Telegram Web Link
Forwarded from Sport vazirligi
Audio
Audio nomi: Vanka
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 13mb
👤 Muallif: Anton chexov

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun
#Kibersport
#talaba_yutuqlari

🏆“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025”: O‘zDJTSU jamoasi g‘oliblar safida!

💻📱2025-yil 23-25 iyun kunlari Farg‘ona viloyatidagi “Eko city” amfiteatrida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fidjital raqs turlari bo‘yicha so‘nggi bosqichga qadar yetib kelgan jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, iqtidorli sportchilar saralab olindi.

☄️E’tiborlisi, mazkur musobaqa davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nomini munosib himoya qilgan talabalarimiz "Just Dance” fidjital raqs bahslarida raqib jamoalariga hech qanday imkon qoldirmay chempionlikni tantana qildi va 💵20 million so‘m miqdorida pul yutug‘i bilan taqdirlandi.

👏💐Talabalarimizni g‘alaba bilan muborakbod etamiz!

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sport vazirligi
💼 Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov ishtirokida 2025-2026-oʻquv yili uchun Sport vazirligi huzuridagi Oliy ta'lim muassasalari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning Nukus filiali hamda O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga qabul jarayonini tashkil etish masalalari koʻrildi.

🫥 Qabul jarayonlarini shaffoflik, uyushqoqlik bilan oʻtkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Газета-24 .pdf
6 MB
#mutolaa_uchun

📝"Chirchiq tongi" gazetasining 2025 yil 20-iyundagi 24-sonida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq shahridagi universitetga tutash bo‘lgan mahallalar bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida mahalla yoshlari uchun tashkil etilgan sport to‘garaklari hamda qabul jarayonlariga oid xabar e'lon qilindi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣🟦🟦🟦🟦🟦🟦‼️

👩‍💼👨‍💼Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari!

✔️Sizlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar” tanlovi e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.

🔽Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli loyihalar qabul qilinadi:

✍️Pedagogika va psixologiya fanlari
✍️Texnika fanlari
✍️Qishloq xoʻjaligi
✍️Iqtisodiyot fanlari
✍️Tibbiyot fanlari
✍️Filologiya va ijtimoiy fanlar
✍️Huquq fanlari
✍️Yer toʻgʻrisidagi fanlar
✍️Veterinariya va chorvachilik fanlari
✍️Tarix va arxeologiya fanlari
✍️Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari.

Xususan, “Pedagogika va psixologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha quyidagi mavzularda loyihalar qabul qilinadi:

✔️Sport kurashlarida tayyorgarlik turlarini tasnifi boʻyicha saralash texnologiyasini ishlab chiqish;
✔️Oliy taʼlimda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalarning adaptiv sport turlari boʻyicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashning zamonaviy parametrlarini va pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish;
✔️Mashgʻulot va musobaqa faoliyati sharoitida “Sunʼiy intellekt”ni qoʻllash orqali sportchilarning psixologik holatini korreksiyalash dasturiy taʼminotini yaratish.

🗓Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 1-avgust sanasiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

➡️Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar universitetning Ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi (“E” bino 305-xona) tomonidan taqdim etiladi.

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/28 22:23:10
Back to Top
HTML Embed Code: