Telegram Web Link
“Таълим – келажак сармояси” деган эзгу ғоя жамиятимизда катта ҳаракатга айланмоқда.

Яқинда “Эл-юрт умиди” жамғармаси фаолияти такомиллаштирилди. Энди топ-300 талик олийгоҳга кирганлар учун ўқиш ва яшаш харажатини қоплаш тизими янги тартибда ишлай бошлайди.

Энг аввало, STEM йўналишлари (илм-фан, технология, муҳандислик ва математика), энергетика, транспорт, урбанизация, архитектура, қурилиш, қишлоқ ва сув хўжалиги каби драйвер соҳалар учун квоталар бир неча карра оширилади.

Эндиликда банклар топ-300 талик олийгоҳга кирган ёшларга 20 минг долларгача имтиёзли таълим кредити беради.

Facebook|Instagram|X
👍3🎉3🤩2👏1
Forwarded from Edu.uz
“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushiriladi

Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏4👍3🔥2
Forwarded from Edu.uz
Oliygohlar o‘rtasida startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.

Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🤩3👏21
Forwarded from Edu.uz
Har bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi.

Hozir tog‘-kon, agrosanoat, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda.

Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ham tizim yaratiladi.

Har bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha aynan yoshlar o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.

Tarmoq rahbarlari har yili o‘z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yadi.

Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so‘mdan ajratadi. Bu mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🥰1👏1
Forwarded from Edu.uz
“Harakatda daromad” elektron tizimi yaratilib, ta’tildagi 3 million yoshlar malaka talab etmaydigan ishlar bilan band qilinadi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.

Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishga tushiradi.

Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.

Har yili yuqori sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏21👍1
Forwarded from Edu.uz
“Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi

So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

“Biz Yangi O‘zbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega o‘g‘il-qizlarimizga tayanamiz.

Shu bois, o‘tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo‘yicha muhim farmonni imzoladim.

Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi”,

— dedi Prezident.

Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.

Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod bo‘ladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
👍2🔥2👏1
#Dolzarb_90kun

🏆O‘zDJTSUda yoshlar sport bilan hamnafas!

✔️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq shahri va Qibray tumani mahallalari bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida yoshlar uchun tashkil qilingan sport to‘garaklari qizg‘in davom etmoqda.

✍️Ushbu to'garaklar 700 nafarga yaqin yoshlarni qamrab olib, mashg‘ulotlar universitetning tajribali ustoz-murabbiylari tomonidan olib borilmoqda.

🔼Yuqorida to‘garaklar faoliyatiga oid fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
👍92👏2🕊1
Audio
Audio nomi: Yoshlik va keksalik
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 17mb
👤 Muallif: Ivan Bunin

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍41👏1
#KUN_HIKMATI

Bizning bebaho boyligimiz ham, kelajak uchun eng katta investitsiyamiz ham yoshlar desak, to‘g‘ri bo‘ladi.


© Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍5🥰4👏32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

🏆O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2025-yil 27-iyun kuni O'zbekiston Aquatics Federatsiyasi vakillari va universitet talabalari ishtirokidagi uchrashuvga oid jarayonlar "Sport" telekanali orqali efirga uzatildi.

👩‍💼🎤Shafoat Tolibjonova sharhi
🎥Lavha muallifi: B.Kasimov

👇Bizni kuzatishda davom eting

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zDJTSU talabasi Fotima Saipovaga Yurtboshimiz tomonidan uy sovg‘a qilindi!


✔️O'zbekiston davlat jismoniy tarbiy va sport universiteti talabasi velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi Fotima Saipovani uy bilan ta’minlash bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevga topshiriq berdi.

🇺🇿Avvalroq "30-iyun-Yoshlar kuni" munosabati bilan Fotima Saipova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangani haqida xabar berib o‘tgandik.

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143🔥3👏1
#hakamlik

🏆O'zDJTSU professor-o‘qituvchilari Respublika musobaqasida hakamlik qildi


🏊🚴🏃‍♂️Joriy yilning 28-29-iyun kunlari Toshkent shahrining Yangi O'zbekiston bog'ida triatlon sport turining akvatlon turi bo‘yicha U-6/8, U-9/11, U-12/13, U-14/15 yosh toifalari hamda 60 ga yaqin havaskor sportchilar o‘rtasida O'zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

E’tiborlisi, ushbu musobaqada universitetimizning Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining 2 nafar professor-o‘qituvchilari Sh.Tilavov, R.Qulmurodovlar hakamlik vazifalarida faol ishtirok etdilar.

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏104🏆3👍2🔥2🤗2
2025/07/13 21:00:24
Back to Top
HTML Embed Code: