Telegram Web Link
#таълим_саёҳати
#Raqamli_avlod_qizlari

Ayni kunlarda ta’lim sayohati bilan AQSHda bo‘lib turgan "Raqamli avlod qizlari-2025" tanlovi g‘oliblari "Yoshlar forumi"da ishtirok etishdi.

Mazkur forum O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan.

📍 Forum davomida "Digital Generation Uzbekistan" NNT rahbari Azamat Djalalov spiker sifatida ishtirok etib, loyiha maqsadi, kelgusidagi vazifalar va rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Taqdimot qizg‘in muhokamalar, takliflar va savol-javoblarga boy holda o‘tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

15-22-IYUN, 2025-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun

🔴 Ayni paytda Buxoro viloyatidagi barcha ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” doirasida oʼquvchilarni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Buxoro tumanidagi 4-maktabda ham turli to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari asosida fan, kasb-hunar va sport yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.


Buxoro viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2025

Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirsam bo‘ladimi?

Yo‘q, dastlab joriy yilning 31-iyuligacha faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 15-avgustgacha esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin.

Men xorijiy davlat fuqarosiman. Farzandimni O‘zbekistondagi maktabga 1-sinfga qo‘ya olamanmi? Buning tartibi qanday?

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat xizmatlari portali my.gov.uz platformasida “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jalinga_uz

🌟A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Jalinga.uz studiyasida videodarslarni tasvirga olish ishlari boshlandi.

📱Studiyada menejerlik o‘quv kurslarining 10 ta moduli, malaka oshirish kurslarining 15 ta moduli bo‘yicha hamda “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari doirasida videodarslar tasvirga olinmoqda.

🌟Mazkur videodarslar institutning "Uzluksiz kasbiy taʼlim" onlinedu.uz maxsus elektron platformasiga joylashtiriladi.

👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan “TETZ 2025” xalqaro sammiti doirasida ta'lim vazirliklari vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Turkiya, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Qozog'iston, Mavritaniya, Nigeriya, Serbiya, Ozarbayjon, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya va O'zbekiston delegatsiyalari ishtirok etdi.


Sammitda raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt texnologiyalari, kelajak ta’lim modellari va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🌐 Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari hamda ta’limda AKTni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

📍 O‘zbekiston delegatsiyasi sammit doirasida bir qator xalqaro uchrashuvlar o‘tkazib, ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama ham qildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

Bizda o‘quvchilari, o‘qituvchilar va maktab direktorlari uchun yaxshi yangilik bor!

🏆 BMT Taraqqiyot dasturi MMTV, Ekologiya vazirligi, "Zamin" jamg‘armasi bilan birgalikda "Iqlim qutisi" loyihasi doirasida Maktab o‘quvchilarining iqlim loyihalari respublika tanlovi boshlanganini e’lon qiladi.

🌳 Tanlovda uch yo'nalish mavjud: "Uglerod izini kamaytirish", "Iqlim o‘zgarishiga moslashish" va "Ma’rifiy tadbirlar". Loyihalaringiz yoki ularga havolalarni tegishli hujjatlar bilan birga 30-iyulgacha [email protected] manziliga yuborish lozim.

📱 Tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun @uzclimateboxyouthcontest kanaliga qo‘shiling.

👍 Bu — o‘zingizni ko‘rsatish va sayyoramiz kelajagiga o‘zgarish kiritish uchun ajoyib imkoniyat! Uni qo‘ldan boy bermang!

😉 Omad!

~~~

👋😊 Всем привет!

У нас хорошая новость для учащихся средней и старшей школы классов, учителей и директоров школ!

🏆 ПРООН совместно с МДШО, Министерством экологии, Фондом Zamin в рамках проекта «Климатическая шкатулка» объявляют о старте Республиканского конкурса климатических проектов школьников.

🌳 Номинаций в конкурсе 3: «Снижение углеродного следа», «Адаптация к изменению климата», «Просветительские мероприятия».
Ваши проекты или ссылки на них вместе с сопроводительными документами до 30 июля нужно направлять по адресу: [email protected]

📱 Для более подробной информации об условиях конкурса присоединяйтесь к каналу @uzclimateboxyouthcontest.

👍 Это — прекрасная возможность проявить себя и внести изменения в будущее планеты! Не упустите её!

😉 Удачи!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Qabul yakunlanishiga 3 kun qoldi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga arizalar qabuli 26-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.

📝 Bakalavriat yo'nalishlari:
🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
🔹Mexanika muhandisligi;
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi;
🔹Kiberxavfsizlik;
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika;
🔹Amaliy matematika;
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
🔹Pedagogika;
🔹Sanoat boshqaruvi.

Ushbu yo'nalishlarda tahsil olib, dunyoning nufuzli universitetlarida tajriba orttirgan mahalliy va xorijlik professor-o'qituvchilardan zamonaviy bilimlarni o'rganishingiz mumkin.

💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz
Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot

🔁 English

#qabul2025 #admission2025

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov boshchiligida ijro intizomi, maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga doir qator vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik tizimiga doir ijro hujjatlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, keyingi topshiriqlar ijrosini hozirdan chuqur tahlil qilish hamda bu borada tegishli tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik olib borish zarurligi taʼkidlandi.


Shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha tayyorlanayotgan qonunchilik hujjatlarini Ishchi guruh aʼzolari bilan puxta ishlab chiqish muhimligi aytib oʻtildi.

Yigʻilishda Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning may-iyun oylarida oʻtkazilgan tegishli videoselektor yigʻilishlarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga doir topshiriqlar ijrosi ham atroflicha muhokama qilindi.

🔹 Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida joriy yil 15-may kuni maktab taʼlimida amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi hamda joriy yil 16-iyun kuni oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosi koʻrib chiqildi.

👉 Yigʻilish soʻnggida keltirib oʻtilgan masalalarni atroflicha oʻrganish hamda ijrosini oʻz muddatida bajarish boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun

🔴 Andijon viloyatidagi ta'lim muassasalarida ham "Dolzarb 90 kunlik" tadbiri doirasida to'garaklar va sport musobaqalari qizg'in davom etmoqda.

Videolavhalarda Qo'rg'ontepa tumanining Ustoz, Xonko'cha, Dehqonobod va Nurli Yog'du hududlaridagi maktablar faoliyati aks etgan.

Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Turon

“Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Shayxontohur tumanidagi 169-maktab jamoasi tantanali
kutib olindi.

🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA.


Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 09:39:10
Back to Top
HTML Embed Code: