Telegram Web Link
📰📰📰📰📰📰📰

Bugun poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiy universitetlar Ittifoqi (TÜRKÜNİB)ning 8-Bosh Assambleyasi tashkil etildi.


🔰 Tadbirni kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova ochib berdi va hamkorlikdagi loyihalar haqida so‘z yuritib, tadbir ishida omad tiladi.


📊 Assambleyada TDT bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy Akademiya prezidenti, proffessor Shahin Mustafayev, TÜRKÜNİBga a’zo OTM rahbarlari, 69 ta xorijiy universitetlardan jami 200 nafarga yaqin rektor va prorektorlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida:

TÜRKÜNİBga yangi universitetlarning a’zolik arizalarini ko‘rib chiqish,
TÜRKÜNİB va Orxun almashinuv dasturini takomillashtirish bo‘yicha takliflar,
TÜRKÜNİB uchun doimiy kotibiyat va maxsus dastur jamg‘armasini tashkil etish,
Orxun almashinuv dasturi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti ilmiy-tadqiqot, innovatsiya jamg‘armasiga oid takliflar hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston tomonidan Davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusi ham muhokama etildi.

🔴 Jarayonlar davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim
📖Surxondaryoning chekka hududidagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun avtobus ajratildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyati Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalar uchun maxsus avtobus ajratilgan. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada qulay va teng imkoniyatga ega qilish maqsadida ushbu avtobus Boysun tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga xizmat qilmoqda.


🫥To‘da mahallasidagi bolalar ilgari bog‘chagacha 8-10 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishar, qishda loy yo‘llarda qiynalishar edi. Uzoqlik sabab ayrim ota-onalar farzandlarini bog‘chaga yubora olmasdi.

Endilikda esa bolalar har kuni ertalab tarbiyachilar hamrohligida xavfsiz avtobusda bog‘chaga borishadi va mashg‘ulotlar yakunida bexavotir uylariga qaytishadi.

➡️Bu tashabbus nafaqat bolalar xavfsizligini, balki ota-onalar uchun qulaylikni ham ta’minlamoqda. Eng muhimi — maktabgacha ta’limga qamrov darajasi oshmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 15:20:37
Back to Top
HTML Embed Code: