Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱🌍🌍BIZ HAQIMIZDA
#DOLZARB_90_KUNLIK

🎚Ayni kunlarda viloyatimiz bo‘ylab "Dolzarb 90 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar "O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" ko‘rsatuvida.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_musobaqa

O‘zbekistonlik o‘quvchi-yoshlar “Aybin–2025” xalqaro harbiy-vatanparvarlik yig‘inida qatnashmoqda

Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘ba viloyatida “Aybin–2025” xalqaro yoshlar harbiy-vatanparvarlik yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatimiz maktab o‘quvchi-yoshlaridan iborat “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Mintaqadagi yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bahslarda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iz Respublikasi va mezbon davlatning 46 ta jamoasi o‘zaro kuch sinashmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Dolzarb 90 kun” doirasida yozgi sog‘lomlashtirish seminar-treningi

Guliston shahridagi 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari, sog‘lomlashtirish ishlariga mas’ul mutaxassislar hamda ota-onalar ishtirok etdilar. Unda bolalar salomatligini mustahkamlash, yozgi davrda ularni to‘g‘ri parvarish qilish, ochiq havoda tashkil etiladigan mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar muhokama qilindi.

💠Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarziga oid innovatsion yondashuvlar, jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan o‘yinlar va sog‘lom ovqatlanish tartibi bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

#Dolzarb90Kun #YozgiSoglomlashtirish
#MTT2025 #SoglomAvlod

Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Facebook
🔹 YouTube 🔹 Instagram
🌐veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#мактабгача_таълим

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad — KOICA xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba almashish, maktabgacha ta’lim sohasidagi eng yaxshi amaliyotlar bilan tanishish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.


📍 Delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya ta’lim tizimi, raqamli ta’lim platformalari, pedagoglarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlashdagi innovatsion yondashuvlari bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#tabrik

Bugun bir guruh yoshlar Prezidentimizning tegishli Qaror va Farmonlari bilan mukofotlandi. Ular orasida talaba va oʻquvchilarimizning borligi quvonarli.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan:

Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li — “Yangi O‘zbekiston” universitetining 1-bosqich talabasi;

Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li
— Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi,

Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li
— Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi,

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:

Ibroximova Rayyona Nodirbek qizi
— Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi taqdirlandi.

Barchangizni ushbu yuksak mukofotlar bilan tabriklayman! Ilm olishdan charchamang, sizlar bizning faxrimizsiz!

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

22-29-IYUN, 2025-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Aybin_2025

 Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik yigʻini musobaqalarida ishtirok etgan oʻquvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, mas’ullar va ota-onalar ishtirok etib, o‘quvchilarni samimiy tabriklashdi.
 
📍 22-28-iyun kunlari boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda 6 ta davlatdan 52 ta jamoa vakillari o’zaro kuch sinashishdi.

 
Musobaqalar yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi:

🥇 1 ta oltin,
🥈 2 ta kumush,
🏆 4 ta gʻoliblik kubogini qoʻlga kiritdi.

🌐 Xususan, shartlar yo‘nalishida o‘quvchilarimiz:


smart sarbaz yo‘nalishida birinchi;
harbiylashtirilgan estafeta yo‘nalishida birinchi;
turnikda tortilishda shaxsiy rekord bo‘yicha birinchi;
jamoa bilan turnik tortilishda ikkinchi;
AK-74 avtomat kalashnikovni sochib yig‘ishda ikkinchi o‘rinlarga munosib deb topilgan.
 
Gʻoliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli yoshlar!

Sizlarni bugungi unutilmas bayram — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan katta islohotlar markazida aynan siz yoshlar turganingiz hamda Yangi O‘zbekistonning ertasi, farovon kelajagi siz aziz yoshlar ekanligingiz barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi, albatta.

Faxr bilan aytishim lozim, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar – yangi yondashuvlar, raqamlashtirish, zamonaviy metodikalarni amaliyotga joriy etishda ham fidoyi va bilimli yoshlarimizning o’rni beqiyos.

Aziz yoshlar!

Bugun biz katta maqsadlar sari olg‘a intilayotgan ekanmiz, shubhasiz, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, intellektual salohiyatingiz va fidoyiligingiz bizning eng katta suyanchimizdir.

Sizlarga doimo ishonamiz, sizlarning yuksak marralarni egallashingiz uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlashda har doim yoningizdamiz.

Bayram yana bir bor muborak bo‘lsin, sizlarga sog‘lik-salomatlik, ezgu niyatlaringiz ijobati va muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lishini tilab qolaman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

@hilola_umarova
📣 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uzaytirildi!

🌐Koʻplab yoshlarning talab va istaklariga binoan “Garvardchilar maktabi” nomi bilan tanilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga oʻqishga arizalar qabuli 3-iyul sanasiga qadar uzaytirildi.

📥Oʻqishga arizalar my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, maktabga shu yil 8-sinfni bitirib, 9-sinfga oʻtgan oʻquvchilar qabul qilinadi.

@alberuniyuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ijod_maktablari

🤩 IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

📆 Bugun, 30-iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📝 MAʼLUMOT UCHUN, IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI QUYIDAGICHA

Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

Xorijiy til yoʻnalishiga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi):
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

🗣Imtihon jarayonlari davom etmoqda.

📸Suratlarda hududlarda boʻlib oʻtayotgan imtihon jarayonlari.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 18:29:16
Back to Top
HTML Embed Code: