Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Toshkent shahar Sergeli tumani 605-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” nishonlandi.

🗣Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar o‘zbek tilining boyligi va go‘zalligini madh etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✈️ Farg‘onalik pedagoglar va mutaxassislar Yaponiyada malaka oshirishmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari hamda Farg‘ona viloyatining 30 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya ayni damda Yaponiyada malaka oshirish kursida ishtirok etishmoqda.

Delegatsiya vakillari jarayonlar davomida Yaponiya ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashmoqda.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasida “Yaponiya maktab ta’limi” va “Yaponiyada axloqiy tarbiya” to‘g‘risida ma’ruzalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.


🔰 Shuningdek, “Koyendzi gakuen” Boshlang‘ich maktab faoliyati bilan tanishish, Gakugei universitetida “Yaponiyada pedagok kadrlarni tayyorlash tizimi” va Soka universitetida “Yaponiya ta’lim tizimi” to‘g‘risida taqdimotlar ham bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-yildan boshlab:

taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

👉 Qarorga asosan:


umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Oʻzbek tili — asrlar davomida millatimiz va xalqimiz hayotining, adabiyoti va madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida yashab kelmoqda. Ona tilimizga sadoqat koʻrsatish, uning bor jozibasi va tarovati bilan kelgusi avlodga yetkazish bugungi avlod vakillarining hayotiy burchidir.

XX asr boshlarida yashab ijod qilgan jadid bobolarimiz oʻzbek tilining hikmati va qadrini oʻz asarlarida ulugʻladilar, ilmiy asarlari va hikmatlarining bosh mezoniga aylantirdi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu rolik orqali jadid mutafakkirlarining ona tilimiz — oʻzbek tili haqidagi hikmatli fikrlari bilan tanishasiz.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ona tilim, bayram muborak!

Bolajonlarimiz ona tilimizga bag‘ishlab samimiy tabrik so‘zlarini izhor etdilar.

#Bola_tilidan

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#malaka_sinovi

Mamlakatimizning barcha hududlarida malaka toifa sinovlari boshlandi


🔴 Bugun maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari ishtirokidagi malaka toifa sinovlariga start berildi.

Ushbu sinov jarayonlarida turli fanlardan dars beradigan 180 mingga yaqin pedagoglarning ishtirok etishi kutilmoqda.


Ayni vaqtda Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan attestatsiya jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
➡️ Andijon viloyati;
➡️ Buxoro viloyati;
➡️ Jizzax viloyati;
➡️ Namangan viloyati;
➡️ Navoiy viloyati;
➡️ Samarqand viloyati;
➡️ Sirdaryo viloyati;
➡️ Surxondaryo viloyati;
➡️ Farg‘ona viloyati;
➡️ Toshkent viloyati;
➡️ Xorazm viloyati;
➡️ Toshkent shahri.

Test jarayonlarini cams.uzedu.uz platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Foto: Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari ishtirokidagi test jarayonlaridan


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#диққат_эълон

Hurmatli pedagoglar!


Xabaringiz bor, bugundan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida bir vaqtda malaka toifa sinovlari boshlandi.

🗣 Mazkur sinovlarda qatnashishi belgilangan hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari:

2025-yil 12-noyabr kuni soat 14:00 da (bir kunda) oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

👉 Pedagoglar sinovlarga oʻzlariga biriktirilgan yordamchilari bilan, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi o‘quv yilidan boshlab barcha bog‘cha, maktab va oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.

Bu darslarimiz yosh avlodning umuminsoniy va milliy qadriyatlarini shakllantiradigan, vatanparvarlik hissini oshiradigan, so‘nggi ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan xabardor qiladigan zamonaviy va qimmatli mashg‘ulotga aylanishi kerak. Shu bois har bir mavzu yuzasidan o‘qituvchilarga dars mashg‘ulotlarining namunaviy ssenariylari, kreativ mediakontentlar tayyorlanib, “Kelajak soati” loyihasining ijtimoiy tarmoq sahifalari va milliytarbiya.uz platformasiga yuklanyapti.

Til va ta’limni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yozish, so‘zlash, fikrni ifoda eta olish ko‘nikmalari ta’lim orqali shakllanadi. Millat pedagoglari zimmasida ziyoli, savodli avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa bor.

21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan darslarimizga tilshunos olimlar, jurnalistlar va til jonkuyarlarini taklif etdik. Quvonarlisi, ziyolilarimiz taklifimizga labbay, deya javob berib, ta’limga xayrixohligini yana bir ko‘rsatishdi. O‘quvchi va talaba yoshlar bilan ona tilimiz mavzusida jonli suhbatlar va qiziqarli mashg‘ulotlar olib borildi.

Taassurotlar, darslar manzarasi qanday bo‘lgani haqidagi kichik videolavhamizni siz bilan bo‘lishgim keldi. Nazarimda bu tajriba orqali maqsadimiz tomon yana bir qadam yaqinlashdik, yanada katta ishtiyoq bilan davom etamiz.

@hilola_umarova
2025/10/24 11:13:39
Back to Top
HTML Embed Code: