Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Joriy yilning iyul oyida Toshkent va Farg‘ona hududlarida ayrim fuqarolar, jumladan, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar tomonidan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasiga noqonuniy, pora evaziga kiritib qo‘yishga urinish holatlari aniqlanib, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.


Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakatlar bo‘lib, bunday noqonuniy urinishlar butun oliy ta’lim tizimiga dog‘ tushiradi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash tarafdori bo‘lib, ta’lim sohasida bunday jirkanch holatlarga mutlaqo toqat qilmaydi. Ayniqsa, bunday holatlar davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan halollik va adolat tamoyillariga zid bo‘lib, jamiyatda ishonchsizlikni yuzaga keltirish xavfini tug‘diradi.

Hurmatli o‘qituvchilar va soha vakillari!
Biz sizlardan bilim va tarbiya berish orqali jamiyatga xizmat qilishni kutamiz, jinoyat sodir etishni emas. Har bir pedagog bu muqaddas kasb ortida yurt kelajagi, inson taqdiri turganini chuqur his qilishi kerak.

Oliy ta’lim tizimidagi har bir rahbar va xodim korrupsiyaga qarshi shaxsiy mas’uliyat bilan yondashishi, bu borada faqat qonun doirasida faoliyat yuritishi shart.

Barcha abituriyentlarga shuni qat’iy bildiraman: hech kimning sizni pora evaziga oliygohga kiritishga haqqi yo‘q! Siz faqat o‘z bilimingiz orqali adolatli tanlov asosida talaba bo‘lishingiz mumkin.

Vazirlik barcha ta’lim muassasalarida ochiqlik, shaffoflik va adolatli raqobat muhitini mustahkamlash, bu kabi holatlarga barham berish yo‘lida ish olib boradi.
Huquqbuzarlikka qo‘l urgan shaxslar qonun oldida javob beradi va ularga muqarrar jazo qo‘llaniladi.

Q.Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5👏4🤝3
Чирчиқ тонги 27-сон (2).pdf
5.2 MB
#mutolaa_uchun

📝"Chirchiq tongi" gazetasining 2025 yil 11-iyuldagi 27-sonida🏆2025-yil 7-iyul sanasidan boshlab 18-iyulga qadar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida davom etayotgan abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni olish jarayonlari haqidagi "Kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi" nomli xabar e'lon qilindi.

👇Bizni kuzatishda davom eting

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2🔥2
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli abituriyentlar, aziz farzandlarim!

Ertaga, 14-iyuldan boshlab yurtimiz bo‘ylab test sinovlari boshlanadi.

Respublika bo‘yicha 65 ta yirik binoda, ikki smenada o‘tkaziladigan imtihonlarda har kuni 70 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mazkur jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tishi uchun barcha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rilgan. Sizlardan esa faqat bilim, xotirjamlik va tartib-intizom talab etiladi.

Bilimingizga ishoning! Sizni o‘qishga kiritishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Faqat o‘z mehnatingiz, aql-zakovatingiz bilan talaba bo‘lishga intiling.

Imtihon kuni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi va ruxsatnomani albatta o‘zingiz bilan oling. Imtihon boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan binoga yetib kelishingiz muhim. Bu sizga o‘zingizni xotirjam tutib, barcha ko‘rsatmalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Sizga test sinovlarida katta omad, o‘zingiz istagan ta’lim muassasasiga talaba bo‘lish baxtini tilayman! Yuzingiz yorug‘, yo‘lingiz ochiq, katta hayotdagi ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
73👍3🏆2👏1
Gazeta.pdf
14.6 MB
#mutolaa_uchun

📝"Bugungi O'zbekiston" gazetasining 2025 yil 12-iyuldagi 14-sonida🏆2025-yil 7-iyul sanasidan boshlab 18-iyulga qadar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida davom etayotgan abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni olish jarayonlari haqidagi xabar e'lon qilindi.

👇Bizni kuzatishda davom eting

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏1
#HAFTA_DAYJESTI

Haftaning eng muhim yangiliklari bir satrda:

💠 2025-yil 7-iyul sanasidan boshlab butun respublikamiz bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

💠 "Palan Extreme – Chegaralarsiz" xalqaro musobaqasida universitetimiz talaba-yoshlari ishtirok etmoqda!

💠 O‘zDJTSU boks delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Guyjou provinsiyasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

💠 Oʻzbek sportining haqiqiy fidoyisi, koʻplab sportchi va murabbiylarlarga ustozlik qilgan jonkuyar inson Fikrat Azizovich Kerimov 70 yoshni qarshiladi.

💠Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

💠 Biatlon: Universitetimiz talabalari osiyo chempioni bo'lishdi.

💠 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o’tmoqda.

💠 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom ettirildi.

💠 O‘zDJTSU: Qabul 2025/2026 o‘quv yili qisqa raqamlarda.

💠 QABUL_2025: O‘zDJTSUda kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Maxmudov tomonidan kuzatib borildi.

💠"Dolzarb_90_kunlik" doirasida Tadbirkorlar va bitiruvchi talabalar o'rtasida ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo’lib o’tdi.

💠Universitet talabasi Diyorbek Ruzmetov Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo'ldi.

💠Sport vaziri Adkham Ikramov O‘zDJTSUda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarida ishtirok etdi.

💠Sport vaziri Adkham Ikramov mamlakatimizda voleybol bo'yicha 19 yoshgacha bo‘lgan sportchi-yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati tayyorgarliklar doirasida O‘zDJTSUda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini o‘rgandi.

💠Sport vaziri Adkham Ikramov tomonidan universitetda qurilayotgan yengil atletika maydoni ko'zdan kechirildi.

💠14-iyulidan 23-iyuliga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi.

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏21
Audio
Audio nomi: Qor qo‘ynida lola
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 9mb
👤 Muallif: Cho‘lpon

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
2👏2🔥1
#KUN_HIKMATI

Yetuk insonlar bilan qancha yaqin bo‘lsang, fe’lingdagi yomonliklardan shuncha oson qutulasan.


© Jaloliddin Rumiy


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍54👏3🔥1
Forwarded from Sport vazirligi
O'zbekiston sport delegatsiyasi
Germaniyada bo'lib o'tadigan Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlarida ishtirok etish uchun joʻnab ketdi


Joriy yilning 16-27 iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur shahrida Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlari o‘tkaziladi.

Mazkur nufuzli musobaqa Butunjahon Universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) tomonidan har ikki yilda bir marotaba tashkil etilib, unda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba sportchilarimiz kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennis, taekvondo WT va tennis kabi 11 ta sport turlari bo‘yicha ishtirok etishadi.

Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlarida ishtirok etuvchi talaba sportchilarimizga muvaffaqiyat tilaymiz.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7👏21
Forwarded from Edu.uz
⚡️Bugundan 2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi.

🗓 Test sinovlari har kuni ikki smenada o‘tkaziladi:
1-smena: 08:00 – 11:00
2-smena: 15:00 – 18:00

Abituriyentlardan test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin test sinovi o‘tkaziladigan hududga quyidagi hujjatlar bilan kelish so‘raladi:
✔️ Pasport (ID-karta)ning asli
✔️ Abituriyent ruxsatnomasi

❗️Eslatma. Abituriyent:
✔️1-smena uchun soat 07:30 ga qadar;
✔️2-smena uchun soat 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tib, joy egallab bo‘lishi shart.

⚠️ Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar bilan kelgan yoki belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.

▶️ Test sinovlari videokuzatuv ostida test2025.uz sayti orqali real vaqt rejimida onlayn translyatsiya qilinmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1🔥1
2025/07/14 13:59:07
Back to Top
HTML Embed Code: