orasida ilk bor qo'llanilayotgan ushbu preparat Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasining yangidan barpo etiliayotgan saksovulzorlaridagi zararkunandalarga qarshi kurashda muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda.

🔬 Katta saksovul bukur chigirtkasi Markaziy Osiyo davlatlarining deyarli hamma saksovulzor oʻrmonlarida mavjud bo'lishiga qaramasdan bu turdagi hasharot haqida juda kam ma'lumotlar o'rganilgan edi. Hozirda yurtimiz olimlari preparatning samaradorligi, uslubi, me'zonlari, miqdori va nojo'ya taʼsiri boʻyicha ilmiy izlanishlarni davom ettirishmoqda.

👆Ushbu video lavhada ekologik preparatning samaradorligi boʻyicha viloyatlarda olib borilayotgan izlanishlar aks ettirilgan.

#chigirtka #bio_preparat #qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlari jadallashtiriladi

“Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-203-son, 30.05.2024y.) qabul qilindi

➡️ Qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan:

🗓 Tadbirkorlar tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani oʻqish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi maʼlumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni koʻrish amaliyoti joriy etiladi:

🔹ikki marta ogohlantirishdan soʻng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;

🔹 qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlarni xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi.

✔️ Soliq qoʻmitasi har chorakda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar orasidan har bir hudud kesimida inson omilisiz avtomatik tarzda kamida 10 foizini tanlab olgan holda, ularda nazorat tadbirlarini oʻtkazadi hamda qonun buzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi uch chorak davomida nazorat qilib boradi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Buxoro"Eksportyorlar muammo va takliflari o'rganildi 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍💻 Markirovkalash uchun zarur boʻladigan uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi

📝 Qarorga koʻra, 2027-yil 1-yanvargacha raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari kamaytirish huquqi beriladi.

📁 Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash uchun zarur boʻlgan va import qilinadigan uskunalar (TIF TN kodlari: 7616 999 009, 9029 900 009, 8544 499 500 va 8528 529 000) 2024-yil 1-iyundan 2027-yil 1-iyungacha bojxona bojidan ozod qilinadi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/03 10:31:56
Back to Top
HTML Embed Code: