Forwarded from Sport vazirligi
Sport vaziri Adkham Ikramov mamlakatimizda voleybol bo'yicha 19 yoshgacha bo‘lgan sportchi-yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati tayyorgarliklar doirasida O‘zDJTSUda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini o‘rgandi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 24-iyul - 3-avgust kunlari yurtimiz mezbonligida kechadigan jahon chempionati bahslarida 24 ta davlatdan jamoalar ishtirok etadi hamda ushbu chempionat o'yinlarining saralash bahslari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham o'tkaziladi.
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov, Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Voleybol federatsiyasi vakillari ishtirokida voleybol bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bo'yicha universitetda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirdi.
Ushbu nufuzli xalqaro musobaqa oldidan qurilish jarayonlarini o'z vaqtida va sifatli bajarib, belgilangan muddatlarda topshirish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

👍5❤3🔥2👏2🏆1
Forwarded from Sport vazirligi
Chirchiq shahrida barpo etilayotgan yengil atletika maydoni ko'zdan kechirildi
Ma’lumki, iqtidorli sportchi yoshlarni seleksiya qilish tizimini kengaytirish uchun “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalari tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bu yil tajriba tariqasida 10 ta sport turi – boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, yunon rum kurashi, og‘ir atletika, yengil atletika, badiiy gimnastika, stol tennisi, basketbol 3x3 tanlab olindi.
Bunda yengil atletikaning alohida texnik va murakkab turlaridan hisoblangan bosqon uloqtirish, disk uloqtirish yo‘nalishlarini xavfsiz va munosib sport infratuzilmasida o‘tkazish maqsadida respublikamizning 14 ta hududida namunaviy turdagi maxsus yengil atletika bazalari barpo etilmoqda.
Bugun Sport vaziri Chirchiq shahriga tashrifi davomida O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida ayni shu maqsadlarda barpo etilayotgan sport inshooti loyihasi va qurilish jarayonlarini mas’ullar ishtirokida sinchiklab ko‘rib chiqdi.
O'rganish davomida qurilish ishlarini yuqori sifatda amalga oshirish va 14 ta hududda ham qurilish jarayonlarini o'z vaqtida yakunlash hamda foydalanishga topshirish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshirqlar berildi.

❤4🔥4👍3✍1👏1
Forwarded from Sport vazirligi
Germaniyada bo'lib o'tadigan Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlarida O'zbekiston sport delegatsiyasi ishtirokini muvaffaqiyatli ta'minlash masalalari muhokama qilindi
Ma'lumki, joriy yilning 16-27 iyul kunlari Reyn-Rur shahri (Germaniya)da Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlarida o‘tkaziladi.
Bugun, Sport vaziri o'rinbosari Shaxrillo Maxmudov boshchiligida mazkur nufufzli musobaqada O'zbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta'minlashga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Talabalar sport assotsiatsiyasi vakillari hamda sport turlari bo'yicha federatsiya va assotsiatsiyalar mas'ullari ishtirok etishdi.
Ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston sport delegatsiyasi mazkur musobaqada 11 ta sport turi (kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennis, taekvondo WT va tennis) bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba sportchilar bilan ishtirok etish reja qilingan.
Yig'ilish davomida, sportchilarning musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishda sportchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarliklariga jiddiy e'tibor qaratish, shuningdek musabaqa bilan bog'liq boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlari Butunjahon Universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) tomonidan har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan nufuzli musobaqa hisoblanadi.

👍4❤3🔥2👏2